53-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
54-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
55-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,
2021-yil 25-fevral,
O‘RQ-677-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)