Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]



Yüklə 31,65 Kb.
səhifə3/4
tarix25.04.2023
ölçüsü31,65 Kb.
#102425
1   2   3   4
530 II son-30.08.2003-y.docx

Oldingi tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni sudga, prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga, shuningdek davlat ijrochisiga taqdim etish, buning uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo’lgan taqdirda, ularni so’rayotgan organga yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida yuborish orqali amalga oshiriladi.
(12-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonunitahririda — O’R QHT, 2017 y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi to’g’risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(12-modda O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 10 apreldagi O’RQ-321-sonli Qonunigaasosan ikkinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2012 y., 15-son, 163-modda)
13-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni mijozning (vakilning) merosxo’rlari yoki huquqiy vorislariga taqdim etish
Mijoz (vakil) to’g’risidagi, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar uning merosxo’rlari yoki huquqiy vorislariga, agar ularning o’zi yoki ular vakolat bergan vakillar qonun hujjatlariga muvofiq meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etsalar, bank tomonidan taqdim etiladi.
Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlamaydigan hujjatlar olingan taqdirda, bank murojaat qilgan shaxsni u so’ragan ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyati yo’qligi xususida uch ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart, shuningdek qo’shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoki murojaat etgan shaxsning meros huquqini yoxud huquqiy vorisligini tasdiqlab berish to’g’risidagi yozma so’rovni tegishli notariusga yoki yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga yuborishga haqli. Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, bank murojaat etgan shaxsga besh ish kuni ichida tegishli mijoz (vakil) to’g’risidagi to’liq ma’lumotlarni berishi va barcha hujjatlarni taqdim etishi shart.

Yüklə 31,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin