Oldingi tahrirga qarang. 23208 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi fondlar bilan bo‘ladigan kliring tranzaksiyalari
(23208-pozitsiyaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmalari hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiya qilinishidan ichki iste’molchilarga va eksport uchun kelib tushgan mablag‘larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mahsulot sotuvidan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida fondlardan olingan markazlashgan kreditlar bo‘yicha mavjud qarzdorliklarni so‘ndirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hamda belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob mahsulotlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang. 23210 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi fondlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lar
(23210-pozitsiyaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmasi hisobiga kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bo‘nak to‘lovlari va yakuniy hisob-kitoblar (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, o‘rnatilgan tartibda xarajatlarga o‘rnatilgan normativlar asosida boshqa tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar)ni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi fondlardan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
(23210-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan avans to‘lovlarining summasi, shuningdek yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mahsulotlar turi (paxta xomashyosi, g‘alla va guruch-sholi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang. 23212 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi mablag‘lari
(23212-pozitsiyaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
(23212-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraqning kreditida budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
(23212-pozitsiyaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)