Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]


-§. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomani yuborish



Yüklə 223,13 Kb.
səhifə15/49
tarix10.06.2023
ölçüsü223,13 Kb.
#128012
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

3-§. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomani yuborish
38. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tasdiqlangan xulosaga ko‘ra soliq hisobotidagi tafovutlar yoki xatolar aniqlangan holatlar yuzasidan soliq organi tomonidan ikki kun muddatda soliq to‘lovchiga ularni bartaraf etish to‘g‘risida ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda talabnoma yuboriladi.
Talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Taqdim etilgan soliq hisobotlarini o‘rganish va tahlil qilish natijalari bo‘yicha tafovutlar yoki xatolar aniqlanmagan bo‘lsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan deb hisoblanadi va bu haqida soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga tegishli xabarnoma yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Soliq to‘lovchi talabnoma olingan kundan boshlab besh kun ichida tegishli soliqlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan soliq organiga taqdim etishi shart.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
40. Soliq to‘lovchi talabnomada ko‘rsatilgan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli. Ushbu asosnomani soliq to‘lovchining nomidan soliq maslahatchilari tashkiloti mustaqil ravishda soliq to‘lovchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan taqdim etishi mumkin.
41. Soliq to‘lovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
42. Aniqlangan tafovutlar bo‘yicha taqdim etilgan asosnomalarga to‘liq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq organi oldin yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnomani uch kun ichida soliq to‘lovchiga yuboradi.
43. Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa yoxud taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa soliq organi soliq to‘lovchiga soliq auditini tayinlashga haqli. Bunda soliq auditi ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Yüklə 223,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin