Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]


-BO‘LIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR



Yüklə 223,13 Kb.
səhifə34/49
tarix10.06.2023
ölçüsü223,13 Kb.
#128012
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

3-BO‘LIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
242. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha tekshiruv materiallari davlat soliq xizmati organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan tartibda va muddatlarda ijro qilinishi yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
Solik to‘lovchi soliq tekshiruvi natijasida qabul qilingan qarorni ixtiyoriy tartibda bajarmagan hollarda soliq organi tomonidan mustaqil ravishda Soliq kodeksining 120 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda soliq qarzlarini undirish amalga oshiriladi.
243. Qaysi qoidabuzarliklar uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lsa, soliq organi tomonidan aniqlangan shunday qoidabuzarliklar yuzasidan soliq organining soliq tekshiruvini o‘tkazgan vakolatli mansabdor shaxsi o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
244. Mazkur Nizom talablariga asosan o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumot bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘i asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
245. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(245-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA


Yüklə 223,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin