Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]


-§. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobga qo‘yilishi ustidan soliq nazoratini amalga oshirish



Yüklə 223,13 Kb.
səhifə18/49
tarix10.06.2023
ölçüsü223,13 Kb.
#128012
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

2-§. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobga qo‘yilishi ustidan soliq nazoratini amalga oshirish
67. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirish sayyor soliq tekshiruvlari chog‘ida, keyinchalik soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish maqsadida hududlar va binolarni ko‘zdan kechirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
68. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda quyidagilar tekshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyining soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi;
(68-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, ushbu mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.
69. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirish natijasida olingan ma’lumotlar sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etiladi.
3-§. Xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish
70. Xronometraj ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchilarning faoliyat turlari bo‘yicha haqiqiy ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) hajmlarini, shuningdek, haqiqiy xarajatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
71. Xronometraj ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatmasdan, uning ish kunini to‘liq qamrab olgan holda, unga tegishli bo‘lgan barcha obyektlarda, ularning joylashgan joyidan qat’i nazar bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi.
72. Xronometraj ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchilarning tekshirishgacha tasdiqlangan ish rejimidan kelib chiqib, biroq ketma-ket yetti kalendar kundan kam bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
73. Agar soliq to‘lovchining turli hududlarda joylashgan (tuman, shahar) bir nechta obyektlari mavjud bo‘lsa, soliq organi ularda xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish yuzasidan obyekt joylashgan hududiy soliq organiga xronometraj ko‘zdan kechirish boshlanishidan kamida bir kun oldin rejalashtirilgan xronometraj ko‘zdan kechirishning aniq sanasini ko‘rsatgan holda yozma xabarnoma yuboradi.
Xronometraj ko‘zdan kechirish natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’lumotlar xronometraj ko‘zdan kechirish yakunlanganidan so‘ng hududiy soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi soliq organiga bir kun ichida yuborilishi shart.
74. Xronometraj ko‘zdan kechirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (bajarilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar) turi va miqdorini aniqlash;
tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilayotgan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar hajmini, uskunalarning ishlab chiqarish quvvatlarini qayd etish;
tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari uchun sarflanayotgan resurslar (gaz, elektr energiyasi, suv, yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqalar) hajmining ishlab chiqarish hajmiga muvofiqligini aniqlash;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (bajarilayotgan ishlarni, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni) realizatsiya qilish usullarini aniqlash;
soliq to‘lovchining haqiqiy xarajatlarini aniqlash.
75. Xronometraj ko‘zdan kechirish natijasi bayonnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bayonnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan shaxsga bayonnoma nusxasini olganligini tasdiqlovchi imzo qo‘ydirgan holda beriladi.
Soliq to‘lovchi bayonnomaga imzo chekishdan va (yoki) uning bir nusxasini olishdan bosh tortgan hollarda sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
76. Xronometraj ko‘zdan kechirish natijasi kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‘lovchilarga soliqlar va yig‘imlarni qo‘shimcha hisoblash uchun asos bo‘lishi mumkin.

Yüklə 223,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin