Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]


-§. Yer qa’ridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmini tekshirish



Yüklə 223,13 Kb.
səhifə23/49
tarix10.06.2023
ölçüsü223,13 Kb.
#128012
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

8-§. Yer qa’ridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmini tekshirish
97. Yer qa’ridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmini tekshirish soliq organlari mansabdor shaxslari tomonidan konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatli davlat organlari mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘tkaziladi.
98. Yer qa’ridan foydalanuvchilarning geologik, marksheyderlik yoki texnik xizmatlaridan olingan xulosalar soliq organlari tomonidan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bazasini aniqlashda foydalaniladi.
99. Soliq organlari tomonidan yer qa’ridan foydalanuvchilar haqiqatda qazib olgan (ajratib olgan) foydali qazilmalar hajmini tekshirish uchun konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatli davlat organlari mutaxassislarini jalb qilish yiliga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
9-§. Soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari banklar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish
100. Soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari banklar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan:
soliq to‘lovchining pul mablag‘lari hisobidan soliqni budjet tizimiga o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomasi banklar tomonidan uning bankdagi hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish;
soliq organining soliqni budjet tizimiga o‘tkazishga doir inkasso topshiriqnomasi banklar tomonidan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
101. Tekshirishda soliq to‘lovchining topshiriqnomalari va soliq organining inkasso topshiriqnomalari bank tomonidan fuqarolik qonunchilikda belgilangan navbat bo‘yicha bajarilishi o‘rganiladi, jumladan:
(101-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
soliqdan qarzdor mijozning bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari mavjud bo‘lganda soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari, soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari banklar tomonidan ijro qilinishini tekshirish;
soliq to‘lovchining hisobvaraqlaridagi milliy valyutadagi mablag‘lar to‘lanishi lozim bo‘lgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmaganda soliq organlarining taqdimnomasiga asosan mijozlarining chet el valyutasidagi hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘larning inkasso talabnomalarini qondirish uchun yetarli bo‘lgan miqdordagi qismi bank tomonidan Respublika valyuta birjasiga sotuvga chiqarilganligini tekshirish;
mijozning pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda tijorat banklari tomonidan ijro to‘lov hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda hisobdan chiqarish tartibiga rioya qilinayotganligini tekshirish.
102. Soliq organining inkasso topshiriqnomasi hamda soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomasi tijorat banklari tomonidan bajarilishini tekshirish natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 223,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin