3.Moliya asoslarini boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish, urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy obyektlar va yo‘llar qurish kabi vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag‘lari ham bo‘lishini taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o‘z navbatida jamiyatda moliya paydo bo‘lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining vujudga kelishi moliyaning paydo bo‘lishi uchun asosiy sabab bo‘lib xizmat qildi.

Moliya haqida so‘z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday paydo bo‘lgan, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
maqsadli pul fond1larini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim);
biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);
moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv tilida).