Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə143/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179
3-176 Moliya bozori

181




  • fond bozori ishtirokchilarini mazkur bozorning ahvolidan xabardor qilish, emitentlar, sarmoyadorlar, investitsiya muassa- salari, fond birjalari va shu kabilar tomonidan axborotning oshkor etilishini ta’minlash, yo‘qotishlardan sug'urtalash (shu jumladan, investitsiyalami sug‘urtalashning davlat yoki aralash sxemalari);

  • fond bozorida sarmoyadorlarning huquq va qonuniy manfaat- larini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kiritish, shu jumladan, emissiyalarni ro‘yxatga olish, chet el qimmatli qog'ozlarini milliy bozorlarda muomalada bo‘lishiga ruxsat berish, emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining faoliya- tini nazorat qilish, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘ri- sida qonun hujjatlarini qabul qilish.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi vakolatli organlar tomonidan quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • qimmatli qog‘ozlar va emissiya risolasini ro‘yxatga olish, emitentlar tomonidan ularda ko‘zda tutilgan shartlar hamda majbu- riyatlarga rioya etilishini nazorat qilish;

  • emitentlar va bozor ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar haqidagi axborotning oshkor etilishini ta’minlash;

  • mutaxassislarni shahodatlashdan o'tkazish, investitsiya muas- sasalariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini nazorat qilish;

  • sarmoyadorlar va qimmatli qog'ozlar bozorini boshqa ishtirokchilarining shikoyatlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha xulosalar chiqarish, bozor ishtirokchilari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ko'rsatmalarni-berish;

  • oldi-sotdilarning birja va birjadan tashqari bitimlariga ruxsat etilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tuziladigan bitimlarni, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni sovg‘a qilish, meros qoldirish, ularni ustav fondiga o‘tkazish hamda mulkdorning o‘zgarishiga olib keluvchi boshqa harakatlami tartibga solish. Masalan, bitimni tuzish sanasi va qimmatli qog‘ozlar narxini to‘lash o‘rtasidagi davr besh bank ish kunidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Agar u ushbu muddatdan oshib ketsa, bitim haqiqiy emas, deb hisob- lanadi, bu esa xaridorning javobgarligini keltirib chiqaradi.

O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilar


182




hisoblanadi: Davlat mulki qo’mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi, Markaziy bank. Qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni soliqqa tortish bilan bog’liq me’yoriy hujjatlami ishlab chiqishda Davlat soliq qo’mitasi ham ishtirok etadi. Adliya vazirligining roli ham alohida, u mazkur sohaga oid ishlab chiqilgan va ko’rib chiqish uchun taqdim etilgan u yoki bu me’yoriy hujjatlarning amaldagi qonunchilikka mos kelishini ekspertizadan o’tkazadi.
Qimmatli qog’ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solishning eng muhim usullaridan biri — bu qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarishda ulaming ro’yxatdan o’tkazilishi hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar harakatining ushbu bosqichida tartibga soluvchi organ qimmatli qog’ozlar emissiyasi aniq investitsion loyiha ostida amalga oshirilayotganligiga, sarmoyadorlaming mablag’lari sama- rali, oldindan ishlab chiqilgan biznes-rejaga muvofiq sarflanishiga va keyin foyda keltirishiga ishonch hosil qilishi kerak. Aynan emissiyani ro’yxatga olrsh chog’ida tartibga soluvchi organ tovlamachilikning oldini olish maqsadida emitentning faoliyatini oldindan nazorat qiladi.
Investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko’rsatish huquqini beruvchi litsenziyani olishning majburiy sharti — bu qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organi tomonidan belgilangan o’z mablag’larining va qimmatli qog’ozlar bilan xatarlami chegaralovchi boshqa ko’rsatkichlaming yetarliligiga oid majburiy iqtisodiy me’yorlarga rioya etish, shuningdek, qimmatli qog’ozlar bozori muassasasining shtatida maxsus o’quv kursini tugatgan va qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish uchun mas’ul bo’Igan oiganning malaka shahodatnomasiga ega bo’lgan shaxsning bo’lishidir.
Rivojlangan bozorlarda keng qo’llaniladigan va MDH mamla- katlarida ham qo’llana boshlangan professional nazorat qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarining notijorat professional tashkilot- lari tomonidan amalga oshiriladi. Qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarining o’zini o’zi tartibga soluvchi tashkilotlari fond bozorining professional* ishtirokchilari — brokerlar, dilerlaming notijorat birlashmasi hisoblanadi. Bunday tashkilotlar dastlab fond



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin