Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə144/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   179
3-176 Moliya bozori

183




boyliklari bilan savdo qiluvchilaming ma’nfaatlarini namoyon qilish va himoyalash maqsadida barpo etildi. Uning shakllaridan biri fond biijasidir. 0‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlaming roli asta- sekin o'sib bordi. XX asming 30-yillaridan boshlab, biijadan tashqari fond bozorining ishtirokchilarini birlashtiruvchi o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar paydo bo'ldi.
Hozirgi kunda o'zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar quyidagi vazifalarni bajarmoqda:

  • nomzodlaming qimmatli qog'ozlar bozorida u yoki bu turdagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan malaka talablariga mos kelishini aniqlash;

  • qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarini o'qi- tishni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

  • tegishli fond biijalarida va qimmatli qog'ozlaming uyushgan birjadan tashqari bozorlarida bitimlarning amalga oshirilishi qoidalarini belgilash;

  • o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilotlar a’zolarining o'rtasidagi kelishmovchiliklarni ajrim qilish shaklida hal etish;

  • o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilotlar a’zolarining faoliyatini nazorat qilish, bunday tashkilotlaming qoidalarini buzgan shaxs- larga nisbatan intizomiy jazolar qo'llash.

Yuqorida sanab o'tilgan barcha vazifalar o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilotlar tomonidan faqat qonun hujjatlarining tegishli qoidalari asosida va ular doirasida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish va muomala jarayonida qimmatli qog'ozlar bilan turli fuqarolik-huquqiy bitim- lami amalga oshirish, shu jumladan, qimmatli qog'ozlarni so'n- dirish chog'ida yuzaga keladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar davlat tomonidan tartibga solinishi lozim. Shuningdek, investitsiya shartnomalarini tuzishda yuzaga keladigan mulkiy huquqlar ham u tomonidan tartibga solinadi. Ushbu huquqlar asosida sarmoya- dorlar o'z mablag'larini qo'yilgan mablag'lardan foydalanishdan yoki berilgan qarz mablag'larining mukofotlar bilan qaytarilishidan sof daromad olish shartlarida sarflaydi. Qimmatli qog'ozlar bozo­rining ishtirokchilari — emitentlar, sarmoyadorlar, investitsiya muassasalari va shu kabilar fuqarolik-huquqiy munosabatlaming subyektlari sifatida ко'rib chiqiladi.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin