12-mavzu. Moliya bozori risklari va portfelni boshqarish
Moliya bozori risklari: mohiyati, asosiy turlari va baholash usullari. Bozor risklari. Fond riski. Foiz riski. Valyuta riski. Tizimli risk va uni aniqlash indikatorlari. Portfel nazariyasi: Markovitsgacha va undan keyingi baholash usullari. Indeksga bog‘liq portfel samaradorlik mezoni. Moliya bozori risklarini pasaytirish va oldini olish imkoniyatlari.
13-mavzu. Fond birjalari va fond bozori ishtirokchilari
Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi. Fond birjasi faoliyat prinsiplari. Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari ishtirokchilari. Investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, investitsiya fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, tranfer- agent, qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi, dilerlar, market-meykerlar va brokerlar. Fond birja savdolari mexanizmi. Birja auksioni turlari. Qimmatli-qog‘ozlar depozitariysi faoliyat mexanizmi. Hisob-kitob-kliring palatasi. Toshkent RFB. YeLSIS- SAVDO.
14-mavzu. Moliya bozorida banklar va nobank kredit institutlari
Moliya bozorida banklarning ishtiroki. Tijorat banklari emitent sifatida. Banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan moliyaviy intrumentlar. Banklar moliyaviy vositachilar va savdo tashkilotchilari sifatida. Banklarning faol investor sifatidagi faoliyati. Moliya bozorida nobank kredit institutlari. Pul bozorida nobank kredit institutlari faoliyat mexanizmi. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning moliya bozoridagi faoliyati xususiyatlari.
15-mavzu. Investitsiya va pay fondlari
Investitsiya fondlarining iqtisodiy mohiyati va yuzaga kelishi. Investitsiya fondlarining bozor sharoitidagi ahamiyatli jihatlari. Xorijiy amaliyotda investitsiya fondlari tashkiliy tuzilmasi. Mamlakatimizda kollektiv investitsiyalash amaliyotining tashkiliy- huquqiy asoslari. Investitsiya fondlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi. Investitsiya fondlari investitsiya portfelini diversifikatsiyalash. Mamlakatimizda investitsiya fondlari faoliyatining amaliy jihatlari. Pay fondlari tashkiliy jihatlari va faoliyat tartibi.