Moliya bozorlari Reja: Bozor haqida tushuncha va moliya bozori



Yüklə 43,95 Kb.
səhifə3/3
tarix22.07.2023
ölçüsü43,95 Kb.
#137109
1   2   3
Moliya bozorlari mustaqil ish

Jamg'arish vazifasi. Moliya muassasalari tizimi aholiga, korxonalarga foizli va foizsiz omonatlar, qimmatli qog'ozlar - depozit sertifikatlar, obligatsiyalar shaklidagi pul jamg'armalarining xilma-xil usullarini taklif qiladi. Moliya muassasalari korxonalar va uy xo'jaliklarining «vaqtinchalik harakatsiz pullarining xarid qobiliyatini saqlash va ko'paytirish majburiyatini oladi.

  • Kreditlash vazifasi. Bu - moliya tizimining faol vazifasidir. U birinchi vazifa bilan chambarchas bog'lanib ketgan, chunki moliya muassasalarining, xususan, banklarning kredit berish salohiyatini mamlakat iqtisodiyotida jamg'arilayotgan moliya mabIag'lari hajmiga bevosita bog'liqdir.

  • To 'Iovlarga xizmat ko 'rsatish vazifasi. Har qanday iqtisodiyotda tovar, fllo1iya operatsiyalari bilan bog'liq bo'igan to'lovlar doimo va katta hajmlarda amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar (korxonalar) o'z xodimlariga ish haqi va mukofotlar beradi, xomashyo va tovar yetkazib beruvchilarga haq to'laydi, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlami to'laydi va h.k. Bu hisob-kitoblaming barcha turli-tuman vositalari, jumladan, to'iov topshiriqnomalari, talabnomalar, akkreditivlar, chekiar, vekseHar, kredit kartochkalari va h.k. yordamida bajariladi.

  • Iqtisodiy siyosiy vazifasi. Markaziy bank va hukumat moliya tizimini pul-kredit va tiskal dastaklariga ta'sir ko'rsatib, davlat iqtisodiy siyosatini zarur yo'nalishida o'tkazadi


    «Moliya bozori» atamasi juda keng tushuncha yoki bu moliya kredit mexanizmining amal qilish sohasidir. U haqiqatan ham, keng ma'noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi hamda muayyan moliya muassasalari orqali o'zaro ta'sirda bo'ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar o'rtasidagi munosabatni tasvirlaydi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori o'ziga xos «asab markazi. hisoblanadi. Uning rivojlanishi darajasiga qarab, mamlakat iqtisMiyotining «ahvoli. haqida tikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta'str ko'rsatib, jamiyatning iqtisodiy faoJiyatini boshqarish mumkin. Hozirgi zamon moliya bozorining asosini ko'p sonli moliya muassasalari yoki vositachilari tashkil qiladi. Bu sotuvchilami tashkil qiladi. Bu sotuvchiIar va xaridorlar, ya'ni sotiIadigan, xarid qilinadigan tovar, pul va boshqa moliya aktivlari mavjud bo'igan bozor. Vlar vaqtinchalik foydalanish (majburiyatIi qarzlar shaklida) yoki butunlay (aksiyaga) berilishi mumkin. Shu bilan birga, moliya bozoridagi pul mablag'lari jamg'annalaming egalaridan qarz oluvchilarga boradigan ko'plab turIi-tuman yo'llar bilan ta'minlanib turadi. Iqtisodiy adabiyotda ular ikki asosiy guruhga ajraladi. Moliyaning bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan moliya tizimining vazifasi bozor iqtisodiyotidagi transaksiyalarga xizmat ko'rsatish, jamg'armalami jamlash va taqsimlashdir. Bozoming eng yuqori darajada rivojlangan turi moIiya bozori hisoblanadi. Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini, avvalambor, insoniyat jamiyatida pulning paydo bo'lishi va u bilan bog'liq bozor munosabatlarini amalga oshirila bosh lashidan shaklIanishini ko'rish mumkin. Asrlar davomida moliya bozori, uning mazmuni va unga oid" tushunchalar shakllanib, uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson sivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasi boyishi, unda shaxslaming (yuridik va jismoniy) moliyaviy munosabatlari va qiziqishlari kengayib. maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o'sib, ularning haq-huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta'minlanib borishidir. Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o'z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo'luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo'lmoqda. Bunda moliya bozorlari nafaqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati quyidagi konseptual tushuncha va qonuniyatJar asosida belgilanadi. Har qanday bozorni u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni uning tovari xusususiyatlari bilan bog'liq holda amaliy ahamiyati belgilanishini hisobga olsak hamda, agar ko'rilayotgan bozor turlaridagi tovarlami xususiyati, kelib chiqishi va ulaming bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo'isak, albatta sezilarli. farq namoyon bo'ladi. Masalan, ishlab chiqariladigan tovarlar muomalasi uchun ularga xos bo'lgan bozor zarur, qimmatli qog'ozlar uchun esa faqat fond bozori, pul (valuta) va kreditlar uchun - mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori bo'lishi kerak va h.k. Bunda real tovar, moliya instrumentlaridan farqli, bir yoki bir necha marotaba oldi-sotdi bo'ladi, qimmatli qog'ozlar esa cheklanmagan marta oldi-sotdi bo'lishi mumkin. Umuman olganda, tovar kimningdir tomonidan ishlab chiqariladi, moliyaviy instrument (jumladan, qimmatli qog'oz) esa muomalaga chiqariladi. Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo asosiy va alohida qismidir. Lekin moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo'lishi bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta'minlaydi va muvofiqlashtiradi, umuman, iqtisodiyotning obyektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi.
    Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta'minlanishi. bilan bog'liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:
    • iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi;
    • kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimianishi;
    • davlat byudjetiga xizmat ko'rsatishi, uning kamomadi (defitsiti)ni qoplash uchun pul mablag'larini samara jalb qilinishi;
    • iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
    • inflatsiya sur'atlari va valyuta kurslari o'zgarishiga operativ ta'sir ko`rsatilishi;
    • davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini obyektiv va mutanosiblikda olib borilishi;
    • mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
    • jahon globallashuvi jarayonlariga miIliy iqtisodiyotni integrallashuvi.
    III. Moliya bozori o'z ichiga quyidagi segmentlarni (xususiy bozorlarni) oladi:
    • pul-kredit (bank va boshqa kredit tashkilotlari kapitallari) bozori;
    • qimmatli qog'ozlar (fond, kapitallar) bozori; valyuta va unga tenglashtirilgan tovarlar (qimmatbaho metallar, kamyob elementlar, san'at asarlari va h.k.) bozori;
    • sug'urta va pensiya fondlari bozori, lotereya o'yinlari instrumentlari. Moliya bozori iqtisodiyotda quyidagilar mavjud bo'igandagina samarali faoliyat ko'rsatishi mumkin:
    • effektiv (samarali) mulkchilik tizimji;
    • investitsiya uchun mo'ljallangan yetarlijamg'armalar (moliyaviy resurslar, mablag'lar) va iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta'minlangan moliyaviy instrumentlar;
    • talab va taklifni obyektiv mutanosibligi;
    • moliya bozori infratuzilmasini samarali faoliyati;
    • bozor qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini hukum surishi;
    • moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va xavfsizlik, xavf-xatarlami bashoratliligi. MoJiya bozorida moliyaviy resurslar jamg'armachilardan iste'molchilarga tomon va aksincha yo'nalishda harakat qiladi. Bunda jamg'armalar investitsiyalarga transformatsiyalanadi (aylanadi).
    Moliya bozorida resurslar harakati qv)'idagi omillarga bog'liq:
    • bozoming daromadlili.t darajasi;
    • bozorni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
    • kapitalni yo'qotish yoki nazarda tutilgan foydani ololmaslik xavf-xatari;
    • bozorni samarali institutsional va funktsional tashkillashgani;
    • bozorni samarali muvofiqlashtirilganligi va nazorat qilinishi;
    • moliyaviy instrumentIaming real bazis bilan ta'minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentIigi;
    • jamiyatning mentaliteti va tanlab olgan rivojlanish modeli;
    • makro- va mikroiqtisodiy barqarorlik;
    • tashqi kuchlar va hodisalaming bozorga ta'siri va boshqalar. Moliya bozorining xossalari quyidagilardan kelib chiqadi:
    • moliyaviy instrumentlar va ular bo'yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni ta'minlovchi tashkillashgan murakkab infratuzilmaga (institutsional va funksional tuzilmaga) va faoliyat mexanizmiga ega dinamik tizim;
    • ochiqlik. teng imkoniyat. erkin raqobat. obyektiv bozor bahosi. tavakkalchilik. omillar va voqelikJar (jarayonlar)ni o'lchamIiligi (tahlil qilinishi. baholanishi va prognozJanishi mumkinligi):
    • moliyaviy instrumentlaming monetizatsiyalashgan real bazis va sifat bilan ta'minlanganligi. standartlashganligi va unifikatsiyalanganligi;
    • bozor va uning qatnashchilarini transparentliligi (infonnatsion shaffofligi);
    • moliyaviy instrumentlaming optimal hajmi va baholarini obyektiv talab va taklifdan kelib chiqqan holda shakllanishi;
    • moliyaviy instrumentiaming erkin muomalasi industriyasi uchun bozor infratuzilmasi bilan ta'minlanganligi;
    • bozor qatnashchilarining biznes quvvati potensiali (sifat parametrlari darajasi miqdori bo'yicha);
    • bozomi tartiblashtirilganligi (muvofiqlashtirilishi va nazorat qilishishi darajasi bo'yicha).
    Moliya bozorining asosiy maqsadi - iqtisodiyotda kapitalning erkin oqimi hamda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun yetarli va zarur sharoitlar yaratishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi sharoitIar yaratilishi lozim:
    • bozor iqtisodiyoti qonunlarining to'liq amal qilishi mexanizmini ta'minlash;
    • samarali xususiy mulkchilik tizimining mavjudligi;
    • monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar (jumladan, qimmatli qog'ozlar) sifatining yuqori ko'rsatkichlari (likvidlilik, jalbdorliligi va h.k.) ta'minlanganliligi. Bu ko'rsatkichlar raqobatni rivojlantirish va narxlar bo'yicha katta bo'lmagan kurs tafovuti hisobiga erishiladi; • moliyaviy instrumentlaming erkin savdosini ta'minlovchi rivojlangan savdo tizimlarini mavjudligi;
    • investorlaming haq-huquqlari himoyasini yuqori darajada ta'minlovchi bozoming samarali tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) tizimini mavjudligi;
    • moliya bozori qatnashchilari tomonidan ta'minlanadigan bozoming informatsion sbaffofligi (tranparentligi). Ushbu sharoitlarda moliya bozori iqtisodiyotning samarali faoliyatini ta'minlaydi, investitsiyalarga muhtoj bo'igan iqtisodiyot subyektlariga investorlaming moliyaviy resurslarini jamlab, biznes maqsadiga ishlatishga, investorlarga mablag'larini orttirishga, davlatga esa iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga ko'maklashadi. Umuman olganda, moliya bozori investitsiyalarga muhtoj va resurslarga ega bo'lgan qatnashchilami bir-birlari bilan uchrashtirish asosida moliyaviy aktivlar almashinuviga ko'maklashadigan mexanizm sifatida namoyon bo'luvchi tizim. Moliya bozori bir qator funksiyalami bajaradi. Ulami to'rt guruhga ajratish mumkin: makroiqtisodiy, umum bozor, maxsus (ixtisoslashgan) va global (mega, ya'ni xalqaro darajada moliyaviy globallashtirish) funksiyalarga. Makroiqtisodiy funksiyasi jamg'armalarni investitsiyalarga samarali transformatsiyasini ta'minlab berishdan iborat. Umumbozor funksiyasi, odatda, har bir milliy bozorga mansub. Maxsus funksiyasi esa uni boshqa turdagi bozorlardan farqlaydi. Umumbozor funksiyalarga quyidagilar kiradi:
    • tijorat funksiyasi, ya'ni bozorda daromad olishni ta'minlovchi funksiya;
    • narx-navo funksiyasi, ya'ni bozor narxlarining shakllanishi va ta'sirijarayonini, ulaming bozor konyunkturasiga bog'liq tarzda uzluksiz harakati (o'zgarishi)ni ta'miniaydi;
    • informatsion funksiyasi, ya'ni bozor o'z qatnashchilariga savdo obyektlari va savdo ishtirokchilari to'g'risidagi axborotni shakllantiradi va havola qiladi;
    • tartiblashtirish (muvofiqlashtirish va nazorat qilish) funksiyasi, ya'ni bozor o'zidagi savdo va unda ishtirok etish, qatnashchilar o'rtasidagi nizolami hal qilish tartiblarini joriy qiladi, ustuvor YO'nalishlarni aniqlaydi, nazorat organiarini belgilaydi va h.k. Moliya bozorining maxsus funksiyalariga quyidagilami kiritish mumkin:
    • moliyaviy resurslami taqsirnlash va qayta taqsirnlash funksiyasi. Uni, o'z navbatida, to'rt kichik funksiyaga ajratish mumkin:
    I) moliyaviy resurslami tarmoqlar va bozor faoliyati sohalari (sferalari) o'rtasida taqsirnlash va qayta taqsimlash;
    2) jamg'armalami, ayniqsa, aholi jamg'armalarini, noishlab chiqarish shaklidan ishlab chiqarish shakliga o'tkazish (transformatsiyalash);
    3) noinflatsion asosda davlat budjetini moliyalashtirish, ya'ni qo'shimcha pulni muomalaga chiqarmasdan;
    4) pul massasini boshqarish;
    • narx va moliyaviy xavf-xatarlaming oldini olish funksiyasini yoki hosilaviy qimmatli qog'ozlami (fucherslar, opsioniar, svop, forvard va h.k.) paydo bo'lishi evaziga xedjirlashl. Moliyaviy globallashtirish funksiyasi quyidagilarda namoyon bo'ladi:
    • moliyaviy resurslarni umumjahon miqyosida globallashgan iqtisodiyot doirasida samaraIi taqsimlanishi va qayta taqsirnlanishi;
    • milliy moliya bozor/arini o'zaro integratsiyalashuvi (uyg'unlashuvi);
    • moliya bozorlarini intematsionallashuvi;
    • jahon globallashuvi jarayonlari (barcha yo'nalishlarda) rivojini katalizatori va h.k. Moliya bozorining asosiy funksiyalaridan biri - moliyaviy instrumentiarning obyektiv bozor narxini shakllantirishdir.


    XULOSA

    Jaxon iqtisodiyotining amaliy va nazariy tajribalarida kelib chiqib shuni aytish mumkinki «Moliya bozorlari» atamasi o`zining nafaqat lug`aviy balki uning umumiy tasnifi jihatidan muhimligini juda ko`plab dalillar bilan isbotlab bera oladigan iqtisodiy kategoriyadir. Chunki unga tegishli bo`lgan har qanday elementar iqtisodiy birlik va xususiyatlar uning qay darajada muhimligidan tortib juda keng miqyosda funksional ekanligiga yaqqol dalil bo`la oladi. Oddiy bir misol odamlar orasida eng taniqli bo`lgan valyuta bozorining barqaror va to`liq ishlashi uning faqatgina inflatsiya yoki pul bilan bog`liq bo`libgina qolmay jamiyatda kechayotgan mikroiqtisodiy ta`sirlardan tortib Mintaqalar va davlatlar orasidagi gumanitar va diplomatik aloqalarga ham bog`liq ekanligini yuqoridagi moliya bozorlarining funksiyalari, segmentlari va ishlash prinsipi, maqsadlari yuzasidan keltirilgan malumot va misollarda ko`rishimiz mumkin.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

    1. ShZ AbdulLayeva. Pul, kredit va banklar. T., dqtisod-moliya&, 2007.

    2.Sh.Sh Shoxazamiy Финансовый рынок и ценные бумаги. Книга I 2005

    3.Sh.Sh Shoxazamiy Финансовый рынок и ценные бумаги.


    Книга II
    l. www.europa.eu.int.
    2. www.cbr.ru.
    3. www.econstats.com.
    4. www.fsfm.gov.ru.
    Yüklə 43,95 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin