“Moliya” fanidan 2-oraliq nazorat uchun ESSE (Esse minimum 1000 ta so’zdan iborat va Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda yozilishi zarur) O’zingiz uchun ma’lumot olish qulay va oson bo’lgan mahalliy moliya
muassasasi to'g'risida hisobot yozing va ushbu moliya muassasasini moliyaviy
faoliyatini tahlil qiling. Uning mamalakat moliyaviy hizmatlar bozorini qo’llab-
quvvatlashdagi o'rni haqida fikr bildiring. Hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi
kerak:
– muassasa tarixi;
– uning mijozlari klassifikatsiyasi;
– moliyaviy muassasa tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar;
– uning mahsulotlari va xizmatlari bilan bog'liq risklar tahlili;
– uning moliyaviy faoliyati samaradorligini tahlili;
– ushbu
moliyaviy
muassasasining
investitsion
loyihalarni
moliyalashtirishdagi ishtiroki;
– uning kelajagi bo’yicha prognozlar.
Hisobot talaba tomonidan mustaqil yozilishi kerak. Hisobotda korxonaga
tegishli ma’lumotlar bo’lishi zarur. Shu bilan birga muassasaning moliyaviy va
investitsion faoliyati tahlil qilish masadga muvofiq bo’ladi. Zarur bo'lganda,
hisobotda muassasaning faoliyati to'g'risida foydali tushunchalar talaba tomonidan
berilishi mumkin. Bundan tashqari, hisobot moliyaviy hisobotlar va statistik
ma'lumotlarni tahlil qilish orqali yozilishi lozim.
Hisobot kamida 7-10 sahifadan iborat bo'lishi kerak. U faqat davlat (o’zbek)
tilida yozilishi va grammatik hamda imlo jihatdan xatolardan holi bo'lishi zarur.
Imlo tekshiruvi va tilni tahrirlash dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.
Shuni esda tutingki, ko’chirma (plagiat) ishlar qabul qilinmaydi va bu sizni qoniqarsiz baho olishingizga olib keladi. ESSElarni “Plotonus” elektron platformasidan va nodirmexx0123@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilaman. Topshirishning oxirgi muddati: 12.12.2020. 23:59.