Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Baholarni shakllantirishning ob’yektiv asoslari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə45/112
tarix05.01.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#78546
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

Baholarni shakllantirishning ob’yektiv asoslari.

  • Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi va baholarni

    shakllantirish myetodlari.
    3. Xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt markyeting stratyegiyasining Moliyaviy jihatlari


    1. Baholarni shakllantirishning ob’yektiv asoslari
    “Baho” tuShunchasi ostida, odatda yagona sintetik kategoriyaga birlashtirilgan turli-tuman iqtisodiy holatlarning yig’indisi nazarda tutiladi. Mohiyat jihatidan baho qiymatning puldagi ifodasidir. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tovarning indi-vidual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadiki, uning о‘lchami (miqdori, darajasi) mehnatning ijtimoiy zaruriy xara-jatlari bilan aniqlanadi. Bozor qiymati, ijtimoiy qiymatdan farqli о‘laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan yemas, balki uning realizasiya qilish shartlari bilan ham byel-gilanadi.
    Bozor sharoitida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari va ijtimoiy foydalilik (naflilik) taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiy tuzilmasining ijtimoiy yehtiyojlarga muvofiq kelishi aniqlanadi. Faqat ijtimoiy yehtiyoj va ijtimoiy foydalilik doirasidagina xarajatlar ijtimoiy zarur, dyeb ye’tirof yetilishi mumkin. Shu munosabat bilan qiymat hosil bо‘lishining iqtisodiy chyegaralarini shakllantirish ijti-moiy foydalilikning funksiyasiga aylanadi.
    Dyemak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan ijti-moiy zaruriy xarajatlar va qiymat murakkab jarayon natijasida vujudga kyeladi, turli-tuman sharoitlar va ta’sirlarga duch kyeladi. Shunga mos ravishda bahoning modyeli ham oddiy yoki bir xil bо‘lishi mumkin yemas.
    Tovarlar har doim qiymat va istye’mol qiymatining о‘zaro yaxlitligidan iborat. Tovarning istye’mol qiymatini tovarning qandaydir bir yehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida xarakter-lash qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida istye’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan foydaning olinishi uchun amalga oshiriladi. Dyemak, past istye’mol qiymatiga yega bо‘lgan tovarlar past qiymatga yega bо‘ladi va aksincha, Yuqori darajadagi istye’mol qiymati qiymatning ham Yuqori darajada bо‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham, bahoni aniqlashda faqat tyegishli nye’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali namoyon bо‘ladigan uning istye’mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan baho bozor mexanizmining pulda ifodalan-gan muhim yelementidir, degan xulosa kelib chiqadi. Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va istye’molchi foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs bilan ta’minlanadi, bir vaqtning о‘zida ikkinchi resursni oladi, buning natijasida resurslarning foydaliligi oshadi. Shunday qilib, baho kerakli mahsulot yoki xizmatga yega bо‘lish uchun kishi berishi lozim bо‘lgan resurslarning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlariga yaqinlashishini ta’minlovchi modyeli ana Shundan iborat. YUqorida bayon qilingan holatlarga asoslanib vujudga kyeltirilgan baho о‘ziga tyegishli bо‘lgan funksiyalarni bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
    YEng avvalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar birligining hajm, dona va og’irlik birliklaridagi qiymati pul birliklarida о‘lchanadi. Pulli yekvivalyentning mavjud yekanligi bahoga miqdor va son shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki о‘lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqt-ning о‘zida baho pulda ifodalangan turli tovar qimmatliklari-ning о‘lchovchisi hamdir. Kо‘rilayotgan ana Shu sifatda baho umumiqtisodiy samaradorlikning yeng muhim kо‘rsatkichlaridan biri sanaladi, xо‘jalik qarorlarini qabul qilish uchun mо‘ljal, bashoratlashning muhim instrumyenti bо‘lib xizmat qiladi. YUqo-ridagilarning barchasi bahoning о‘lchov funksiyasidan darak beradi.
    Ma’lum ma’noda, bahoning hisob-nazorat funksiyasi uning о‘lchov funksiyasining о‘ziga xos “qо‘shni”si hisoblanadi va qisman uning tarkibiga kiradi. Baho, milliy boylikning buYumlashgan va moddiy о‘lchamlarini qiymat va dyemak, Moliyaviy о‘lchamlarga aylantirib, qiymatning fuqarolarda, ularning oilalarida, XYUS-larda, tarmoqlarda, umuman iqtisodiyotda, qishloq, shahar, tuman, viloyat va mamlakat bо‘yicha saqlanishi, jamg’arilishi va harakat yetishi ustidan hisob va nazoratni olib borishning instrumyenti bо‘lib xizmat qiladi.
    Bahoning taqsimlash funksiyasi uning qiymatdan farqla-nishi imkoniyati bilan xarakterlanadi. Masalan, yengil avtomo-billarga bо‘lgan bahoning Yuqoriligi aholi ma’lum bir qatlamla-rining mablag’larini ijtimoiy yehtiyojlarni qondirish uchun qayta taqsimlashga imkon beradi. Ba’zi bir tovarlarga nisbatan baholarning past darajasi yesa (masalan, bolalar va kyeksa yoshdagi qariyalarga mо‘ljallangan tovarlar) ana Shunday sotib oluvchi (istye’molchi) lar foydasiga mablag’larning qayta taqsimlanishiga olib kyeladi. Bir tomondan, mamlakatda sanoat ishlab chiqarish xarakteriga yega bо‘lgan kо‘plab tovarlarga nisbatan baholarning erkinlashtirilishi va ikkinchi tomondan, bir nyecha qishloq xо‘ja-ligi mahsulotlariga nisbatan baholarning davlat tomonidan tar-tibga solinishi qishloq xо‘jaligiga tyegishli bо‘lgan daromadlar bir qismining sanoatning ayrim tarmoqlari foydasiga qayta taqsimlanishiga imkon beradi. Shunday qilib, dyemak, ulgurji baholarni oshirish yoki pasaytirish orqali tarmoqlar, XYUS lar, mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va oilalarning daromadlari va foydasini qayta taqsimlash mumkin.
    Aynan bahoning tartibga solish funksiyasi orqali bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish va istye’mol, taklif va talab о‘rta-sida aloqa о‘rnatiladi. Shunisi xarakterliki, tartibga soluvchi baho tartibga solish jarayonining о‘zida vujudga kyeladi va uning о‘zi ham, tartibga solinuvchi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda muvozanatli, ya’ni о‘z-о‘zidan о‘rnatiluvchi, darajasi talab va taklifning tyenglashishiga muvofiq kyeladigan baho yordamida to-var-pul jarayonlarini о‘z-о‘zidan tartibga solish funksiyasi xusu-sida gapirish aniqroq bо‘lar yedi.
    Oila byudjetining о‘zgarishi, aholi daromadlari va xarajat-larini qayta taqsimlash munosabati bilan chakana baholar о‘zgar-ganda bahoning ijtimoiy funksiyasi vujudga kyeladi. Buning natijasida ijtimoiy nye’matlar va xizmatlarning u yoki bu turlariga nisbatan istye’mol qilish oshadi yoki kamayadi. CHakana baholarning oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha, dyeb ye’tirof yetilgan. Biroq, agar bir vaqtning о‘zida chakana baho-lar bilan birgalikda ulgurji baholar, va aholi daromadlari ham о‘zgarsa, bu “manzara” kо‘p omilliga aylanadi va baholar dinamika-sining turmush darajasiga ta’siri xususida xulosa chiqarish uchun yanada chuqurroq bо‘lgan tahlil zarur.
    Bahoning rag’batlantiruvchi funksiyasi ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot-ning ma’lum bir turini ishlab chiqarish yо‘nalishlarida rag’bat-lantirish orqali namoyon bо‘ladi. Bunday baholar agar ular istye’-molchi uchun qulay bо‘lsa, istye’molni ham rag’batlantiradi. Baho-ning rag’batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning muhim omili hisoblanadi, tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif о‘rtasidagi ma’lum bir nisbatning о‘rnatilishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi va Shuning uchun ham u talab va taklifni ba-lanslashtirish funksiyasi bilan uzviy bog’langan.
    Baho funksiyalarining bunchalik kо‘pligi, alohida olingan unga tyegishli bо‘lgan funksiyalar maqsadlari va vazifalarining, ayrim hollarda, о‘zaro qarama-qarshiligi Shunga olib kyeladiki, bahoning о‘z barcha funksiyalarini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishi hamma vaqt ham mumkin bо‘lmay qoladi. Rasional va hatto, optimal baholar xususida gapirib turib, odatda, uning bir funksiyasi yoki funksiyalarning Shunday hamkorligini nazarda turish kerakki, ular ma’lum darajada amalga oshgan bо‘lsin. Shu-ning uchun ham, bozor iqtisodiyotida bahoning ayrim funksiyalari kamroq yoki kо‘proq Yuklama bilan “ishlaydi”. Masalan, mahsulotni qiymat ifodasida ishlab chiqarish, taqsimlash va istye’mol qilishni Rejalashtirishda foydalaniladigan bahoning funksiya-lari aralash iqtisodiyotda davlat syektoridagidyek yemas, balki unga nisbatan kamroq faollikda namoyon bо‘ladi. Shu munosabat bilan bu yerda baho barcha funksiyalarining bir-biri bilan о‘zaro bog’-langanligi va о‘zaro ta’sirchanligini, real hayotda bozor iqtiso-diyotiga xos bо‘lgan dinamik tizim sifatida namoyon bо‘layotgan-ligini hisobga olish muhim ahamiyatga yega.

    Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin