4. Byudjet xarajatlarini sarflash masalalari va vazifalari Masalalar. Hozirgacha byudjet xarajatlari bо‘yicha bir nyecha kamchilik-nuqsonlar mavjud. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorligi nisbatan past;
byudjet mablag’larini maqsadsiz sarflash amaliyoti keng tarqalgan;
byudjet daromadlari bо‘yicha Rejalar bajarilmagan sharoitda xarajatlar ayrim yо‘nalishlarining Moliyalashtirilishi noproporsionaldir;
byudjet xarajatlari davlat sosial siyosatining pishib yetilgan muammolarini hal etaolmayapti;
sub’yektlarga tо‘lovlar bо‘yicha qarzlar doimiy ravishda oshib borayapti;
milliy xо‘jalikka davlat investisiyalari minimum darajagacha qisqardi;
va boshqalar.
Byudjet xarajatlari bо‘yicha bajarilishi lozim bо‘lgan vazifalar.YUqoridagi kamchilik-nuqsonlarning mavjud ekanligi byudjet xarajatlari bо‘yicha bajarilishi lozim bо‘lgan asosiy vazifalarni belgilab olishni va ularning о‘z vaqtida bajarilishini taqoza etadi. Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilar kirishi mumkin:
eng samarali va sosial ahamiyatga ega bо‘lgan loyihalarga byudjet mablag’larini qonsyentrasiya qilish, sosial xarajatlarni Moliyalashtirishning ustuvorligini ta’minlash;
sub’yektlarga tо‘lovlar bо‘yicha qarzlarni keskin qisqartirish va ularning tо‘liq uzilishiga erishish;
iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investisiyalarni davlat tomonidan Moliyalashtirishni kengaytirish;
loyihalarni Moliyalashtirishning davlat-tijoriy amaliyotini kengaytirish asosida investision jarayonlarning nomarkazlaShuvini davom ettirish;
davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini boshqarish bо‘yicha xarajatlarni qisqar-tirish;
harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida milliy mudofaaga mо‘ljallangan byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish;
ayrim tarmoqlar zararlarini qoplashga yо‘naltiri-layotgan dotasiyalarni kamaytirish;
maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli moddalari bо‘yicha xarajatlarni qisqartirish;
byudjet xarajatlarini eng samarali chiqimlarga konsyentrasiya qilish (tо‘plash, sarflash);
fan, madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajatlarining ustuvor Moliyalashtirilishini ta’minlash;
byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;
byudjet xarajatlarini Moliyalashtirishning g’aznachilik tizimiga о‘tishni tyezroq sur’atlarda tugatish;