Byudjet defisitini Moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarziy mablag’larni, qarzlarni jalb qilishga majburdir.
Qarziy mablag’larni, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga kо‘ra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga ma’lum belgilarga ega bо‘lgan pul mablag’lari yoki boshqa buYumlarni beradi, qarz oluvchi esa Shu summadagi pul mablag’lari (qarz summasi) yoki tyeng miqdor va sifatdagi buYumlarni qarz beruvchiga qaytarish majburiyatini oladi. SHartnoma bо‘yicha qarz oluvchi bо‘lib davlat yoki uning sub’yektlari, qarz beruvchilar bо‘lib esa fuqarolar yoki Yuridik shaxslar hisoblanadi. Davlat qarzlari ixtiyoriy bо‘lib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini о‘zgartirishga yо‘l qо‘yilmaydi.
Davlat krediti quyidagi bir nyecha belgilarga kо‘ra klasssifikasiya qilinadi:
emityentlar bо‘yicha:
Bozorli qarzlar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ular byudjet defisitini Moliyalashtirishda asosiy bо‘lib hisoblanadi. Nobozorli qarzlar erkin ravishda о‘z egalarini almashtirishi mumkin emas. Ular qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bо‘lmaydi. Ma’lum bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar davlat tomonidan chiqariladi va Shu investorlarning о‘ziga xos bо‘lgan manfaatlariga mos kyeladi. Masalan, g’arb mamlakatlarida nobozorli davlat obligasiyalari nodavlat pyensiya fondlari, sug’urta kompaniyalari va kichik investorlarning mablag’larini jalb qilish uchun chiqariladi.