g = 1000000
Agar hisob-kitob uchun quyidagi formuladan foydalansak, xuddi shu natijani olamiz: g = ROE x (1 - Dividendlarni to‘lash koeffitsiyenti) = 20% x (1 - 0,4) = 12% “A” kompaniyasining uch yillik barqaror o‘sish davridagi moliyaviy hisobotlari 14.4-jadvalda aks ettirilgan: 14.4-jadval “A” kompaniyasining 20x1-20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti (mln. so‘mda)
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
20x1 y.
20x2 y.
20x3 y.
Sotuvlar hajmi
1000000
1120000
1254400
Sof foyda
200000
224000
250880
Dividendlar
80000
89600
100352
Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi
120000
134400
150528
Balans
20x0 y.
20x1 y.
20x2 y.
20x3 y.
Aktivlar
2000000
2240000
2508800
2809856
Majburiyatlar
1000000
1120000
1254400
1404928
Kapital
1000000
1120000
1254400
1404928
1 -nazorat uchun savol Firma o‘sishi sur’ati uning barqaror o‘sishi koeffitsiyentidan past bo‘lgandagi vaziyat tashqi moliyalashtirish summasiga qanday ta’sir qiladi? Aylanma kapitalni boshqarish
Aksariyat kompaniyalarning ishlab chiqarilgan mahsulot yoki tovarlarni sotishdan biror-bir daromad (foyda) olishlridan oldin amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lari sarflashlariga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida firma aktivlarining ma’lum qismlari, masalan, tovar-moddiy zahiralar va olinishi kerak bo‘lgan hisoblar (debitorlik qarzlari), odatda, uning majburiyatlaridan, ya’ni to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar (kreditorlik qarzlari) va to‘planib qolgan qarzlardan oshadi. Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari o‘rtasidagi farq aylanma kapital (working capital) deb ataladi. Agar kompaniyaning aylanma kapitalga ehtiyoji mavsumiy emas, balki doimiy xususiyatga ega bo‘lsa, odatda, kompaniya uzoq muddatli moliyalashtirishni olishga harakat qiladi. Mavsumiy ehtiyojlar qisqa muddatli qarzlar, masalan, bank kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi. Firma aylanma kapitalini boshqarishning asosiy prinsipi daromadsiz aktivlar, masalan debitorlik qarzlari va tovar-moddiy zahiralariga sarflangan mablag‘larni imkon qadar kamaytirishdan, va “foizsiz” kreditlardan, ya’ni a) mijozlar oldindan to‘lagan mablag‘, b) hisoblangan, ammo to‘lanmagan mehnat haqi va v) kreditorlik qarzlaridan maksimal darajada foydalanishdan iborat. Pul mablag‘larining bu uchta manbai firma uchun bepul hisoblanadi. Chunki, odatda, ularga aniq (ochiq) foiz 70
stavkasi hisoblanmaydi . Ma’lum chora-tadbirlar va tartiblar kompaniya o‘z mahsulotini sotgan payt bilan pul hisob raqamiga kelib tushgan payt oralig‘idagi vaqtni qisqartirish imkonini beradi. Aynan shu tadbirlarni amalga oshirish orqali firmaning aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish mumkin. Ideal holatda, har bir firma yetkazib beriladigan tovar uchun mijozlardan avans olishga intilishi kerak. Bundan tashqari, o‘ziga zarur resursni sotib olish va haqini to‘lash o‘rtasidagi vaqtni uzaytirish orqali aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirishi mumkin. To‘lov vaqti va amalga oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilab tushunish uchun 2-rasmni diqqat bilan o‘rganing.
Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi (cash cycle life) - bu firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana va o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi vaqt. 14.2-rasmda ko‘rinib turibdiki, pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi tovar-moddiy zaxiralarining korxona-daligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatidan iborat bo‘lib, bu muddatdan kreditorlik qarzi muddati olib tashlanadi, ya’ni : Pul mablag‘lari Tovar-moddiyтл u * 11-v j * n ........ . . . J . Debitorlik qarzi Kreditorlik qarzi aylanishi sikli zaxiralarning korxonada muddati muddati davomiyligi bo lish vaqti + Zaruriy aylanma kapital hajmi pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Agar kreditorlik qarzi muddati yetarlicha davomli bo‘lib, tovar-moddiy zaxiralarining korxonadaligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatini o‘z ichiga olsa, firmaga aylanma kapitalning umuman keragi yo‘q bo‘ladi. Qanday amal (harakat)lar kompaniyalarning aylanma kapitaliga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirish imkonini beradi? Pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligini hisoblash tenglamasidan ko‘ramizki, firma o‘zinining aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyoji darajasini quyidagi tarzda kamaytirishi mumkin:
Zahiralar omborda saqlanadigan vaqtni qisqartirish. Bunga erishish uchun tovar-moddiy boyliklar harakatini boshqarish jarayonini takomillashtirish yoki mahsulotni faqat ishlab chiqarish jarayonida unga ehtiyoj tug‘ilgan
vaqtda aniq yetkaza bera oladigan mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish kerak;
Debitorlik qarzlarini tezroq pulga aylantirish. Bunga bir necha yo‘l bilan erishish mumkin. Masalan, qarzlarni undirish jarayoni samaradorligini oshirish, tezroq to‘laydigan mijozlarga chegirmalar taklif etish, shuningdek to‘lash muddati kechiktirilgan hisoblarga foiz yozish orqali.
O‘z kreditorlik qarzlarini to ‘lash muddatini cho ‘zish orqali.
2-nazorat uchun savol Firmaning aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini qanday usullar bilan qisqartirish mumkin? Likvidlik va kassa rejasini bajarish
Milliarder Xovard Xyuzning (Howard Hughes) naqd pul va kredit kartochkalarisiz uni hech kim tanimaydigan shaharda qolib ketgani to‘g‘risida afsona bor. Ovqat, boshpana va yo‘lkiraga puli bo‘lmaganligidan uning sovuq va ochlikdan o‘lishiga biroz fursat qolgan, xolos. Har qanday korporatsiya xuddi shunday ahvolda tushib qolishi mumkin. Iqtisodiy ko‘rsatkichlari va obro‘si baland firmalar ham jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishi va hatto bir kun kelib to‘satdan puli tugab qolsa yoki kreditni qaytaraolmasa, bankrotlikka (kasodga) uchrashi mumkin. Kamdan kam hollarda faqat qisqa muddatli daromad va xarajatlarni samarali boshqarish evazigagina katta muvaffaqiyatga erishish mumkin. Ammo ular noto‘g‘ri boshqarilsa, firma bankrotlikka yuz tutishi aniq. Xovard Xyuzning muammosi shunda ediki, u nolikvidlik vaziyatiga tushib qolgan edi. Jismoniy yoki yuridik shaxs ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘ lash yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga egaligi holati likvidlik (liquidity) deyiladi. Aks vaziyat nolikvidlikni anglatadi, ya’ni inson yoki firma ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga ega, ammo buni zudlik bilan amalga ЯП oshirolmaydi40. Aktivlarining nolikvidligi oqibatida biror-bir muammo kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun firma bo‘lajak daromad va xarajatlar bo‘yicha prognozlarni imkon qadar aniq tuzishi kerak. Ushbu barcha prognozlar aks ettiriladigan reja kassa rejasi (cash budget) deb ataladi. 3-nazorat uchun savol Nima uchun har qanday firma o‘z aktivlari likvidligiga rioya qilishi kerak? mavzu. Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili
Reja: Birlashtirish va pulning qiymatini joriy davrga keltirish mexanizmi
Annuitetlar. Teng bo’lmagan pul oqimlari va doimiy annuitetlar
Yillik bo’lmagan qo’shma davrlar uchun joriy va kelgusi qiymatni aniqlash
Bir xil bo’lmagan pul oqimlarining joriy qiymatini aniqlash Birlashtirish va pulning qiymatini joriy davrga keltirish mexanizmi
Pul oqimlarini tavsiflashda birinchi qadam, vaqt oralig’ini tuzish bo’lib, pul oqimlarining vaqtlarini ko’rsatuvchi to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi. Vaqt oralig’i chizmasi vaqt va pul oqimlarini aks ettiradi: qabul qilingan va ishlatilgan summalar birgalikda, shuningdek, ishlab topilgan foiz stavkalar ham. Vaqt oralig’i chiziqlari moliyaviy tahlilchilar tomonidan moliyaviy muammolarni yechishda dastlabki qadam hisoblanadi. Biz bunga mavzu davomida tez-tez murojaat qilib turamiz. Vaqt chizig’ini qanday tasvirlash uchun, quyidagi misolga ko’ra, 4 yillik davr uchun olingan yillik pul oqimlarini joylashtiramiz. Bu vaqt chizig’iga ko’ra bizning pul kirimi va chiqimi 0 davrdan (joriy davr) 4 yilning so’ngigacha joylashtirilgan: Yillar 0 1 2 3 4 Pul oqimi -100 30 20 -10 50 _