109
Va, nihoyat, moliyaviy faoliyat samaradorligini tahlil qilish uchun moliyaviy
koeffitsiyentlardan foydalanganda qator cheklashlarni inobatga olish zarur. Asosiy
muammo shundaki, koeffitsiyent juda yuqori yoki juda pastligini baholash uchun
absolyut standart yo‘q. Bundan tashqari, koeffitsiyentlar sonli ko‘rsatkichlarni o‘z
ichiga oladilar va ular ko‘pincha ixtiyoriy tarzda hisoblab chiqiladi. Undan keyin,
taqqoslash mumkin bo‘lgan firmalar guruhini aniqlash juda qiyin, chunki hatto
bitta sohada ishlaydigan kompaniyalar ham juda ko‘p hollarda o‘zlarining iqtisodiy
ko‘rsatkichlari bilan bir-biridan jiddiy farq qiladilar. Masalan, ularning
diversifikatsiyasi darajasi, hajmi, faoliyat yuritish muddati, xorijiy bozorni
egallaganlik darajasi, tovar-moddiy zaxiralarni va amortizatsiyani hisoblash
usullari farq qilishi mumkin. Shunday qilib, koeffitsiyentlardan foydalangan holda
tahlil qilish faqat umumiy ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilishi mumkin va moliyaviy
qarorlar qabul qilish jarayonida ularga to‘liq suyanib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: