223
Shuningdek, firma doimiy ravishda vaqti-vaqti bilan foiz va boshqa xarajatlarni
tan olib boradi lekin ularni aniq bir davrda (masalan, har yarim yilda) to’laydi.
Bu tan olingan xarajatlar kunlik ish faoliyati davomida
tabiiy ravishda yuzaga
keladigan firmaning majburiyatlarini aks ettiradi. To’lanishi kerak bo’lgan
hisoblar va tan olingan xarajatlar ularning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan
operatsiyalar natijasida avtomatik ravishda yuzaga kelganligi uchun,
bunday
majburiyatlar biz bu bobda bevosita ko’rib chiqishimiz shart bo’lgan
kategoriyalar hisoblanmaydi. Aniqroq aytganda, biz
firma tomonidan ixtiyoriy
menejmentni talab etadigan firmaning moliyaviy strukturasi qismiga diqqat
qaratamiz. Biz buni firmaning kapital strukturasi deb ataymiz. 7
jadvalda
moliyaviy struktura jami bo’lib $300 qiymatidagi majburiyatlar va buxgalteriya
balansining o’ng tomonida joylashgan o’z kapitalidan tashkil topgan. Bunda
kapital strukturasi to’lanishi kerak bo’lgan hisoblar
va tan olingan xarajatlarni
istisno etgan holda, jami bo’lib $275 ni tashkil qiladi.
Firmaning moliyaviy strukturasi va kapital strukturasi o’rtasidagi bog’liqlik
quyidagi tenglama orqali ifodlanishi mumkin:
Biz to’lanishi kerak bo’lgan hisoblar va tan olingan xarajatlarni foizsiz
majburiyatlar deb atayotganimizga diqqatingizni qarating.
Buning sababi bu
xarajatlar bilan bog’liq aniq bir foizning yo’qligidir. Aniq foiz xarajatlari siz
xuddi bank krediti uchun to’laydigan foizga o’xshaydi.
Agar firma kredit
kreditlash hisobiga inventarlarni sotib olsa, kredit tamoyillariga ko’ra
xarid
qiymati ma’lum vaqt birligi ichida to’lanishi shart, masalan 30 kun ichida.
Natijada, ta’minotchi firma hech qanday foiz stavkasisiz 30 kunlik kredit taqdim
etadi. Ta’minotchi ham o’zining kredit asosida mol yetkazib berayotganini biladi
va aniqki o’z tovarlariga nisbatan narxlar birligida ko’p bo’lmagan foiz
xarajatlarini qo’shadi. Muhimi shundaki, bu foiz xarajati yashiringan bo’ladi va
aniq ko’rsatib o’tilmaydi, shuning uchun to’lanishi kerak bo’lgan hisoblar va tan
olingan xarajatlar firmaning foizlar bo’yicha xarajatlarining o’sishiga olib
kelmaydi.
Xavfsiz kapital srukturasini yaratish bizdan quyidagi ikki savolga
yuzlanishimizni talab etadi:
Dostları ilə paylaş: