“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   202
Moliya UMK

4-nazorat uchun savol
Siz 50 dollarga aksiya xarid qildingiz. Yil davomida unga 1 dollar 
miqdoridagi dividend puli hisoblanmoqda va Siz yil oxiriga mazkur qimmatli 
qog‘ozlarning kursi 60 dollarni tashkil etishini rejalashtir-moqdasiz. Siz qanday 
daromadlilik stavkasini olishni mo‘ljallayapsiz? Agar qimmatli qog‘ozlarning kursi 
aslida 40 dollarni tashkil etsa, Sizning haqiqatdagi daromadlilik stavkangiz qanday 
bo‘ladi? 
 
3. Bozor indekslari va indekslash strategiyasi 
 
Qimmatli qog‘ozlar kursini umumlashtirib ko‘rsatishga imkon beruvchi 
mezonning mavjudligi qo‘l keladigan ko‘plab holatlar mavjud. Misol uchun
aksiyadorlarga investitsiyalarining joriy narxini baholab beradigan indikator yoki 
o‘z investitsiyalari rentabelligini baholash imkoniyatini beradigan qandaydir 
etaloniy kriteriy kerak bo‘ladi. 7.2-jadvalda eng muhim milliy fond birjalarida 
muomalada bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar uchun foydalaniladigan, odatda moliyaviy 
nashrlarda birinchi navbatda e’lon qilinadigan asosiy fond indekslari ro‘yxati 
keltirilgan. 
7.2-jadval 
Dunyodagi asosiy fond indekslari
Mamlakatlar
Indekslar
AQSh
Dow Jones Index, Standard & Poor's 500 
Yaponiya 
Nikkei, Topix 
Buyuk Britaniya 
FT-30, FT-100 
Germaniya 
DAX 
Fransiya 
CAC 40 
Shveysariya
CreditSuisse 
Yevropa, Avstraliya, Uzoq Sharq 
MSCI, EAFE 
Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini ma’lum bir birja 
(fond) indeksiga bog‘lash maqsadiga asoslangan investitsiya strate-giyasiga 
indeksatsiyalash
 
deyiladi. Uning asosida quyidagi oddiy haqiqat yotadi: 
birgalashib o‘z kapitalini qimmatli qog‘ozlarga qo‘ygan barcha inve-storlar butun 
fond birjasi daromadliligidan ko‘proq rentabellikka erisha olmaydilar.
Indeksatsiyalash strategiyasini qo‘llagan holda, menejer o‘z investitsiya 
fondida investitsiya tarkibiy tuzilmasini qayta tashkil etishga urinadi. Bu tarkibiy 
tuzilma asosida mo‘ljal sifatida tanlangan indeks olinadi. U o‘z fondining 
aksiyalari paket
54
iga barcha qimmatli qog‘ozlarni mazkur indeks hisoblanadigan 
narxlar asosida, mazkur indekslar bazasi juda yuqori bo‘lganda esa, faqat 
reprezentativ tanlab olinganlarinigina qo‘shadi. Bunday hollarda, pul mablag‘larini 
“aktiv” boshqarish usulini ishlatishga yoxud indeks-mo‘ljaldan “o‘zib ketish”ga 
intilib, alohida qimmatli qog‘ozlarga yoki iqtisodiyot sohalariga umid qilishga 
54
“Paket” fransuzcha “paguet” – tuguncha, bo‘g‘cha; xalta. Qarang: o‘sha manba. J. III. – B.206. 


63 
urinishlar qilin-maydi. Shunga ko‘ra, indeksatsiyalash – bu keng diversifikatsiyaga 
va qimmatli qog‘ozlar portfeli sust savdo aktivligiga tayangan passiv
55
investitsiya 
strategiyasidir. 
Albatta, indeksatsiyalash strategiyasi bilan boshqariladigan fondlar-nikiga 
qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega aktiv boshqariladigan fondlar har doim 
mavjud bo‘ladi. Bu ehtimol, masalan, omad kelish natijasi bo‘lishi ham mumkin. 
Ayrim investitsiya portfelini boshqa-ruvchilar shunchaki tasodif tufayli qo‘ygan 
kapitalidan faqat yuqori foydani va hattoki, davomli “omad kelishi” davrida 
investitsiyaning yuqori rentabelligini ta’minlashga erishadilar. Bundan tashqari
shunday menejerlar borki, ular mislsiz qobiliyat va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, shu 
tufayli investitsiya qilingan kapitallar ma’lum vaqt mobaynida yuqori foyda 
keltiradi.
Investorning rahbarligi aktiv boshqarish strategiyasiga asoslangan fondlarni 
tanlashdagi muammo shundaki, ulardan qay biri uzoq vaqt davomida yetakchi 
bo‘lib qolishini oldindan aniqlab bo‘lmaydi.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin