“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Moliya UMK

 
2. “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi 
“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning 
Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech 
bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering: 
• Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob 
varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond
1
ga 
qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi 
fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak? 
• Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki 
ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?. 
• o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki 
restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran 
ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? 
Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu 
mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
• O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy 
direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish 
arziydimi (maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek, telekommunikatsiya 
sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi. 
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir 
necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan 
iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz 
unga nima(lar)ni maslahat berasiz?
• Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi 
O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni 
ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda 
tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?
Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy 
moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang. 
“Zamonaviy moliya” (fani)
2
ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta 
muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi 
betdagi 1.1-rasmga qarang): 
Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni: 

o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish; 

biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 

qiziqarli va daromadli karera qilish

mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul 
1
Bu o‘rinda «jamg‘arma» so‘zini ishlatmaganimizga xafa bo‘lmang. Chunki “fond” so‘zi o‘zbek tilida 
ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro atamalardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV. – B. 356. 
2
Bu va bundan keyingi o‘rinlarda «Zamonaviy moliya», «Zamonaviy moliya» fani, «Moliya» fani va 
«Moliya»lar, ayrim hollarda, teng kuchli so‘z va iboralar shakli va mazmunida ishlatilishi mumkin. 



qilish imkoniyatiga ega bo‘lish; 

dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin