Moliya fanidan testlar
MOLIYA FANIDAN TESTLAR
1. Moliya eng birinchi qayerda paydo bo’lgan?
A) AQSH B) Italiya C) Germaniya
2. Nechinchi asrda “financiya” tushunchasi Firansiyada “davlat daromadlari” , “pul summalari” ma’nosida ishlatila boshlagan?
A) X asrda B) XII asrda C) XV asrda
3. XVI-XVII asrlarda qayerlarda yuz bergan birinchi burjua inqilobi moliyaning shakillanishiga olib keldi?
A) Niderlandiya va Angliya B) Xitoy va Italiya C) Nidirlandiya va italiya
4. Keyinchalik amaliyotga “xazina” o’rniga qanday tushuncha kirib keldi?
A) Moliya B) Davlat byudjeti C) Davlat xarajatlari
5. Bir vaqtning o’zida “moliya” va “moliyaviy resurslar” bir-biri bilan bir xil tushunchalar hisoblanadimi?
A) Bir xil tushunchalar B) Bir xil tushunchalar hisoblanmaydi C) A va B javoblar to’g’ri
6. Tovar qiymatining pulda ifodalanishi nima deyiladi?
A) Baho B) Tovar C) Moliya
7. Moliyaning nechta asosiy funksiyasi mavjud?
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta
8. Buyuk mutaffakkir Aristotelning moliya sohasidagi qarashlari qanday asarida keltirilgan?
A) Afina davlat tuzilmasi B) Ilk falsafa C) Platon g’oyalari
9. Rasman birinchi bank qayerda paydo bo’lgan?
A) Italiya B) Fransiya C) Angliya
10) Davlat oblegatsiyalari kim tomonidan hisobga olinadi?
A) Moliya vazirligi B) Markaziy banki C) Moliya bozori
11. Moliyaviy infratuzilma tarkibi nechta qismdan iborat?
A) 4 ta B) 5ta C) 3 ta
12. Dastlab kreditning qanday shakli vujudga kelgan?
A) Tovarli kredit B) Pulli kredit C) Aralash kredit
13. Bank kreditida kreditning ob’ekti nima hisoblanadi?
A) Pul kapitali B) Tovar kapitali C) Savdo kapitali
14. Moliyaviy tizimning faoliyatini kim tartibga solidi?
A) Moliya vaziri B) Mamlakat Prezidenti C) Soliq boshlig’i
15. Moliya boshqaruvining markaziy organi hisoblanadi?
A) Moliya vazirligi B) Banklar boshlig’I C) Soliq qo’mitasi
16. “G’azna iborasi”ning buzilgan shakli nima deyiladi?
A) qazna B) xazina C) tillo
17. Moliya vazirligining muhim bo’linmasi nima hisoblanadi?
A) Davlat byudjeti B) Soliq qo’mitasi C) G’aznachilik
18. “Xazina” so’zining sinonimi qaysi so’z?
A) Jamg’arish B) Qimmatli qog’oz C) Davlat byudjeti
19. Moliya tizimi nechta sohaga bo’linadi ?
A) 6 ta B) 2 ta C) 3 ta
20. Moliya vazirligi tarkibiga qanday organ kiradi?
A) Tuman va shahar moliya bo’limlari B) Viloyat moliya boshqarmalari
C) Barcha javoblar to’g’ri
21. Milliy daromad qanday taqsimlanadi?
A) Hududlar, sohalar(tarmoqlar), turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasida;
B) Hududlar o’rtasida; C) Sohalar o’rtasida
22. Takror ishlab chiqarish jarayoni qaysi bosqichlarni o’z ichiga oladi?
A) ishlab chiqarish, almashinuv, taqsimlash, iste’mol
B) ishlab chiqarish va almashinuv; C) taqsimlash, iste’mol
23. Moliyaviy siyosat bu?
A) moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui
B) markazlashgan va markazlashmagan fondlarni tashkil etish, taqsimlash va sarflash
C) davlatning vazifalari va funktsiyalarini o’zgartirish
24. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy siyosatning tarkibiy qismiga kirmaydi?
A) Pul- kredit siyosati
B) Texnologik jarayonlarni boshqarish
C) Sotsial moliyaviy siyosat
25. Kredit siyosati natijasida kreditning arzonlashuvi nimalarga olib keladi?
A) Iqtisodiyotni izdan chiqishiga
B) Byudjet daromadlarini kamayishiga
C) Takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlarining oshishiga
26. Moliya tizimining sohalarini ko’rsating
A) Davlat byudjeti, davlat krediti
B) Davlat moliyasi va mahalliy moliya, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi
C) Tijorat va notijorat korxonalari moliyasi
27. Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo’g’nilarini ko’rsating
A) Davlat byudjeti, maqsadli nobyudjet fondlar, davlat krediti
B) Davlat korxonalari moliyasi va mahalliy moliya,
C) Tijorat korxonalari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi
28. Moliya tizimining xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasiga tegishli bo’g’nilarini ko’rsating
A) Davlat moliyasi va mahalliy moliya,
B) Tijorat korxonalari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi, notijorat tashkilotlar moliyasi
C) Davlat byudjeti, davlat krediti
29. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti qanday byudjetlarni o’z ichiga oladi?
A) Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
B) Mahalliy byudjetlar va unga bo’ysunuvchi byudjetlar
C) Respublika byudjeti va unga bo’ysunuvchi byudjetlar
30. Moliyaviy oqimlarning qanday turlari mavjud?
A) Byudjetli-soliqli, tijoriy, nobyudjet moliyaviy oqimlar
B) Byudjetli va byudjetsiz oqimlar
C) Soliqli va kreditli
31. Davlatning oliy moliyaviy nazorat organi qaysi?
A) Davlat soliq qo’mitasi
B) Davlat bojxona qo’mitasi
C) Hisob palatasi
32. Byudjet nazorati moliyaviy nazoratning qanday turiga kiradi?
A) Nodavlat nazorati
B) Auditorlik nazorati
C) Davlat moliyaviy nazorati
33. Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining qaysi sohasiga mansub?
A) Sug‘urta korxonalari moliyasiga
B) Davlat moliyasi tarkibiga
C) Korxonalar moliyasiga
34. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qachon qabul qilingan?
A) 2013 yil 26 dekabrda
B) 1992 yil 29 dekabrda
C) 1999 yil 3 sentyabrda
35. Byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari - bu ….?
A) Byudjet transferti
B) Byudjet subvensiyasi
C) Byudjet dotatsiyasi
36. O‘zbekiston Respublikasi jamlanma byudjeti tarkibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari, Toshkent shahar byudjeti
B) Davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari
C) Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar
37. Davlat byudjeti loyihasi qaysi organ tomonidan qabul qilinadi?
A) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
B) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
C) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
38. Byudjet loyihasini tuzish, tasdiqlash, ijrosini tashkil qilish va ijrosi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish jarayonlari majmuasi ….. ….. hisoblanadi.
A)Byudjet jarayoni
B) Byudjet taqchilligi
C) Byudjet ssudasi
39. O‘zbekiston Respublikasida smeta xarajatlari qancha muddatga tuziladi?
A) Bir moliya yiliga
B) Ikki moliya yiliga
C) Uch moliya yiliga
40. Soliqlarning asosiy funksiyalarini ko’rsating.
A) Taqsimlash va qayta taqsimlash
B) Taqsimlash va nazorat, ogohlantirish
C) Fiskal va iqtisodiy rag‘batlantirish
41. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida byudjet daromadining asosiy manbai nima hisoblanadi?
A) Davlat mulkini sotish
B) Soliqlar
C) Soliqsiz to‘lovlar
42. Akademik litseylar, kollejlar qaysi xarajatlar tarkibida moliyalashtiriladi?
A) Ijtimoiy-madaniy
B) Maorif
C) Fan
43. Iqtisodiy mohiyati bo’yicha byudjet xarajatlari qanday turkumlarga bo’linadi?
A) Joriy va kapital xarajatlar
B)Markazlashtirilgan investitsiyalar, ijtimoiy soha xarajatlari
C) Ijtimoiy madaniy tadbirlarga xarajatlar, mudofaa, boshqarish
44. Davlat byudjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya, san’at, madaniyat, bayramlar va marosimlarni tashkil etish
B) Ijtimoiy himoya, pensiya ta’minoti, ta’lim, madaniyat, konsert-tomosha tashkilotlarini saqlash
C) Fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
45. Oliy o‘quv yurtlari xarajatlari qaysi byudjetdan moliyalashtiriladi?
A) Respublika byudjetidan
B) Maorif byudjetidan
C) Ta’lim dasturining maqsadli ajratmalari
46. Mahalliy byudjetlarga respublika byudjetidan beriladigan moliyaviy yordam turini aniqlang.
A)Byudjet subvensiyasi
B) Byudjet ajratmalari
C) Byudjet dotatsiyasi va byudjet subvensiyasi
47. Muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi - bu ….?
A) Byudjet taqchilligi
B) Byudjet profitsiti
C) Byudjet transferti
48. Davlat byudjeti taqchilligi nima?
A) Xarajatlar va daromadlarning balansliligi
B) Daromadlarning xarajatlardan oshib ketishi
C) Davlat byudjeti xarajatlarning daromadlardan oshib ketishi
49. Davlat byudjeti qanday funktsiyalarni bajaradi?
A) YaIM ni qayta taqsimlash va nazorat funktsiyalari
B) Qiymat o’lchovi va muomala vositasi funktsiyasi
C) Nazorat va vaqtincha bo’sh pul mablag’larini qayta taqsimlash funktsiyalari
50. Milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun … dan foydalaniladi.
A) Soliqlar, davlat krediti, pul emissiyasi
B) Soliqlar, soliqsiz daromadlar, tiklanmaydigan pul o’tkazmalari
C) Soliqlar va majburiy to’lovlar, subsidiyalar
51. Pensiyaning qanday ko’rinishlari mavjud?
A) Ishsizlik, xizmat qilgan yillari uchun va boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya
B) Ishsizlik va vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun pensiya
C) Qarilik, nogironlik , boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya
52. Davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’lar qaysi maqsadlarda jalb qilinadi?
A) Markazlashgan investitsiyalarni ko’paytirish uchun
B) Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini moliyalashtirish uchun
C) Ichki bozorni himoya qilish uchun
53. Davlat kreditining funktsiyalarini ko’rsating.
A) Taqsimlash, nazorat va tartibga solish
B) Tartibga solish, nazorat, tashkillashtirish
C) Nazorat, tashkillashtirish, rag’batlantirish
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |