Moliya fanining predmeti, obyekti, va boshqa fanlar bilan aloqad
Moliya fanining predmeti, obyekti, va boshqa fanlar bilan aloqadorligi
MMT-82 guruh talabasi Sobirjonov Xurshidbek
Avvalo biz MOLIYA so’ziga ta’rif berishimiz darkor hissoblanadi.
Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — M. fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish M. vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.
Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi.
Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi.
Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon boʻladi.
Moliyaning ragʻbatlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar boʻlish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablagʻ bilan taʼminlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
О‘zining lо‘g’aviy ma’nosi jihatidan “Moliya” sо‘zi “daromad” yoki “tо‘lov” degan ma’nolarni anglatadi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) nye’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub’yektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana Shu munosabatlar “Moliya” tuShunchasi orqali ifodalangan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib kyeldi – ular kо‘proq ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolavyerdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “Moliya” tuShunchasini davlat xazinasining alohidalaShuvi va Davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin.
Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uzviyligi
“MOLIYA” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kirib, u bakalavriatning barcha ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi iqtisodiy fanlar (moliya - kredit, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, sug’urta va bojxona ishi va h.k.) dan ham ozuqa oladi. U tadqiqot usullari bo’yicha boshqa ijtimoiy (falsafa, tarix, huquqshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik) fanlar bilan ham mustahkam bog’liqdir