Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə9/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Kichik biznes

Biznesning maqsadi, odatda foyda olish va uni barqaror xolga keltirish, foydani muttasil oshirib borish va boyib ketish, foyda hisobiga kapitali kupaytirishdir. Bunday foyda biznesning keyingi rivojini va ijtimoiy talablarini qondirishga qaratilgan bo’ladi. Buni quyidagi chizmadan ko’ramiz.


Ijtimoiy maqsadlar




  1. chizma. Biznesning maqsadi.

Tadbirkorning maqsadi esa yangi fikr va g’oyalarni izlash, tahlil qilish, o’zining tashabusskorlik, yaratuvchilik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o’z ishni rivojlanishida muvofaqiyatga erishishdir.
Biznesning eng asosiy jihati - bu tadbirkorlikdir. Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to’g’risida»ga O’zbekiston Respublikasi Qonunida, (14.04.1999.):
«Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) qonun xujjatlariga muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish) yo’li bilan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyatdir» deb ko’rsatilgan.
Tadbirkor” - yuridik shaxs bo’lsa ham bo’lmasa ham doimiy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxsdir (yakka tartibdagi tadbirkor)» Bunday iboralar ham tadbirkorlik va tadbirkor to’g’risida to’liq ma’lumot bermaydi, ularning mohiyatini etarli darajada yoritmaydi.
Tadbirkorlik faoliyati o’zi nima, uning o’ziga xos belgilari va uni amalga oshirishdagi muhim printsiplar qaysilar? Bu masalani V.Dolyaning lug’at kitobidagi tushuncha orqali bir muncha oydinlashtirish mumkin. «Tadbirkor degani yangi bir ishga qo’l urish, uni bajarishga kirishish, qandaydir kattaroq ishlarni amalga oshirishdir».
Tadbirkor, ya’ni o’ylab ish ko’ruvchi kishi - korxona ishini yurgizishga moyil, qobiliyatli, katta xajmdagi ishlarga qo’l uraoladigan, jasur, cho’rt kesar va bunday ishlarga botir bo’lgan kishidir».

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin