4.O’zbekistonda mikromoliyalashtirish tizimi va ularni amalga oshirish tartibi Tijorat banklarining imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishdagi faolligini oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmlarini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 11 martdagi qarori muhim rag’batlantiruvchi omil bo’ldi. Hujjatda tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan ajratilgan kreditlaridan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig’idan ozod qilingan. Mazkur qarorga asosan Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2000 yil 19 maydagi 195-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida” 2011 yil 19 martdagi qarori qabul qilindi. Unda tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi mablag’lari ustuvor ravishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, uzoq va borish qiyin bo’lgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo’lgan tumanlar va shaharlarda joylashgan ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo’jaliklarini moliyalashtirish uchun ajratilishi belgilangan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ravnaq topishi uchun tijorat banklari o’z kredit resurslarini: - investitsion maqsadlar – korxonalarni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, zamonaviy yuqori texnologiya asosida innovatsion ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda boshlang’ich kapital va aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 1,3 barobar; 26 - tadbirkorlik tuzilmalari, fermer xo’jaliklariga minitexnologiya va ixcham asbob-uskunalar xarid qilishi va ko’rsatiladigan lizing xizmatlari uchun 1,5 barobar; - iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi xo’jalik sub’ektlariga xomashyo va materiallar sotib olish, faktoring xizmatlari ko’rsatish uchun 1,2 barobar; - axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda soha vakillariga ko’rsatiladigan bank xizmatlari hajmini 1,6 barobar oshirish va h.k. O’zmilliybank ham ishlab chiqarish mikrofirmalari, tadbirkorlar, dehqon va fermer xo’jaliklariga, kichik biznesning boshqa subektlariga imtiyozli kreditlar berish uchun Imtiyozli kreditlash maxsus fondini shakllantirgan. Fond mablag’lari bank foydasining 25 foizigacha bo’lgan qismini ajratish orqali to’ldiriladi. Imtiyozli kreditlash maxsus fondi mablag’lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari Markaziy bankning amaldagi takror moliyalash stavkasining 50%dan oshmaydi. Fond mablag’lari hisobidan kreditlar berish muddatlari kreditlanadigan tadbir o’zini qanday oqlashiga bog’liq bo’ladi, xususan: – kichik va o’rta tadbirkorlik subektlariga xom ashyo va materiallar, yarim fabrikatlar va boshqa ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olishda zarur bo’ladigan oborot mablag’larini to’ldirish uchun kreditlar 1 yil muddatga beriladi; – fermer xo’jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo’jaliklariga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda kerak bo’ladigan oborot mablag’larini to’ldirish uchun kreditlar kamida 2 yilga beriladi; – kichik va xususiy tadbirkorlik sohasining barcha subektlariga, jumladan yuridik shaxs maqomini olgan fermer va dehqon xo’jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun kreditlar 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin. Qarz oluvchilarga Imtiyozli kreditlash maxsus fondi mablag’lari hisobidan kreditlar mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, quyidagilar ko’zda tutiladigan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:
– ishlab chiqarish binolarini qurish, texnik qayta qurollantirish va rekonstruktsiyalash;
– mashinalar, uskunalar, jihozlar, anjomlar, urug’lik, chorva mollari va parranda sotib olish;
– xom ashyo va materiallar, jumladan furaj, omixta em, veterinariya preparatlari, o’simliklarni himoyalashning kimyoviy vositalari, mineral o’g’itlar, yonilg’i-moylash materiallari sotib olish hamda ekin maydonlariga ishlov berish yuzasidan mexanizatsiyalashgan xizmatlar haqini to’lash. Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomini olgan fermer xo’jaliklari, kichik tadbirkorlikning boshqa subektlariga milliy valyutadagi mikrokreditlar berish shartlari qanday bo’lsa, Imtiyozli kreditlash maxsus fondi hisobidan mikrokreditlar berish shartlari ham xuddi shunday. Kichik va shaxsiy biznesni rivojlantirish uchun milliy bank quyidagi maqsadlarni ko’zlab, byudjetdan tashqari fondlarning milliy valyutadagi mablag’larini imtiyozli shartlarda jalb etmoqda:
– dehqon va fermer xo’jaliklarining o’z ishlab chiqarishlarini rivojlantirish hamda kengaytirish, jumladan qishloq xo’jaligi texnikasi sotib olish, fermerlik inshootlari qurish, qoramol, qo’zi-buzoq, parranda, furaj va omixta em, veterinariya preparatlari, o’simliklarni himoyalashning kimyoviy vositalari, mineral o’g’itlar, urug’lik, ko’chat sotib olish;
– xom ashyo va materiallarga dastlabki ishlov berish;
– kichik uskunalar, mehnat qurollari, xom ashyo, yarim fabrikatlar, furnitura sotib olish;
– xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’at buyumlari ishlab chiqarish;
– hunarmandchilikni rivojlantirish, kasana mehnatni tashkil etish;
– aholiga servis va maishiy xizmatlar ko’rsatilishini rivojlantirish;
– sog’liqni saqlash sohasini rivojlantirish;
– sayyohlik sohasini rivojlantirish;
– ixcham, lekin ko’p ish bajariladigan korxonalar tashkil etish;
– qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda chuqur qayta ishlash;
– mahalliy sanoatni rivojlantirish;
– qurilish va binokorlik materiallari sanoati;
– ko’proq qishloq joylarda eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
– xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasi bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari.
Xususiy tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes subektlari, dehqon va fermer xo’jaliklari hisoblanuvchi qarz oluvchilarga Milliy bank quyidagi kredit yo’nalishlari bo’yicha kreditlar beradi:
- ish bilan ta’minlash jamharmasi – 3 yilgacha;
- dehqon-fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi – 3 yilgacha, 6 oygacha imtiyozli davr bilan;
- “Mikrokreditbank” ATB kredit yo’nalishi – 3 yilgacha;
Byudjetdan tashqari fondlarning kredit yo’nalishlari hisobidan beriladigan mikrokreditlar bo’yicha imtiyozli foiz stavkasi kreditlanadigan investitsiya loyihalarining yo’nalishlariga qarab, quyidagi hajmlarda belgilanadi:
- dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani shakllantirish uchun – amaldagi Markaziy bank takror moliyalash savkasining 1/6 qismi;
- oilaviy tadbirkorlik subektlariga mikrokreditlar imtiyozli foiz stavkasi bilan beriladi.Bu stavka amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 1/4 qismini tashkil etadi;
- dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, qishloq xo’jaligi texnikasi sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish uchun – amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 1/3 qismi;
- xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish hamda ularni chuqur qayta ishlash, mahalliy sanoatni rivojlantirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil 29 qilish hamda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun – amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 40%;
- xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun – amaldagi Markaziy bank takror moliyalash stavkasining 45%. Byudjetdan tashqari fondlarning kredit yo’nalishlari hisobidan beriladigan kreditlar bo’yicha imtiyozli foiz stavkasi kreditlanayotgan investitsiya loyihalarining yo’nalishiga qarab, quyidagi hajmlarda belgilanadi:
– dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani shakllantirish uchun — Markaziy bank amaldagi takror moliyalash stavkasining 1/6 qismi;
– dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, qishloq xo’jaligi texnikasi sotib olish, fermerlik inshootlari qurish uchun — Markaziy bank amaldagi takror moliyalash stavkasining 1/3 qismi;
– xom ashyo va meteriallarni ishlab chiqarish hamda chuqur qayta ishlash, mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun — Markaziy bank amaldagi takror moliyalash stavkasining 40% hajmida;
– boshqa maqsadlar uchun — Markaziy bank amaldagi takror moliyalash stavkasining 45% hajmida. “Mikrokredit” – qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foizlilik, muddatlilik, qaytarilish, ta’minlanganlik va maqsadli foydalanish shartlari asosida, kredit buyurtmasi berilgan vaqtdagi eng kam ish haqi miqdorining ming baravaridan oshmaydigan hajmda, 5 yilgacha muddatga beriladigan pul mablag’lari. Yuridik shaxs maqomini olmagan tadbirkorlik subektlari bankning o’z mablag’lari hisobidan beriladigan mikrokreditlarni olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
• kredit olish uchun muayyan shaklda yozilgan buyurtmanoma;
• olinayotgan kreditdan qanday maqsadlarda foydalanilishi majburiy tartibda ko’rsatilgan hamda pul oqimi prognozining tahlili berilgan biznes-reja;
• yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo’jaligining rahbari o’z pasportini taqdim etadi. Bu pasport nusxasi kredit yig’majildiga tikib qo’yiladi; 30
• kredit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar hamda qarz so’rovchini kompleks tahlil qilish uchun zarur boshqa hujjatlar. Yuridik shaxs maqomini olgan tadbirkorlik subektlari mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
• kredit buyurtmanomasi;
• pul oqimi prognozining tahlili majburiy tartibda ko’rsatilgan biznes-reja;
• oxirgi hisobot davri uchun tuzilgan, Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan qabul qilingan buxgalteriya balansi hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma, shuningdek 90 kundan ortiq qarzdorlik bor-yo’qligini taqqoslash dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;
• kredit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar;
• yuridik shaxsning ustavi, boshqa ta’sis hujjatlari, shuningdek Qarz oluvchi, Garov qo’yuvchi, Kafil va shu kabilar vakili bo’lgan shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
• kredit o’zini oqlashi hisob-kitobini chiqarish hamda kredit berish maqsadga qanchalik muvofiqligi haqida qaror qabul qilish uchun Bankka zarur bo’ladigan boshqa qo’shimcha hujjatlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi "Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida”, PF-3619-sonli farmoniga binoan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini faqat sud orqali qo’llanish tartibi joriy etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 maydagi PF-3750-sonli farmoniga ko’ra «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etildi. «Mikrokreditbank»ga kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, fermer va dehqon xo’jaliklariga o’zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko’lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko’rsatish kabi vazifalar yuklatildi. Shuningdek «Mikrokreditbank» 2011 yilning 1 yanvarigacha:
daromad (foyda) va mulk soliqlari to’lashdan;
olib kelinadigan bank uskunalari va texnologiyalari uchun bojxona to’lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig’imlardan tashqari);
bank foydasiga undirilgan mulkni sotishda qo’shilgan qiymat solig’i to’lashdan ozod qilingan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2008 yil 10 noyabr, PF-4051sonli farmonga asosan 2008-2009 yillarda “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini 72 mlrd. so’mga ko’paytirib, uning umumiy miqdorini 150 mlrd.so’mga etkazish to’g’risida taklif berildi hamda “Mikrokreditbank” tomonidan quyidagi imtiyozlar berildi:
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar bo’yicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga tushirildi;
kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag’larini to’ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo’yicha - Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 foizidan 50 foiziga tushirildi;
kichik biznes sub’ektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari bo’yicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi. Bunda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun avval olingan mikrokreditlar va unga qo’shilgan foizlarini o’z vaqtida va to’liq qaytarib bergan tadbirkorlik sub’ektlari biznesni yanada rivojlantirish uchun keyingi mikrokreditlarni olish va “Mikrokreditbank” ATB xizmatlaridan foydalanishda ustunlik huquqiga ega bo’ladilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni tasdiqlash to’g’risida”gi PF-4010– sonli farmoniga (19.11. 2008 y.) ko’ra iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy 32 sog’lomlashtirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Ushbu farmonga asosan bankrot deb e’lon qilingan ishlab chiqarish korxonalarini auktsion va tanlov savdolarida tijorat banklariga mulk sifatida sotiladi, banklar tomonidan bankrot korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va qayta tiklash, ularni texnik va texnologik jihatdan modernizatsiyalash hamda qaytadan jihozlashni tahminlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha investitsiya majburiyatlari qabul qilinadi, shuningdek keyinchalik korxonalarni strategik investorlarga bozor qiymatida sotish mumkin.
XULOSA O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlantirish omillaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlik taraqqiyotini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu soha bozor kon’yunkturasi o’zgarishlariga tez moslasha olish, yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish, o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish kabi xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo’lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. Xozirgi zamon bankining muvaffakiyatli ishlashi takdim etilayotgan morliya xizmatining jamoat tialab ehtiyojiga kanchalik muvofik kelishiga yoki boshka banklar kursataetgan bir xil va aynan usha xizmat uchun narxlar birdek bulgan sharoitda bir bankning byuoshkasiga nisbatan nakadar rakabatbardoshligiga, ya’ni narxga nisbatan ularning kanchalik sifatli va raqobatga bardoshli bulishiga boglik. Kupchilik banklar iktisodietda etarli darajada cheklangan vazifa-depozitlariga, omonatlarni kabul kilish va kreditlar berishni bajaradi, holos deb uylaydi. Xar kanday zamonaviy bank uzining raqobatga bardoshligini saqlab qolish hamda ayni paytda xokimiyatning moliya xizmatlariga bulgan turli-tuman va tobora o’sib boruvchi ehtiyojlariga mos holda ish kurishi uchun yangi vazifalarini uzlashtirishi lozim Tijorat banklarining imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishdagi faolligini oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmlarini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 11 martdagi qarori muhim rag’batlantiruvchi omil bo’ldi. Hujjatda tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan ajratilgan kreditlaridan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig’idan ozod qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora- 67 tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-sonli qaroriga (7.02.2011 y.) ko’ra quyidagilar nazarda tutilgan: - yangi ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining 20 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratish; yangi davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar kreditlashga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’minot turlari bilan bir qatorda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 11- moddasida ko’rsatilgan vakolatlar doirasida kafilligi asosida ajratishni kengaytirish. Magistrlik dissertatsiya ishi mavzusi yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini mikromoliyalash bilan bog’liq bo’lgan quyidagi muammolar aniqlandi: - bozor infratuzilmasi, shu jumladan, mikromoliyaviy infratuzilmaning hududlar bo’yicha notyokis joylashganligi; - tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlashdagi muammolarning mavjudligi; - kichik biznes sub’ektlarini mikrokreditlash amaliyotini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarning mavjudligi; - xorijiy moliyaviy fondlar tomonidan ajratilayotgan kreditlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, jumladan tadbirkor ayollar ish faoliyatiga jalb etish jarayonlarining sustligi; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada kengaytirishda xorijiy mamlakatlar xalqaro moliya institutlari va hukumatlari imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini jalb etish imkoniyatlaridan to’liq foydalanmaslik va boshqalar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ravnaq topishi uchun tijorat banklari o’z kredit resurslarini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha takomillashtirish maqsadga muvofiqdir: - korxonalarni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, zamonaviy yuqori texnologiya asosida innovatsion ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda boshlang’ich kapital va aylanma mablag’larni to’ldirish; - tadbirkorlik tuzilmalari, fermer xo’jaliklariga minitexnologiya va ixcham asbob-uskunalar xarid qilishi va ko’rsatiladigan lizing xizmatlar xajmini oshirish; - iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi xo’jalik sub’ektlariga xomashyo va materiallar sotib olish, faktoring xizmatlari ko’rsatish hajmini oshirish; - axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda soha vakillariga ko’rsatiladigan bank xizmatlari hajmini oshirish; - “Mikrokreditbank” tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, eng avvalo xizmat ko’rsatish va servis sohasini, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ko’rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirish.