Moliya Oraliq



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#89040
moliya Oraliq



Moliyaviy yangiliklar va 
bozorning “ko’rinmas qo’li”
Talaba: Umarova Dilshoda


Moliyaviy yangiliklar qaysidir markazlashtirilgan organlar tomo-nidan
rejalashtirilmaydi, balki ayrim tadbirkorlar va firmalarning xarakatlari natijasida
yuzaga keladi. Moliyaviy sohada innovatsiya-larning yuzaga kelishiga turtki
bo‘ladigan asosiy iqtisodiy manfaatlar, to‘g‘risini aytganda, inson faoliyatining
boshqa har qanday sohasida harakat qiluvchi manfaatlardan hech qanday farq
qilmaydi. A.Smit qayd qilganidek, “Har bir individ o‘zining kapitalini eng ko‘p
foyda keltirishi uchun ishlatishga harakat qiladi. Uning niyatiga, qoidaga ko‘ra,
umumiy manfa-atlarga xizmat qilish kirmaydi, va u odatda ularni qondirishga
qanchalik yordam berayotganini bilmaydi. Uni faqat o‘zining xavfsizligi va foyda
tashvishga soladi. Biroq mutloq o‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan individ,
uning maqsadiga kirmaydigan natijaga ko‘rinmas qo‘l (invisible hand) tomonidan
yo‘llanadi. O‘z manfaatlari izidan borib, u ko‘pincha haqiqatda qilmoqchi
bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq jamiyatning rivojlanishiga samaraliroq yordam
beradi”.


Bu holatni misollar bilan izohlash uchun, yosh yigit 1965 yilda xorijga
sayohatga ketayotib tushib qolgan vaziyatidagi masalalarni hozirgi kunda
zamonaviy yosh yigit qanday hal qilish kerakligi bilan solishtiring. Bir necha o‘n
yilliklar oldin xorijdagi sayohatchiga hech kim uning tilida gapirmaydigan joyda
pul tugab qolishi mumkinligi to‘g‘risida doimo xavotirga tushishiga to‘g‘ri kelgan.
Bu holatda uyga telegramma yuborishga va o‘z mamlakatidagi bankdan mahalliy
bankka telegraf orqali pul jo‘nat-masini tashkillashtirishga urinishiga to‘g‘ri
kelgan. Bu jarayon qanchalik uzundan-uzoq va qimmat bo‘lganligini
tushuntirishning zaruriyati yo‘q. Xorijiy banklar bilan kredit liniya47larini ochish
to‘g‘risida oldindan kelishuvlar faqatgina eng boy sayohatchilar uchun mumkin
bo‘lgan. �


Bizning davrda amalda xorijda xoxlagan xaridni kredit 
kartochkasi yordamida to‘lash mumkin. VISA, MasterCard i 
American Express kabi bunday kartochkalar yer sharining
deyarli istalgan nuqtasida qabul qilinadi. Masalan,
mehmonxona nomeriga haq to‘lash uchun Siz shunchaki 
o‘z kartoch-kangizni xizmatchiga berasiz va u telefon liniyasiga
ulangan maxsus appa-ratga uni qo‘yadi.
Sanoqli soniyalarda Sizning qarzni to‘lay olish qobili-yatingiz 
(ya’ni, Sizga ushbu kartochkani bergan bank to‘lovni
kafolatlashi holati) tekshiriladi. Shundan so‘ng Sizga 
kvitansiyaga imzo qo‘yish va yana sayohatni davom
ettirish qoladi, xolos. Bundan tashqari, bu tizimda pulni yo‘qotish 
yoki uni o‘g‘irlatish to‘g‘risida xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.
Agar Siz kredit kartochkangizni topolmayotgan bo‘lsangiz,
yo‘qolgan kartochkani beruvchi bank bilan ulangan yaqinda
joylashgan istalgan bankka yo‘l olasiz. Bank uni bekor qiladi 
(undan boshqa odam foydalana olmasligi uchun) va yangisini
beradi. Ko‘p banklarda bu holatda hatto kredit
olishingiz ham mumkin.


Xalqaro sayohatlar kredit kartochkalarining joriy 
qilinishi tufayli ancha qulay va arzon bo‘lib qolganligiga
hech kimda shubha yo‘q. Ularni kashf qilish va
tarqatish millionlab odamlarga foyda keltirdi va
moliyani «demokratlashtirish»ga imkon tug‘dirdi. 
Lekin bu qanday ro‘y berdi? Quyida Sizlarga kredit 
kartochkalari misolida moliyaviy innovatsiya-larning
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ko‘rib 
chiqishni taklif etamiz.


Shuni alohida qayd etish joizki, bu jarayonda texnologiya48 eng muhim omil
hisoblanadi. Kredit kartochkalarning qo‘llanilishi faqatgina tele-fon va kompyuter
tarmoqlari, shuningdek, boshqa o‘ta murakkab telekom-munikatsiya tizimlari,
axborotga ishlov berish uchun dasturiy ta’minot yaratilishi natijasida amalga oshdi.
Biroq, kredit kartochkalari zamonaviy moliyaviy tizimning muhim qismiga
aylanishi uchun, foyda olish maqsadida yangi imkoniyatlarning doimiy qidiruvida
bo‘lgan va moliyaviy xizmatlarni taklif qiluvchi firmalar, ushbu ilgarilab ketgan
texnologiyadan foyda-lanishga tayyor bo‘lishlari lozim edi. Bu narsa, o‘z
navbatida, ikkinchi tomondan uy xo‘jaligi va boshqa firmalarga ushbu
kartochkalarni sotib olishga tayyor bo‘lishlarini taqozo etar edi.
Innovatsiyalar tarixida (moliyaviy va boshqa istalgan sohalarda) biror-bir
potensial iqtisodiy foydali g‘oyani ishlab chiqishda ko‘pincha birinchi bo‘lgan
firma bundan katta foyda olmasligi holati takrorlanib turadi. Bu kredit
kartochkalariga nisbatan ham adolatli (tegishli)dir. Xalqaro sayohatlarga kredit
kartochkasini ishlatishni taklif qilgan birinchi kompaniya Ikkinchi jahon urushi
tugashidan so‘ng darhol asos solingan Diners Club bo‘lgan. Ushbu firmaning
muvaffaqiyati boshqa ikki kompaniyani, bular American Express i Carte Blanche
edi, kredit kartoch-kalaridan foydalanishning o‘xshash dasturlarini taklif qilishga
undadi. 


Kredit kartochkalaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni taklif qiluvchi
firmalar, kartochkalarni qo‘llagan holda tovarlar sotishni amalda qo‘llayotgan
chakana savdogarlar to‘layotgan komission shaklida (qoidaga ko‘ra, xarid narxidan
ma’lum bir foiz), shuningdek, bu kartochka egalariga kreditdan foydalanganlik
uchun to‘lanadigan foiz shaklida foyda oladilar (hisobdagi qoldiq bo‘yicha).
Bunday firmalarning katta xarajatini operatsiyalarning o‘tkazilishiga sarflangan
xarajatlar, kartochkalarning o‘g‘irlanishi va ularning egalari o‘z majburiyatlarini
qoplash qobiliyatiga ega emasliklari natijasida ko‘rilgan ziyonlar tashkil etadi.
O‘tgan asrning 50-yillarida tijorat banklari birinchi bo‘lib kredit
kartochkalari bilan ishlashni sinab ko‘rishgan. O‘shanda ular o‘zlarining 
judayuqori ekspluatatsion xarajatlari sababli shu kabi xizmatlarni ko‘rsatadigan
firmalar bilan raqobatlasha olmasliklari aniqlandi. Biroq 60-yillar oxirida
kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi tufayli ushbu xarajatlar ancha kamaydi
va banklar endi bunday firmalar bilan jiddiy raqobatlasha oladigan bo‘ldi. Bizning
kunlarda kredit kartoch-kalaridan foydalanish xizmat bozorida ikkita yirik bank
tizimi: VISA va Master Card kompaniyalari yetakchilardan hisoblanadi: Diners
Club va Carte Blanche firmalarining ulushi esa sezilarli darajada qisqardi. 

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin