Moliya tizimi va moliyaviy munosabatlar
Moliya tizimi va moliyaviy munosabatlar
1
moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.
2
Davlat sarflari - bu mahsulotlar va iqtisodiy resurslami, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi *
va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o‘z
ichiga oladi.
3
Moliyaviy munosabatlar subyektlari tarkiban
murakkab bo‘lib, ularga barcha tashkilotlar, korxonalar, yuridik va
jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo moliyaviy
munosabatlar bo‘lib turadi. Bu munosabatlaming asosiylari sifatida
quyidagi munosabatlami ko‘rsatish mumkin:
- davlatlararo moliyaviy munosabatlar;
- davlat va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va korxonalar
o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o‘rtasidagi
moliyaviy munosabatlar;
- davlat va korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat va aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
-korxonalararo moliyaviy munosabatlar;
- korxonalar va banklar о‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- korxona ichidagi xo‘jalik aloqalariga xizmat qiluvchi moliyaviy
munosabatlar va boshqalar.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |