Moliya tizimi va moliyaviy
siyosat
Tayyorladi:Baxtiyorova Shahlo
1
Moliya tizimi haqida
2
Moliyaviy siyosat haqida
3
Soliq va soliq turlari
REJA:
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining
samarali amalga oshirilishi ko’p jihatdan
moliyaviy rеsurslarga bog’liq bo’ladi. Pul
vositasida takror ishlab chiqarishning bir
bosqichidan boshqasiga o’tiladi hamda muayyan
maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy fondlar
vujudga kеltiriladi. O’z navbatida bu fondlar
takror ishlab chiqarishning uzluksizligini va
kеngaytirilishini ta’minlaydi.
Yalpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan
foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli
xo’jalik yurituvchi bo’g’inlar, uy xo’jaliklari va
davlatning pul mablag’lari fondini tashkil etadi. Pul
fondlari hosil bo’lish manbalari va amal qilish tavsifi,
maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va
krеdit shakllari tusini oladi. Ushbu bobda moliyaning
mazmuni, vazifalari tizimi, uning asosiy bo’g’ini bo’lgan
davlat budjеti va budjеt mablag’larining shakllanishida
soliqlarning roli bayon etiladi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror
rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli
mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va
sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli
qatlamlari o’rtasidagi pul mablag’lari oqimining
samarali tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi.
Bunday pul oqimlari jamiyat rеal hayoti
jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar
va yuridik shaxslar o’rtasida o’zaro iqtisodiy
munosabat va aloqalarni o’rnatadi.
Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy
muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o’zining
barcha vazifalarini aynan moliya mеxanizmi orqali
amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi
farovonligining o’sishini aks ettirib, korxonalar ishlab
chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon
bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini
rag’batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini,
tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.
Moliya – iqtisodiy katеgoriya sifatida pul
mablag’laridan foydalanish va uning
harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan
munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli
darajada pul mablag’lari fondlari vujudga
kеltiriladi va ular takror ishlab chiqarish
ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni
qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya pul bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, uning
moddiy asosini pul tashkil qiladi, lеkin u pul emas yoki
pul bilan bir xil narsa tushuncha emas. Bundan
ko’rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror
ravishda amal qilishi, yuqori o’sish sur’atlarini
ta’minlash maqsadida davlat ko’plab boshqa iqtisodiy
sub’еktlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi.
Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar,
korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar
o’rtasida pul mablag’lari fondlarining harakati bilan
bog’liq holda vujudga kеluvchi iqtisodiy munosabatlar
majmui.
Soliqlar davlatning paydo bulishi bilan vujudga
kelgan.
Soliqlar
davlatning
faoliyat
ko’rsatishida moddiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Soliqlarsiz
biron-bir
davlat
faoliyat
ko’rsataolmaydi. Shuning uchun jamiyatda
Soliqlarning amal qilishi obyektiv zaruriyat
bo’lib hisoblanadi.Ma’lumki, jamiyatni tashkil
etuvchi barcha subyektlar ishlab chiqarish
soxalarida faoliyat kursata olmaydi, ularni bir
qismi ishlab chiqarish bilan shug’ullansa,
qolgan qismi esa noishlab chiqarish soxalarida
faoliyat ko’rsatadi. Ushbu soxalar bir-biri bilan
bog’liqbo’lsada,
moliyalashtirish
soxasida
ularda bog’liqlik mavjud emas.
Dostları ilə paylaş: |