Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix04.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#93032
1   2   3   4   5   6   7
Moliya TFI prezentatsiya

Moliya siyosati
Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining
muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish
maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va
ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish
buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.
Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar — aholining turli
katlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va xoʻjalikning b. sohalari,
mintakalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli
va tarkibiy qismi — davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, zayomlari, soliq
imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iktisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab
ayrim bandlar buyicha harajatlarni kupaytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat
hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat institutlari ga, iktisodiyot tarmoqlariga,
mas, harbiy harajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun harajatlarni kupaytirib
yoki kamaytirib, faol taʼsir etish mumkin. Davlat daromadlar, ularning miqdori,
soliklar tizimi orqali iktisodiy usish surʼatiga, aholi farovonligiga taʼsir koʻrsatishi,
inflyasiya jarayonlarini va h.k.ni boshqarishi mumkin.


Doimiy daromadlardan olinadigan moliyaviy resurslar yetishmagan hollarda
qarzlar qoʻllaniladi, ularning hajmi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi ham
iqtisodiyot holatiga taʼsir koʻrsatadi. Soliq imtiyozlari Moliya siyosatining muhim
usullaridan biri hisoblanadi, ularning yordami bilan davlat iqtisodiyotning muhim
tarmoqlari taraqqiyotini tezlashtirishi, aholining ayrim qatlamlari yoki toifalarining
daromadiga bilvosita taʼsir etishi mumkin. Imtiyozlar va soliqsolish boʻyicha
preferensiyalar keyingi oʻn yilliklarda taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotida
ayniqsa keng rivojlanmoqda. Mac, AQShda imtiyozlarning umumiy miqdori (yaʼni
davlatning soliqlar toʻgʻrisidagi qonunga binoan olinadigan soliqlardan maqsadli
voz kechishi) federal byudjetning yarmiga yaqinini tashkil etadi. Moliya siyosati
pul-kredit siyosati bilan qoʻshilib ketadi va oʻz tadbirlarini oʻtkazishda uning
usullaridan foydalanadi. Moliya siyosatining muhim tomoni shundaki, bu siyosat
odatda hukumat va uning qarorlarini tasdiqlaydigan davlat organlarining bevosita
tasarrufida va boshqaruvida boʻladi, pulkredit tadbirlari bilan pul hukmdorlari —
Markaziy bank tipidagi korxonlar shugʻullanadi. Makrodarajada Moliya siyosati
davlat siyosati, mikrodarajada korxona, tashkilotlar va xonadonlar Moliya
siyosatidan iborat. Moliya siyosatining tarkibiy qismi — byudjet siyosatining
maqsadi davlat harajatlarini muqim ravishda pul bilan taʼminlashdir. Buning uchun
byudjetning daromad qismi taʼminlanadi,
byudjet daromadi va harajatlari
balanslashtiriladi, byudjet taqchilligini meʼyorida (YAIMga nisbatan 3%) boʻlishiga
erishiladi.


Firmaning Moliya siyosati — bu firmaning oʻz moliya resurslarini hosil
qilish va ularni samarali ishlatishga qaratilgan choratadbirlaridir. Bundan
maqsad firmaning rentabel boʻlishi, likvidligini taʼminlash va oʻz-oʻzini
moliyalashtirishga erishishdir. Firma Moliya siyosati uning pul fondlaridan
oqilona foydalanishiga, uning qarzdorligining meʼyorida boʻlishiga, pul
mablaglarining oʻz vaqtida aylanib turishiga, moliyaviy majburiyatlarning
vaqtida bajarilishiga qaratiladi. Firma Moliya siyosatini uning egalari ishlab
chiqadi, amalga oshirilishini esa moliya menejeri taʼminlaydi. Xonadon Moliya
siyosati — uning daromadlari va harajatlarini balanslashtirish, yaʼni daromad
manbalarini topish, daromadlarni oqilona ishlatish va farovonlikni oshirishni
koʻzlaydi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin