Moliya va kredit


-mavzu. Investitsiya faoliyatini kreditlash



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə70/101
tarix07.01.2024
ölçüsü1,67 Mb.
#207029
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101
Moliya va kredit

11-mavzu. Investitsiya faoliyatini kreditlash
Reja:
11.1. Uzoq muddatli kreditlarning mohiyati va ularni rasmiylashtirish
11.2. Korxonalarning kreditga layoqatliligi, uni aniqlash ko’rsatkichlari va takomillashtirish yo’llari.
11.3. Kredit bahosi, kreditni va unga hisoblangan foizlarni so’ndirish
11.4. Uzoq muddatli kreditlardan foydalanish ustidan bank nazorati


11.1. Uzoq muddatli kreditlarning mohiyati va ularni rasmiylashtirish
Investitsiyalarni moliyalashtirishda bank krediti ishtirokini mavhum tarzda, iqtisodiyotda joriy etilgan huquqiy me’yorlar va o’tkazilayotgan investitsiya siyosatidan, investitsiya faolligi darajasi, moliyalashtirishda qo’llaniladigan mexanizmlardan, amaldagi soliqqa tortish talablaridan, kafolatlar va imtiyozlar tizimi va bank-moliya infratuzilmasining rivojlanganlik darajasidan ayri holda baholab bo’lmaydi. Iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiyalarni moliyalashtirish manbai tarzida bank kreditining roli, asosan, jamg’armalarning o’sish sur’atlari, pul, valyuta hamda kapital bozorlarining holati bilan aniqlanadi va belgilanadi. Moliyaviy vositachilikda raqobat muhitining mavjudligi va umuman Markaziy bankning pul-kredit, foiz siyosati va bank institutlari strategiyasi aniqlovchi omillar sifatida qaraladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni uzoq muddatli kreditlashni tashkil qilish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati, O’zbekiston Respublikasi “Markaziy bank to’g’risida”, "Investitsiya faoliyati to’g’risida"gi qonunlarga, Markaziy bankning “Tijorat banklarining kredit siyosatiga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida” gi Nizomi va boshqa amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Hududida banklar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini tartibga soladi. Hozirgi kunda ko’pgina tijorat banklari uzoq muddatli kreditlash jarayonini o’zlarining ichki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda mustaqil amalga oshiradilar.
Uzoq muddatli kreditlar - ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun mo’ljallangan ob’ektlarni, qurilish, rekonstruktsiya qilish, texnik qayta jihozlashga oid harajatlar bilan bog’liq kapital qo’yilmalarni moliyalash, texnika, texnologiyalar va uskunalarni harid qilish, asosiy chorva, ko’p yillik o’simliklarni shakllantirish, shuningdek, boshqa investitsiya maqsadlari uchun mo’ljallangan kreditlardir.
Uzoq muddatli kredit - 1 yildan ortiq, biroq qoplash muddatidan ortiq bo’lmagan muddatga beriladigan ssudalardir.
Uzoq muddatli kreditlar bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar — yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatga olingan, yuridik shaxsni hosil qilmagan dehqon xo’jaliklari ta’minlanadilar.
Kreditlanayotgan ob’ekt qiymatining kamida 30 % i o’z yoki boshqa xil moliyalash manbalari bilan ta’minlangan qurilish ob’ektlarini kreditlash uchun tavsiya etiladi, lekin amaliyotda muhim investitsiya loyihalari uchun istisno tariqasida bu me’yordan past bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo’yicha Moliya vazirligi kafolati ostida, shuningdek byudjetdan tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlanadigan ob’ektlar bundan mustasno.
Uzoq muddatli kreditning qaytarilishini ta’minlashning asosiy turlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • hukumat kafolatlari;

  • mol-mulk garovi;

  • banklar, boshqa kredit muassasalari va sug’urta tashkilotlarining kafolatlari;

  • uchinchi shaxslar kafilligi;

  • qonunchilikka muvofiq faoliyat yurituvchi sug’urta kompaniyalari tomonidan berilgan sug’urta polisi (guvohnomasi) bilan tasdiqlangan kreditning qarz oluvchi tomonidan sundirilmasligi (risk) xatarining sug’urta qilinishi.

Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o’z ichiga:
a) kredit olishga oid buyurtmanomaning ko’rib chiqilishi va bo’lg’usi qarz oluvchining huquqiy maqomini aniqlash maqsadida uning o’rganilishini;
b) qarz oluvchining moliyaviy holati tahlilini va kreditga baholashni;
v) kreditlanayotgan loyihaning kompleks ekspertizasining o’tkazilishini;
g) kredit shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishni oladi.
Bunda:
- (a) va (b ) bandlarida ko’rsatilgan kredit buyurtmanomasini ko’rib chiqish muddati bank qarz oluvchiga kredit buyurtmanomasiga yozma xulosa beradigan 5 bank ish kunidan oshmasligi kerak;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit so’rab taqdim etilgan hujjatlar to’plami va arizalari tuman bank bo’limlari kredit komissiyasi tomonidan arizalar kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan oshmagan, viloyat kredit komissiyasi tomonidan 15 kundan oshmagan muddatda va Markaziy idora kredit ko’mitasi tomonidan 30 kun davomida ko’rib chiqilib, kredit berish yoki bermasligi to’g’risida yozma ravishda xulosa berishlari lozim bo’ladi. (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalariga va Markaziy bankning tegishli me’yoriy xujjatlari asosida ko’rib chiqish muddati o’rnatilgan investiyiya loyihalari bundan mustasno).
Kredit shartnomasi bank bilan qarz oluvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning asosi bo’lib hisoblanadi, olingan kreditlar, komissiyalar ularga oid foizlar va penyalar bo’yicha agar shartnomaning o’zida o’zgacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, ular imzolagan vaqtdan boshlab amal qiladi.
Bank qarz oluvchi bilan kelishib, qoplash muddatlari va pul oqimlari prognozi hisobga olinadigan imtiyozli davrni belgilash huquqiga egadir va u kredit shartnomasida ta’kidlanishi kerak.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin