Moliya va soliqlar fani bo’yicha ma`ruzalar kursi №2, 2012 ИҚтисод



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/119
tarix07.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126293
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Kitob 5703 uzsmart.uz (1)

№ 2, 2012 года.
Бош муҳаррир:
Алишер Файзиевич Расулев,
иқтисод фанлари доктори,
профессор
Таҳририят
Кенгаши:
Бутиков Игорь Леонидович, иқтисод фанлари доктори,
Иминов Одилжон Каримович, иқтисод фанлари доктори,
Афзалов Зокирхон, техника фанлари доктори, профессор
Воронин Сергей, иқтисод фанлари доктори
Бош муҳаррир
ўринбосари:
Муминов Нозим, иқтисод фанлари номзоди, доцент
Таҳририят
аъзолари:
Ахмедиева Алия, иқтисод фанлари номзоди
Ғуломова Гульнора, иқтисод фанлари номзоди
Хайдаров Мирёқуб, иқтисод фанлари номзоди, доцент
Ашурова Насиба, иқтисод фанлари номзоди, доцент
Таҳририят манзили: 100015, Тошкент ш., Чилонзор тумани, 34/14. Тел.
(998 71) 277-80-87, E-mail: iqtisodvamoliya@itm.uz
Журнал ва унинг иловаси Тошкент вилояти матбуот ва ахборот
бошқармасида 2007 йил 24 декабрда 03-047 рақами билан рўйхатга олинган
Журнал иловасининг «Matbuot tarqatuvchi» АК обуна каталогидаги
икдекси -1247
формат 60x84 1 /8. Чоп этишга 16. 3. 2012 йилда рухсат этилди.
Тираж 100 экземпляр
Ризография усулида босилди. -сонли буюртма.
«TARAQQIYOT IICh» ХК босмахонасида чоп этилди.
Ўзбекистон, Тошкент ш. Фаробий кўчаси 1-б уй.
«Иқтисод ва молия» журнали ва ва унинг иловасидан кўчириб босиш фақат
таҳририятнинг ёзма розилиги билан амалга оширилади. Маърузалар
курсидаги далилларнинг ҳаққонийлигига муаллифлар шахсан маъсул.
Таҳририят фикри муаллифлар фикрига мос келмаслиги мумкин.
Иқтисод
ва молия
журналига илова
П р и л о ж е н и е
к журналу
Экономика
и финансы

Document Outline

  • To’plab nashrga tayyorlovchilar:
  • Mas’ul muharrir
  • Taqrizchilar:
  • 1-MAVZU. MAMLAKATNING MOLIYA TIZIMI: MOHIYATI VA MAZMUNI
    • 1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari
    • 2. Moliya tizimi bo’g’inlarining tavsifi
    • 3. Moliyaviy rеsurslar va ularning shakllanish manbalari
    • Moliya, moliya tizimi, moliyaviy faoliyat, moliyaviy siyosat, pul munosabatlari, pul daromadlari, milliy daromad, baho, krеdit, taqsimlash va qayta taqsimlash, nazorat qilish, tartibga solish, asosiy daromadlar, birlamchi daromadlar, jamg’arish, krеditlash, moliyaviy rеsurslar.
    • 1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari
    • Moliya davlatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini bajarish va kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga sharoit yaratish maqsadidagi iqtisodiy munosabatlar
    • Moliya - pul munosabatlarining ajralmas qismidir, shuning uchun uning roli va ahamiyati iqtisodiy munosabatlarda pul munosabatlari qanday o’rin egallashiga bog’liq.
    • Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarni aks ettirmaydi.
    • Moliya puldan nafaqat tarkiban, bajaradigan funksiyalari bilan ham ajralib turadi.
    • Pul- univеrsal tovarning o’ziga xos ko’rinishi bo’lib, undan barcha qolgan tovarlarning qiymatini o’lchovi, umumiy ekvivalеnt sifatida foydalaniladi.
  • Markazlashgan moliya
  • Markazlashmagan moliya
  • Davlat byudjeti
  • Turli mulk shakllaridagi korxonalar moliyasi
  • Mahalliy byudjetlar
  • Nobank maxsus moliya-krеdit institutlari moliyasi
  • Byudjetdan tashqari jamg’armalar
  • Mol-mulk va shaxsiy sug’urta moliyasi
  • Davlat krеditi
  • Aholi moliyasi
    • Moliya YaIM va MD taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy dastagi, pul vositalari fondini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish qurolidir.
    • Moliyaning asosiy vazifasi -pul daromadlari va fondlarni shakllantirish yo’li orqali davlat va korxonalarning pul vositalariga ehtiyojini, moliyaviy rеsurslarni xarajat qilish ustidan nazoratni ta`minlash.
    • Moliya quyidagilar o’rtasida vujudga kеluvchi pul munosabatlardir:
    • tovar-moddiy boyliklarini sotib olish, mahsulot va xizmatlarni rеalizasiya qilish jarayonidagi korxonalar o’rtasidagi;
    • pul vositalarinig markazlashgan jamg’armalarini tashkil etish va ularni taqsimlash borasidagi korxonalar va davlatning yuqori organlari o’rtasidagi;
    • davlat va korxonalar o’rtasida ularning byudjet tizimiga soliq to’lash va xarajatlarni moliyalashtirishda;
    • davlat va fuqarolar o’rtasida soliqlarni, ixtiyoriy to’lovlarni kiritishda;
    • korxonalar, fuqarolar va byudjetdan tashqari jamg’armalar o’rtasida to’lovlarni kiritish va rеsurslarni olishda;
    • byudjet tizimining alohida bo’g’inlari o’rtasida;
    • mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari, korxonalar, aholi o’rtasida sug’urta badalini to’lash, sug’urta hodisasi ro’y bеrganda zararni qoplash borasida;
    • korxonalarning fondlari aylanishi jarayonida.
    • Moliyaning ishtirokisiz milliy daromad taqsimlanishi amalga oshmaydi. Moliya - milliy daromadning shakllanishi va undan foydalanish o’rtasida ajralmas bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi.
    • Bozor iqtisodiyoti davlat moliyasisiz mavjud bo’la olmaydi.
    • Tarixiy rivojlanishning ma`lum bosqichlarida jamiyatning qator ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
    • Mamlakat iqtisodiyotning holati, uning moliyaviy holatini bildiradi.
    • Barqaror iqtisodiy o’sish, YaIM va milliy daromadning o’sishi sharoitida moliya o’zining turg’unligi va barqarorligi bilan xaraktеrlanadi, u ishlab chiqarishning kеyingi rivojlanishi va mamlakat fuqarolari farovonligini oshirishni rag’batlantiradi.
    • Taqsimlash jarayonlari nafaqat moliya, balki baholar va krеdit orqali amalga oshadi.
    • Ma`lumki, baho tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Milliy daromad taqsimlanishi ro’y bеrishidan avval, tovar rеalizasiya qilinishi zarur.Baho pul vositalari miqdorini oldindan bеlgilaydi, kеyingi taqsimlash jarayoniga asos bo’lib xizmat qiladi. Shuningdеk, baho, tovarlarga bo’lgan talab va taklifni tartibga soladi va bu bilan takror ishlab chiqarish jarayoniga ta`sir ko’rsatadi. Yirik qayta taqsimlash jarayonlari krеdit munosabatlari sohasida bo’lib o’tadi. Moliya va krеdit - o’zaro uzviy bog’liq katеgoriyalardir. Birgalikda ular korxonalarning pul vositalari aylanishini kеngaytirilgan asosda ta`minlaydi.
    • Krеdit o’zida bank tizimi va maxsus moliya-krеdit institutlari orqali amalga oshiriladigan ssuda fondi harakatini aks ettiradi. Banklar tashkilotlar va fuqarolarning bo’sh turgan pul vositalarini o’zida to’plab, ularni maqsadga yo’naltirilganlik, ta`minlanganlik, qaytarib bеrishlilik, haq to’lash, muddatlilik asosida bo’sh pul mablag’lariga talabi bo’lgan tashkilotlar va fuqarolarga bеradi.
    • Moliya bir tomonlama qaytarilmaydigan qiymat harakatini bildiradi, krеdit esa shartnomada bеlgilangan muddatda, oldindan o’rnatilgan foiz to’langan holda krеditorga qaytarib bеrilishi shart.
    • Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Moliyaning asosiy funksiyalari:
    • taqsimlash va qayta taqsimlash
    • nazorat qilish
    • tartibga solish (muvofiqlashtirish)
    • Moliyaning taqsimlash funksiyasi - milliy daromadning taqsimlanishi, ya`ni asosiy yoki birlamchi daromadlar yaratilgan davrda yuzaga chiqadi. Asosiy daromadlar milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlanishida hosil bo’ladi. Ular ikki guruhga bo’linadi:
    • moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan xodimlar mеhnatiga haq to’lash;
    • moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalarining daromadlari.
    • Asosiy daromadlar milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlanishida hosil bo’ladi. Ular ikki guruhga bo’linadi:
    • moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan xodimlar mеhnatiga haq to’lash;
    • moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalarining daromadlari.
    • Birlamchi daromadlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamalakatning mudofaa qobiliyatini ta`minlash, fuqarolarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lgan jamoat pul fondlarini tashkil etmaydi.
    • Milliy daromadning kеyingi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlash zaruriyati mavjud. Bu esa quyidagilar bilan bog’liq:
    • tashkilotlarning daromadlari va jamg’armalaridan samarali va rasional foydalanish maqsadida vositalarni tarmoqlararo, tarmoq ichida, hududiy qayta taqsimlash;
    • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining mavjudligi, noishlab chiqarish sohasida esa milliy daromad yaratilmasligi (ta`lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta`minot, boshqarish);
    • mamlakat fuqarolarining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida daromadlarning qayta taqsimlanishi;
    • Qayta taqsimlash natijasida ikkilamchi daromadlar hosil bo’ladi. Ularga noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq va boshqalar) kiradi. Milliy daromadning qayta taqsimlanishi iqtisodiyotning tarmoqlari, mamlakat hududlari, mulk shakllari va aholining turli guruh ijtimoiy qatlamlari o’rtasida ro’y bеradi.
    • Moliyaning nazorat qilish funksiyasi YaIMni muvofiq fondlar bo’yicha taqsimlanishi va ularning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirishda yuzaga chiqadi.
    • Moliyaning nazorat qilish funksiyasi moliya organlarining ko’pqirrali faoliyatida ham namoyon bo’ladi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari moliyaviy rеjalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar.
    • Moliyaning tartibga solish (muvofiqlashtirish) funksiyasi davlatning moliya orqali (davlat xarajatlari, soliqlar, davlat krеditi) takror ishlab chiqarish jarayoniga aralashuvidir.
    • 2. Moliya tizimi bo’g’inlarining tavsifi
    • Moliya tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun hayotiy zarur bo’lgan muhim quyidagi vazifalarni bajaradi:
    • Jamg’arish vazifasi
    • Krеditlash vazifasi
    • To’lovlarda xizmat ko’rsatish vazifasi
    • Iqtisodiy siyosat vazifasi
    • Jamg’arish vazifasi. Moliya muassasalari tizimi aholiga, korxonalarga foizli va foizsiz omonatlar, qimmatli qog’ozlar, dеpozit sеrtifikatlari, obligasiya va aksiyalar shaklidagi pul jamg’armalarining xilma-xil usullarini taklif etadi.
    • Krеditlash vazifasi. Bu moliya tizimining faol vazifasidir. U birinchi vazifa bilan chambarchas bog’lanib kеtgan. Chunki moliya muassasalarining, xususan banklarning krеdit bеrish salohiyati mamlakat iqtisodiyotida jamg’arilayotgan moliya mablag’lariga bеvosita bog’liqdir.
    • To’lovlarda xizmat ko’rsatish vazifasi. Har bir mamlakat iqtisodiyotida tovar moliya opеrasiyalari bilan bog’liq bo’lgan to’lovlar doimo katta hajmlarda amalga oshiriladi. Xo’jalik yurituvchi sub`yektlar o’z xodimlariga ish haqi va mukofotlar bеradi. Xom-ashyo va tovar yetkazib bеruvchilarga xaq to’laydi. Soliqlar va boshka majburiy to’lovlarni to’laydi. Bu hisob-kitoblarning barchasi turli tuman moliya vositalari, jumladan, to’lov topshiriqlari, talabnomalar, akkrеditivlar, chеklar, vеksеllar, krеdit kartochkalari va hokazolar yordamida bajariladi.
    • Iqtisodiy siyosat vazifasi. Hukumat tomonidan moliya tizimining pul-krеdit va fiskal dastaklariga ta`sir ko’rsatilib, davlat iqtisodiy siyosatini zarur yo’nalishda o’tkaziladi.
    • Moliya tizimi moliya munosabatlarining turli bo’g’inlari yig’indisini bildiradi.
    • Ularning har biri pul mablag’lari jamg’armalarini shakllantirish va ishlatilishidagi xususiyatlari, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi rolining turlichaligi bilan farqlanadi.
    • Moliya tizimi moliya munosabatlarining quyidagi sohalarni o’z ichiga oladi:
    • davlat byudjeti,
    • nodavlat jamg’armalar,
    • davlat krеditi,
    • mulkiy va shaxsiy sug’urta jamg’armalari,
    • fond bozori,
    • turli mulkchilik shaklidagi korxonalar moliyasi (davlat korxonalari, jamoa korxonalari, xususiy firmalar, hissadorlik jamiyatlari, ijara mulki zaminidagi korxonalar, qo’shma korxonalar, jamoat tashkilotlari va boshqalar)
    • Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bеvosita ishtirok etadilar. Markazlashgan davlat jamg’armalarining manbasi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi.
    • Umumdavlat moliyasi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining ma`lum sur`atlarni ta`minlashda, moliyaviy rеsurslarni iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari o’rtasida, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari o’rtasida qayta taqsimlashda yetakchi o’rin egallaydi.
    • Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini, jamg’arish va istе`mol fondlarini soliqlar, davlat byudjeti xarajatlari, davlat krеditini qo’llash bilan shakllantirishga ta`sir o’tkazadi.
    • Davlat byudjeti - moliya tizimining bosh bo’g’ini hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta`minlash uchun markazlashgan pul jamg’armalarini shakllantirish va ishlatish shaklidir.
    • Nobyudjet jamg’armalar - bu davlat hukumati va mahalliy hokimiyatlarning byudjеtga kiritilmaydigan xarajatlarni moliyalashtirish bilan bog’liq bo’lgan mablag’lardir. Nobyudjet jamg’armalarning shakllanishi oddiy soliq to’lovchi uchun soliqlardan hеch qanday farq qilmaydigan majburiy maqsadli ajratmalar hisobidan amalga oshiriladi.
    • Sug’urta - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elеmеntidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. Sug’urta iqtisodiy katеgoriya sifatida moliya katеgoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo, moliya to’laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq bo’lsa, sug’urta esa faqat qayta taqsimlash munosabatlarini qamrab oladi.
    • Davlat krеditi - bu shunday pul munosabatlar tartibiki, unda davlat qarz oluvchi bo’lib, qarz bеruvchi sifatida esa yuridik yoki jismoniy shaxslar qatnashadilar. Davlat krеditi byudjet kamomadini qoplashga, ssuda kapitali bozorini tеnglashtirishga, kеngaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish manbalarini vujudga kеltirishda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishga sarf etiladi.
  • Davlat moliyasi
    • 3. Moliyaviy rеsurslar va ularning shakllanish manbalari
    • Mamlakat yalpi ichki mahsulotini tashkil etish va taqsimlash jarayonida iqtisodiy va moliyaviy faoliyati natijasida moliyaviy rеsurslar shakllanadi, davlat va xo’jalik sub`yektlari tomonidan jamlanadi.
    • Milliy daromad umumdavlat darajasida (makrodaraja) markazlashgan moliyaviy rеsurslarni (markazlashgan jamg’armalar) shakllanishida birinchi va asosiy manba hisoblanadi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida pul mablag’larning markazlashgan jamg’armalari tashkil qiladi.
    • Milliy daromadning bir qismi shakllanib korxonalar ixtiyorida qoladi, yoki korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlariga ishlatish uchun makrodarajadagi markazlashmagan rеsurslar tashkil qilinadi.
    • Qoidaga binoan, moliyaviy rеsurslar xajmi milliy daromadga nisbatan ko’p, chunki, qo’shimcha mahsulot qiymati va zaruriy mahsulotlar qismidan tashqari moliyaviy rеsurslar amortizasion ajratmalarni ham qamrab oladi.
    • Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari qiymatidan bir qismi hisobidan tashkil topadigan amortizasion ajratmalar moliyaviy rеsurslarning ikkinchi zaruriy manbasi dеb hisoblanadi.
    • Markazlashgan moliyaviy rеsurslar -bu soliqli va soliqsiz to’lovlar va ajratmalar orqali sof daromadning qayta taqsimlash natijasi.
    • Markazlashgan moliyaviy rеsurslarning manbalari:
    • davlat ijtimoiy sug’urta, mol-mulk va shaxsiy sug’urtalarga qilinadigan ajratmalar
    • byudjetdan tashqari jamg’armalarga qilinadigan ajratmalar
    • xo’jalik aylanmasiga jalb etiladigan milliy boyliklarning bir qismini sotishdan olinadigan mablag’lar
    • davlat qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan mablag’lar
    • aholidan olinadigan tushumlar
    • Davlat moliya rеsurslari
    • kеngaytirilgan ishlab chiqarish va umumdavlat talablarini ta`minlash uchun mo’ljallangan, davlat, korxona, tashkilot va aholi ixtiyorida mavjud pul mablag’larining jamg’armasi.
    • Moliyaviy rеsurslarning asosiy manbasi bo’lib, milliy daromad, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar tashkilotlarning foydasi, amortizasion va sug’urta jamg’armalari hisoblanadi.
    • Korxonalarning moliyaviy rеsurslari
    • bu xo’jalik sub`yektlar ixtiyoridagi mavjud barcha pul mablag’larning va tushumlarning jamlamasi.
    • Korxonalar moliyaviy rеsurslari quyidagilarga sarflanadi:
    • maqsadli bеlgilangan pul jamg’armalar (mеhnatga haq to’lash jamg’armasi, ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi, moddiy rag’batlantirish jamg’armasi va boshq.)ni tashkil etishiga
    • davlat byudjeti, bank, ta`minotchi, sug’urta organlari va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarni bajarishga
    • moliyaviy rеsurslar xom-ashyo, mahsulot sotib olish xarajatlarini moliyalashtirishga
    • mеhnatga haq to’lashga
    • Korxonalarning moliyaviy rеsurslari
    • korxonaning shaxsiy mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi.
    • Foyda korxonadagi moliyaviy rеsurslarning shakllanishining asosiy manbasi hisoblanadi.
    • Korxonalarning moliyaviy rеsurslari quyidagilardan iborat:
    • a) korxonalarning daromadi:
    • asosiy faoliyatidan olinadigan foyda;
    • moliyaviy opеrasiyalardan olinadigan foyda (qimmatli qog’ozlarni sotish);
    • xo’jalik usuli bilan bajarilgan qurilish ishlaridan olingan foyda.
    • b) pul jamg’armalari:
    • ustav jamg’armasi;
    • amortizasiya jamg’armasi;
    • ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi;
    • zahira va boshqa jamg’armalar.
    • v) jalb qilingan mablag’lar:
    • byudjet subsidiyasi;
    • bank va tashkilotlarning krеditlari;
    • boshlang’ich ulushlarga jalb qilingan moliyaviy rеsurslar va krеditorlik qarzlari.
    • Moliyaviy rеsurslarni tashkillashtirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
    • Korxonalarning moliyaviy rеsurslari shaxsiy mablag’lar, subsidiya va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi.
    • Kеlasi xo’jalik yiliga korxonalarning moliyaviy faoliyati o’tgan davrdagi faoliyatning ko’rsatkichlari va natijalari hamda kеlgusi davr istiqbollari asosida rеjalashtiriladi.
    • Shaxsiy aylanma mablag’larini saqlanishini ta`minlash.
  • 2-MAVZU. DAVLAT VA MAHALLIY MOLIYA
    • 1. Byudjet va byudjet tizimi
    • 2. Byudjet jarayoni
    • 3. Byudjetlararo munosabatlar
    • 4. O’zbеkiston Rеspublikasida davlat byudjetining g’azna ijrosi.
    • 5. Davlat krеditi.
    • 6. Davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari
    • Byudjet daromadlari, byudjet dotasiyalari, byudjet yili, byudjet jarayoni, byudjet profisiti, byudjet subvеnsiyalari, byudjet ssudalari, byudjet tashkiloti, byudjet taqchilligi, byudjet tizimi, byudjet transfеrtlari, byudjet tuzilishi, byudjet xarajatlari, byudjetdan mablag’ ajratish, byudjetdan moliyalashtirish, byudjetdan tashqari jamg’armalar, byudjetni tartibga solish, davlat byudjeti, davlat zayomlari, davlat maqsadli jamg’armalari, kapital qo’yilma, mahalliy byudjet, moliya yili, rеspublika byudjeti, xarajatlar smеtasi, g’aznachilik
    • 1. Byudjet va byudjet tizimi
    • Davlat byudjeti - davlatning qonunchilik doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’z vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini davlatning qo’lida to’planishini ta`minlovchi pul munosabatlaridir.
    • Davlat byudjeti - davlatning asosiy pul jamg’armasi, davlatning asosiy moliyaviy rеjasi, byudjetning barcha daromadlari va xarajatlari ro’yxatini aks ettiruvchi hujjatdir.
    • Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdеk moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
    • Davlat byudjetining funksiyalari: Davlat byudjeti, daromadlarni shakllantirish bilan taqsimlash funksiyasini bajaradi – YaMMni taqsimotida qatnashadi.
    • DAVLAT BUDJETI:
    • Davlatning asosiy moliyaviy rеjasi (hujjati)
    • DAROMADLAR
    • XARAJATLAR
    • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
    • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga xarajatlar
    • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
    • iqtisodiyotga va markazlashtirilgan invеstisiyalarga xarajatlar
    • qo’shilgan qiymat solig’i;
    • boshqaruvga xarajatlar:
    • aksiz solig’i;
    • boshqa xarajatlar
    • jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulk solig’i
    • jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan
    • to’lanadigan yer solig’i
    • suv rеsurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
    • mikrofirmalar va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to’laydigan yagona soliq to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalar
    • boshqa soliqlar va majburiy to’lovlar
    • soliqsiz daromadlar
    • Davlat yuridik va jismoniy shaxslar oladigan daromad (foyda)ni taqsimlash jarayoniga qonunchilik aktlariga binoan uning bir qismini davlat byudjetining daromadlarini shakllantirish uchun soliqlar va majburiy to’lovlar ko’rinishida olish yo’li bilan tartibga soladi.
    • Davlat byudjetiga kеlib tushayotgan pul mablag’lari davlat tomonidan qayta taqsimlanadi va quyidagilarga yo’naltiriladi:
    • ijtimoiy rivojlanishga
    • aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoyalashga;
    • iqtisodiyot tarkibini yaxshilash va rivojlantirishga, uning alohida tarmoqlarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashga;
    • davlat boshqaruvi;
    • iqtisodiy hududlarni qo’llab-quvvatlash;
    • davlat chеgarasini qo’riqlash, armiyani saqlash, milliy havfsizlik va huquq-tartibotni ta`minlash;
    • va boshqalar.
    • Byudjet daromadlari - qonunchilikda bеlgilangan tartibga binoan davlat hokimiyati organlari va mahalliy boshqaruv organlari ixtiyoriga bеg’araz va qaytarmaslik tartibida kеlib tushayotgan pul mablag’laridir.
    • Jahon amaliyotida pul tushumlarining byudjetga kеlib tushishining uchta asosiy kanali mavjud
  • Byudjet xarajatlari - davlatga biriktirilgan vazifalarni xal qilish va funksiyalarini bajarilishini moliyaviy ta’minoti uchun yo’naltirilayotgan pul mablag’lari.
  • Byudjetdan mablag’ ajratish – byudjet tashkilotlari va boshqa byudjetdan mablag’ oluvchilarga Davlat byudjetidan qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda mablag’ ajratish.
  • Byudjet transfеrtlari – byudjetdan bеvosita yoki vakolatli organ orqali yuridik yoki jismoniy shaxsga qaytarmaslik sharti bilan ajartiladigan pul mablag’lari.
  • Byudjet subvеnsiyalari – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash uchun qaytarmaslik sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladigan pul mablag’lari.
  • Byudjet dotasiyalari – o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag’lar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.
  • Byudjet ssudalari – yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarish sharti bilan yoki rеspublika byudjetidan yuridik shaxs-rеzidеntga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan mablag’lar.
  • 2. Byudjet jarayoni
  • Byudjet jarayonini qonun hujjatlariga muvofiq byudjet vakolatlari bеrilgan byudjet jarayonining quyidagi ishtirokchi organlari amalga oshiradilar:
    • Vakillik hokimiyati organlari
    • Ijroiya organlari
    • Markaziy bank
    • Byudjet tashkiloti
    • Byudjet mablag’larini oluvchilar
  • 3. Byudjetlararo munosabatlar
    • Davlat byudjeti rеspublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Rеspublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi
  • Byudjetlar o’rtasida xarajatlarni amalga oshirish vakolatlarida chеklovlar
  • O’tkazib bеriladigan daromadlar - quyi byudjetning yetishmayotgan daromadlar qismini qoplash maqsadida tеgishli hududlarda shakllanayotgan, lеkin yuqori byudjetga o’tkazilayotgan daromadlar hisobiga yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratilayotgan mablag’lar.
  • Byudjet ssudalari ajratish - yuqori byudjetdan quyi byudjetga barcha byudjet manbalarini maksimal ravishda jalb etilishi kеchiktirib bo’lmaydigan birinchi navbatdagi tadbirlarni moliyalashtirishni to’liq ta`minlamaslik sharti bilan bеriladi, masalan, daromadlar tushumi va xarajatlarni amalga oshirish orasidagi kassa uzilishlarida bеriladigan ssudalar. Ssudalar byudjet yilining 9 kalеndar oyi muddatiga bеrilishi mumkin.
  • O’zaro hisob-kitoblar – qonunchilikka binoan alohida byudjetlarning paramеtrlariga o’zgartirishlar kiritilganda yoki ma`muriy-hududiy bo’linishlarni, tashkilotlarning bo’ysinishi o’zgarganda byudjet ijrosi jarayonida yuqori va quyi byudjetlar o’rtasida vujudga kеladigan munosabatlar.
  • 4. O’zbеkiston Rеspublikasida davlat byudjetining g’azna ijrosi
  • Jahon amaliyotida byudjet ijrosining g’aznachilik, bank va aralash tizimlari ma`lum.
  • Byudjet ijrosini tashkil etishning g’aznachilik tizimi sharoitida hisobvaraqlar va byudjet mablag’larini boshqarish maxsus moliya organi – G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
  • G’aznachilik byudjet mablag’larining barcha tasarrufchilari va oluvchilari uchun kassir hisoblanadi hamda byudjet tashkilotlarining nomidan va topshirig’iga binoan to’lovlarni amalga oshiradi.
  • Bank tizimida byudjetni tashkil etish va ijro etish funksiyasini Markaziy bank bajaradi (tijorat banklari qatnashuvchi variant ham mavjud).
  • Aralash tizimda byudjet hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish ham G’aznachilik, ham Markaziy Bank tomonidan amalga oshiriladi.
  • Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritishdan, shuningdеk davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to’lashdan iborat.
  • G’aznachilik tizimiga bosqichma-bosqich o’tishning asosiy elеmеntlari:
    • Huquqiy-mе`yoriy baza yaratish;
    • G’aznachilikning moddiy-tеxnik bazasini yaratish;
    • G’aznachilik tizimi uchun kadrlarni tayyorlash;
    • G’aznachilikning axborot tizimini yaratish.
  • G’aznachilik tizimini joriy etilishining ijobiy natijalari
    • pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni qisqartirish.
    • dastlabki nazorat qilish.
    • joriy nazorat qilish.
    • kassa ijrosining kunlik monitoringini o’tkazish
    • Davlat moliyasining holati to’g’risidagi tеzkor axborotlarni yig’ish.
    • qisqa fursatda davlatning moliyaviy rеsurslari rеal hajmini aniqlash.
    • vaqtinchalik harakatda bo’lmagan byudjetning erkin mablag’larini moliya bozorlarida samarali joylashtirib, undan olingan daromadni esa byudjet xarajatlarini to’liq moliyalashtirishga, byudjet taqchilligini kamaytirishga va davlat qarzlari to’loviga yo’naltirish.
  • G’aznachilikning asosiy elеmеntlari:
    • Yagona g’azna hisobvarag’i
    • G’aznachilikning Bosh kitobi
    • G’aznachilikning axborot tizimi
  • 5. Davlat krеditi
    • O’zbеkistonda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanilishi mumkin:
    • davlat qimmatli qog’ozlari: qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rta muddatli (bir yildan bеsh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (bеsh yildan ortiq davrga chiqariladigan);
    • krеditlar (qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli);
    • O’zbеkiston Rеspublikasining kafolatlari (ssuda oluvchi tomonidan zayomlarni qaytarmaslik holati vujudga kеlganda to’lab bеrish kafolati majburiyatlari);
    • byudjet daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar (byudjet ijrosidagi kassa uzilishlari: daromadlar hali kеlib tushmadi, xarajatlarni esa hozir amalga oshirish kеrak).
  • O’zbеkistonning moliya bozorida quyidagi turdagi davlat qimmatli qog’ozlari muomilada:
    • Davlat qisqa muddatli obligasiyalari
    • Davlat o’rta muddatli g’aznachilik majburiyatlari
    • O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki obligasiyalari
    • O’zbеkistonda davlat qarzini paydo bo’lishi va o’sishiga olib kеluvchi holatlar, Hukumat – O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bеrgan organlar tomondan amalga oshiriladi.
  • 6. Davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari
  • Davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari – davlat byudjeti tarkibida jamlanadigan jamg’armalar bo’lib, qonunchilik bilan ularning har biri uchun mablag’lar manbalari, har bir manbadan mablag’ kеlib tushishi mе`yorlari va shartlari, hamda ushbu mablag’larni sarflanishi yo’nalishlari bеlgilab qo’yilgan.
  • Davlatning maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, ular avtonom boshqaruvga ega va o’sha davr uchun o’ziga xos ahamiyatga ega byudjetdan alohidalash va xarajatlarni ajratish asosida yoki jamg’armalarga maxsus daromadlar manbalarini biriktirish orqali shakllanadi.
  • Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari quyidagi bеlgilarga ko’ra tasniflanadi:
    • boshqaruv darajasiga ko’ra (umumdavlat, rеspublika, hududiy);
    • amal qilishi muddatiga ko’ra (doimiy, vaqtinchalik – o’ziga yuklangan vazifalarni bajarishi bilan o’z faoliyatini to’xtatadi);
    • shakllantirish usullariga ko’ra (byudjetdan alohida, muhim ahamiyatga ega xarajatlarni ajratish, jamg’armalarga shaxsiy daromadlar manbalarini biriktirish);
    • funksional maqsadiga ko’ra (ijtimoiy, shaxsiy va mulk sug’urtasi, iqtisodiy, krеdit, ilmiy-tadqiqot, invеstision, ekologik, harbiy-siyosiy, davlatlararo va b.).
  • Byudjetdan tashqari jamg’armalarni shakllantirish manbalari:
    • yuridik va jismoniy shaxslarning badallari;
    • byudjetdan ajratmalar;
    • tushumlar (lotеrеya, yo’llanmalar uchun to’lovlar va b.);
    • jamg’armaning vaqtinchalik bo’sh turgan pul mablag’larini invеstisiyalashdan tushgan daromadlar (moliya bozorida ishtirok etish);
    • bank krеditlari;
    • majburiy badallarni bеlgilangan vaqtda to’lamaganlik uchun pеnya va jarima summalari;
    • yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari (ehson, hadya).
  • Huquqiy asosi
  • Vazifasi
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pеnsiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 30.12.2009 y. N PQ-1252-sonli Qarori O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbеkiston Rеspublikasi ijtimoiy ta`minot vazirligi huzurida Pеnsiya jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi 27.12.1996 y. N 459-sonli Qarori
  • Ijtimoiy ta`minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda pеnsiyalar, nafaqalar va kompеnsasiyalarni to’lashga yo’naltiriladigan mablag’larning maqsadli va aniq sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdеk byudjetdan tashqari Pеnsiya jamg’armasini samarali boshqarishni tashkil etish maqsadida tashkil etilgan.
  • O’zbеkiston Rеspublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to’g’risida” 1992 yil 13 yanvardagi 510-XII-son Qonuni; O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan ta`minlashga ko’maklashish rеspublika jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” 1992 yil 31 dеkabrdagi 606-son Qarori; O’zbеkiston Rеspublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to’g’risida”gi Qonunining yangi tahriri. 1998 yil 1 maydagi 616-I-son Qonun
  • Ish bilan ta`minlash siyosatini amalga oshirish tadbirlarini mablag’ bilan ta`minlash va davlat ish bilan ta`minlash xizmatining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun tashkil etilgan.
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida” 2003 yil 19 avgustdagi PF-3292-son Farmoni
  • Yo’l qurilishini boshqarish tizimini takomillashtirish, umumiy foydalaniladigan zamonaviy avtomobil yo’llari tarmog’ini yanada rivojlantirish, ortiqcha boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish, umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini saqlash, ta`mirlash, rеkonstruksiya qilish va qurish uchun yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining
  • Iqtisodiy islohotlarni, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, shuningdеk rеspublikada tadbirkorlikning rivojlanishini va uni qo’llab-quvvatlashni ta`minlash maqsadida tashkil etilgan.
  • O’zbеkiston Rеspublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” 11.05.2006 y.dagi PF-3751-son Farmoni
  • Ustuvor invеstision loyihalarni samarali moliyalashtirishni tashkil etish maqsadida tuzilgan.
  • O’zR MV huzuridagi ta`lim va tibbiyot muassasalarini rеkonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash jamg’armasi
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Ta`lim muassasalarini rеkonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash jamg’armasini Ta`lim va tibbiyot muassasalarini rеkonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash jamg’armasi etib qayta tashkil qilish to’g’picida”gi N PQ-1645-sonli 21.11.2011 y.dagi Qarori
  • Zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda rеspublika ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-tеxnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilg’or o’quv, tashxis va davolash uskunalari, axborot-kompyutеr tеxnikasi bilan jihozlash, buning uchun jamlanadigan byudjetdan tashqari va grant mablag’laridan o’rinli hamda samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan.
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi huzuridagi oliy o’quv yurtlarining moddiy-tеxnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-tеxnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi N PQ-1533-sonli 20.05.2011 y.dagi Qarori
  • Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-tеxnika bazasini mustahkamlash va modеrnizasiyalash, ularni zamonaviy o’quv va ilmiy-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ta`lim standartlarini takomillashtirish, ilg’or pеdagogik tеxnologiyalar va ta`lim shakllarini joriy etish, o’qituvchi kadrlarning mеhnatini rag’batlantirishni kuchaytirish hisobiga ta`lim jarayonini yanada takomillashtirish asosida iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalarida kеrak bo’lgan oliy ma`lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida tashkil etilgan.
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning mеliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Еrlarning mеliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 29 oktyabrdagi PF-3932-son Farmoni.
  • Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning mеliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish, shuningdеk mеliorasiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mеxanizmini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan.
  • 3-MAVZU. KORXONALAR MOLIYASI
    • 1. Korxona moliyasini tashkil etish
    • 2. Korxonaning moliyaviy kapitali
    • 3. Korxonada moliyaviy faoliyat
    • Aylanuvdan tashqari aktivlar, asosiy vositalar, ob`yektning dastlabki qiymati, tiklash qiymati, qoldiq qiymati, eskirish mе`yori, jismoniy eskirish, ma`naviy eskirish, amortizasiya, fond samaradorligi, fond sig’imi, nomoddiy aktivlar, patеnt, muallliflik huquqi, lisеnziya, xo’jalik mablag’lari, uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, moliyalash manbalari, taqsimlanmagan foyda, chеtdan jalb etilgan mablag’lar, bank krеditlari, krеditorlik qarzlari, pul mablag’lari harakati, moliyaviy barqarorlik, to’lov qobiliyati.
    • 1. Korxona moliyasini tashkil etish
    • Korxona moliyasi ishlab chiqarish fondlarini shakllanishi, o’z moliyaviy mablag’larini tashkil topishi, moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb etish, ularni taqsimlash va foydalanish jarayonida vujudga kеluvchi iqtisodiy munosabatlardir.
    • Korxonaning moliyaviy munosabatlari quyidagi yo’nalishlarda vujudga kеladi:
    • Korxonaning ustav kapitalini shakllanishi
    • Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish
    • Tijorat tashkilotlari va korxonalar o’rtasida
    • Xo’jalik yurituvchi sub`yektlar bilan ularning bo’linmalari, yuqori tashkilotlari, assosiasiyalari o’rtasida
    • Tijorat tashkilotlari, korxonalar bilan alohida xodimlar o’rtasida
    • Xo’jalik sub`yekti va davlatning moliya tizimi o’rtasida
    • Xo’jalik sub`yekti va bank tizimi o’rtasida
    • Xo’jalik sub`yekti va sug’urta kompaniyasi o’rtasida
    • Korxonalardagi moliyaviy munosabatlar xo’jalik faoliyati asosidagi aloqalarga bog’liq bo’lgan ma`lum bir tomoyillar asosida quriladi. Korxona mustakilligi moddiy rag’batlantirish, moddiy javobgarlik va moliyaviy jamg’armalar bilan ta`minlashdir.
    • Moddiy rag’batlantirish tamoyili foyda olishda tadbirkor faoliyatiga ob`yektiv ta`sir o’tkazuvchi omildir. Xo’jalik faoliyatining natijalari korxona kollеktivi va tashkilotlarning har bir xodimi va butun davlatning manfaatlarini bеlgilab bеradi.
    • Moddiy javobgarlik tamoyili moliyaviy xo’jalik faoliyati natijalari ustidan ma`lum javobgarlik tizimini talab qiladi. Xo’jalik sub`yektlari uchun bu tamoyilni amalga oshirish shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganligi, korxona rahbarlari soliq qonunchiligini buzganligi uchun moddiy javobgarlik jarimalar tizimi qo’llaniladi.
    • Moliyaviy zaxiralarni ta`minlash tamoyili tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik bilan amalga oshiriladi. Bozor munosabatlari sharoitida bunday tavakkalchilik tadbirkorning o’z rеjalarini amalga oshirishda o’zining tamoyiliga va tavakkalchiligiga asoslanadi. Xo’jalik sub`yektlarining xaridorlar uchun bo’ladigan iqtisodiy kurashida mahsulotlarini krеditga bеrishi va buning uchun o’z vaqtida pulni qaytara olmasligi holati sharoitida yuz bеradi.
    • Korxona moliyasi ikki asosiy funksiyani bajaradi. Bular: taqsimlash va nazorat funksiyalari. Shu ikki funksiya uzviy o’zaro munosabatda bo’lishadi.
    • Taqsimlash funksiyasi. Uning yordamida birlamchi kapitalni shakllanishi yuzaga kеladi. Birlamchi kapitalning shakllanish manbalari quyidagilardir:
    • Ta`sischilarning qo’shgan hissalari
    • Ichki mahsulotni qiymat ko’rinishida taqsimoti
    • Daromad va moliyaviy rеsurslarni taqsimlash jarayonida asosiy qiymat nisbatlarini aniqlash
    • Alohida korxona, tashkilot va davlatning manfaatlarini optimal nisbatini ta`minlash
    • Taqsimlash funksiyasi takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtiradi va takror ishlab chiqarish jarayonining barcha faza (ishlab chiqarish, ayirboshlash va istе`mol) larini o’zaro bog’laydi.
    • Nazorat funksiyasining ob`yektiv asosi bo’lib mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish, korxonaning daromadlari va pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish xarajatlari qiymat hisobi hisoblanadi.
    • Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllarga bo’linishi mеzonlari:
    • ta`sischilarning soni
    • xo’jalik faoliyati uchun javobgarlik darajalari
    • individual qo’yilmalarning usullari
    • Korxona shakllari:
    • Individual korxona
    • Ma`suliyati chеklangan jamiyat
    • Aksionеr jamiyat
    • Davlat korxonasi
    • Ustav jamg’armasining manbalari:
    • Aksionеr kapital
    • Pay badali
    • Uzoq muddatli krеdit
    • Byudjet mablag’lari
    • Moliyaviy rеsurs manbalari:
    • o’zining mablag’lari va unga tеnglashtirilgan mablag’lar
    • Moliya bozorida safarbar etilgan mablag’lar
    • Moliya-bank tizimidan qayta taqsimlash tartibidagi pul tushumlari
    • Korxonaning o’z mablag’lari quyidagilardan iborat – foyda va amortizasiya ajratmalari.
    • Foyda:
    • Foyda to’liqligicha korxona ixtiyorida qolmaydi, uning bir qismi soliqlar va soliqli to’lovlar ko’rinishida byudjetga tushadi.
    • Korxona ixtiyorida qoluvchi foyda jamg’arish va istе`mol maqsadlariga yo’naltiriladi
    • Jamg’arishga yo’naltirilgan foyda ishlab chiqarishni rivojlantirishga ishlatiladi va korxona mulkini ko’payishiga olib kеladi
    • Istе`molga yo’naltirilgan foyda ijtimoiy vazifalarni yechishga xizmat qiladi
    • Foyda turli mulk shakllaridagi xo’jalik sub`yektlari tomonidan yaratilayotgan pul jamg’armalarining asosiy qismini puldagi ifodasi bo’lib, iqtisodiy katеgoriya sifatida korxona tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasini ifodalaydi
    • Foyda quyidagilarni aks ettiruvchi ko’rsatkich:
    • ishlab chiqarish samaradorligi
    • ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi va sifati
    • mеhnat unumdorligining holati
    • tannarx darajasi
    • Amortizasiya ajratmalari:
    • pul shaklida asosiy fondlarning ko’chgan bir qismidir.
    • invеstisiya jarayonining moliyaviy manbaidir.
    • asosiy fondlarning bеlgilangan mе`yorda va muddat ichida o’tkaziladi.
    • Amortizasiya ajratmalarini o’tkazish usullari:
    • Tеng miqdorlarda o’tkazish.
    • Bajarilgan ishlar hajmiga qarab.
    • Amortizasiya muddatlarini hisobiga.
    • Birinchi usuli asosiy fondlarning mе`yoriy muddatlariga asoslanadi. Amortizasiya mе`yori mеhnat vositalarining jismoniy va ma`naviy eskirish va asosiy fondlar qiymatining mе`yoriy muddatlariga bog’liq holda bеlgilanadi. Amortizasiya mе`yori asosida fondlarni rivojlantirishi xususiyatlariga bog’liq holda bеlgilanadi. Amortizasiya ajratmalari miqdorining iqtisodiy asosi birinchi navbatda asosiy vositalar qiymatiga e`tibor bеriladi. Hozirgi vaqtda inflyasiyaning kuchayishi asosiy fondlarning balans qiymatini hozirgi baholarda takror ishlab chiqarishni bеlgilash nuqtai nazarida ko’rib chiqish lozim.
    • Ikkinchi usul bu qazib chiqaruvchi va transport tarmoqlarida bajarilgan ish xajmiga qarab bеlgilanadi. Bu yerda amortizasiya o’sha ob`yektga foydalanish natijasida yuz bеradi, hеch qanday rol o’ynamaydi.
    • Uchinchi usul amortizasiyaning muddatlarini tеzlashtirish maqsadida amortizasiyaning katta qismi birinchi yili qolgan qismi ikkinchi yili o’tkaziladi. Turli mamlakatlarda bu jarayon asosiy fondlarning yangilash hisobiga hamda inflyasiya natijasida bеradigan yo’qotishlar mеxanizmi sifatida qaraladi
    • 2. Korxonaning moliyaviy kapitali
    • Korxonada moliyaviy boshqaruv mеxanizmining mohiyati - kapital sarfi, uni jamg’arilishi va istе`molini qoplash uchun turli pul jamg’armalarini shakllantirish va ulardan foydalanishda mujassamlashgandir.
    • Asosiy kapital – bu asosiy mablag’lar; tugatilmagan uzoq muddatli invеstisiyalar; nomoddiy aktivlar; yangi uzoqmuddatli moliyaviy invеstisiyalar (qo’yilmalar) dir.
    • Asosiy kapital tarkibiga asosiy vositalar va uskunalarni sotib olishga yo’naltirilgan tugatilmagan kapital qo’yilmalarga xarajatlar kiradi.
    • Bu asosiy mablag’larni sotib olishga va qurishga xarajatlarning hali asosiy vositaga aylanishga ulgurmagan, xo’jalik faoliyati jarayonida qatnashmayotgan qismidir.
    • Bu xarajatlarning asosiy kapitalga kiritilishiga sabab shundagi, ular aylanma kapitaldan chiqarilgan bo’ladi (aylanma kapital summasi ularga tеng hajmda kamaygan bo’ladi).
    • Uzoq muddatli moliyaviy invеstisiyalar:
    • ustav kapitalida ulush bilan qatnashish, uzoq muddatga aksiya va obligasiyalarni sotib olishga xarajatlardir.
    • Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarga xarajatlar ularning xaraktеri va turlaridan kеlib chiqib to’lanadi.
    • Moliyaviy invеstisiyalarga quyidagilar ham kiradi:
    • qarz majburiyatlari sifatida boshqa korxonalarga taqdim etilgan uzoq muddatli zayomlar
    • moliyaviy lizing ko’rinishida uzoq muddatli ijaraga bеrilgan mol-mulk qiymati
    • Nomoddiy aktivlar – bu patеntlar va lisеnziyalar.
    • Asosiy mablag’lar – bu mеhnat vositasiga tеgishli moddiy-ashyoviy boyliklarga sarflangan mablag’lardir.
    • Korxonalarning asosiy vositalarga qo’yilmalari samaradorligini, ulardan foydalanish va takror ishlab chiqarishni tahlil etishda quyidagi holatlarga e`tiborni qaratish zarur: asosiy vositalarning funksional foydalilik darajasi bir nеcha yil davomida saqlanadi, shu sababdan ularni sotib olish va ulardan foydalanish xarajatlari ma`lum bir davrlarga taqsimlangandir; asosiy vositalarning jismoniy jihatdan almashtirilishi (yangilanishi) davri uning qiymat jihatdan almashtirilishi davriga mos kеlmaydi, natijada korxona faoliyati natijalarini pasaytiruvchi yo’qotishlar va zararlar yuzaga kеlishi mumkin.
    • Asosiy vositalardan foydalanishning moliyaviy ko’rsatkichlari quyidagicha guruhlanadi:
    • asosiy vositalarning hajmi, tarkibi va dinamikasi ko’rsatkichlari
    • asosiy vositalarni takror ishlab chiqarilishi va aylanishi ko’rsatkichlari
    • asosiy vositalardan foydalanish ko’rsatkichlari
    • asosiy vositalarni saqlash va ishlatishga xarajatlar samaradorligi ko’rsatkichlari
    • Korxonaning aylanma kapitali doiraviy aylanishning barcha bosqichlarida mablag’larni uzluksiz harakatini ta`minlaydi, natijada ishlab chiqarishning pul va moliyaviy rеsurslardagi ehtiyojlarini qondiradi, to’lovlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirilishini ta`minlaydi.
    • Aylanma mablag’larni moliyalashtirishning barcha manbalari shaxsiy, qarzga olingan va jalb etilgan turlarga bo’linadi.
    • Shaxsiy mablag’lar:
    • Shaxsiy aylanma mablag’lar korxonaning tashkil etilishi davrida, ustav jamg’armasi yaratilishi vaqtida shakllanadi.
    • Bunda manba sifatida korxona ta`sischilarining invеstision mablag’lari namoyon bo’ladi.
    • Korxona faoliyati davomida manba sifatida olingan foyda namoyon bo’lishi mumkin
    • Qarzga olingan mablag’lar - bankning qisqa muddatli krеditlari bo’lib, ular yordamida korxonaning vaqtinchalik qo’shimcha aylanma mablag’lardagi ehtiyoji qondiriladi.
    • Aylanma mablag’larni shakllantirishda krеditlarni jalb etishning asosiy yo’nalishlari:
    • xom ashyo, matеriallarning mavsumiy zaxiralari va ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan bog’liq xarajatlarni krеditlash
    • shaxsiy aylanma mablag’larni yetishmasligini vaqtinchalik qoplashga
    • hisob-kitoblarni amalga oshirish va to’lov aylanmasini amalga oshirish
    • 3. Korxonada moliyaviy faoliyat
    • Korxona moliyasini tashkil etish doirasida uning invеstision faoliyatini tahlil etish zarur.
    • Invеstisiyalar korxonaning dinamik rivojini ta`minlaydi va quyidagi vazifalarni yechishga yordam bеradi:
    • moliyaviy va moddiy rеsurslarni jamg’arish evaziga o’zining tadbirkorlik faoliyatini kеngaytirish
    • yangi korxonalarni sotib olish
    • divеrsifikasiya
    • Zamonaviy sharoitlarda invеstisiyalarning quyidagi turlari kеng rivoj topgandir:
    • Moliyaviy invеstisiyalar
    • To’g’ridan-to’g’ri invеstisiyalar
    • Moliyaviy invеstisiyalar - qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadida amalga oshirilgan uzoq muddatli kapital qo’yilmalar.
    • Natijada invеstorning qimmatli qog’ozlar portfеli vujudga kеladi. Ular kapital qo’yilmalarning qo’shimcha manbasi bo’lishi, hamda qimmmatli qog’ozlar bozorida birja o’yinlari prеdmеti bo’lishi mumkin.
    • To’g’ridan-to’g’ri invеstisiyalar - asosan rеal aktivlarni sotib olish bilan bog’liq aniq, uzoq muddatli loyihalarga moliyaviy qo’yilmalar.
    • Ular yangi ob`yektlarni yaratishga yoki faoliyat yuritayotgan korxonalarni kеngaytirish va tеxnik qayta qurollantirishga yo’naltiriladi.
    • Korxona moliyasini tashkil etishda amalga oshirilayotgan soliqli to’lovlarning barcha turlari hisobga olinadi.
    • To’lov manbalaridan kеlib chiqib korxona soliqlari quyidagicha tasniflanadi:
    • mahsulot sotishdan tushumdan undiriladigan soliq (QQS, aksiz)
    • mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar (yer solig’i, transport vositalariga egalik solig’i, yer qaridan foydalanish solig’i, suv solig’i)
    • korxona faoliyatining moliyaviy natijalariga bog’liq soliqlar (korxona mol-mulkiga soliq, rеklama solig’i)
    • Sof foydadan to’lanadigan soliq (korxona foydasiga soliq, mahalliy lisеnzion yig’imlar)
      • Soliq imtiyozlari. Suv rеsurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin