Moliya va soliqlar


Pulli kapital daromadlaridan olinadigan soliq



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə180/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214
Moliya va soliqlar

Pulli kapital daromadlaridan olinadigan soliq dividendlar, aksiya va obligatsiyalarning foizlari, bankdagi omonatlar bo‘yicha foizlar, zayomlar bo‘yicha yutuqlar va boshqa shunga o‘xshash bir necha daromadlardan olinadi. Avstriya, Kanada, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda amal qiladi. Pulli kapitalning egasiga daromad berilayotgan paytda soliq ushlab qolinadi. Soliqning stavkasi 20%dan 40%gacha tebranadi.
Progressiv soliq – soliqqa tortish bazasining oshishi bilan soliq stavkasining ko‘tarilishi xarakterlidir. Progressiv soliqlarning orasida eng ko‘p uchraydigani daromad solig‘idir.
Progressiv soliqqa tortish – soliqqa tortiladigan summaning o‘sishiga mos ravishda soliq stavkasi ham ortadigan soliqqa tortish tizimi. Ular quyidagi shakllarda mavjud bo‘ladi: 1) oddiy progressiya – daromadning barcha summasi uchun soliqning stavkasi daromadning o‘sishiga muvofiq o‘sadi (ortadi); 2) murakkab progressiya – daromad qismlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘z stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi. Daromadning har bir keyingi qismi uchun soliqning stavkasi oldingisiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Proportsional soliq – soliq shaklida olinishi mumkin bo‘lgan summa soliqqa tortish bazasining o‘lchamiga (miqdoriga, hajmiga) proportsionaldir. Bu soliq yagona stavkali soliqlar jumlasiga kiradi.
Proportsional soliqqa tortish – soliqning stavkasi soliq to‘lovchi daromadining hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda uning daromadiga nisbatan foizda o‘rnatiladi.
Preferentsiya – investitsion va innovatsion xarajatlarni moliyalashtirish uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko‘rinishida belgilangan (o‘rnatilgan) imtiyoz, afzallik.
Respublika byudjeti – Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin