1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagicha aniqlanadi: QQs = Tsq x Ss, yoki
QQs = (Tsq + As) x Ss, bu yerda:
QQs – iste’molchilardan undiriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
Tsq – tovarlaning sotish qiymati;
Ss – qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi;
As – aksiz solig‘i summasi (aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar uchun).
2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxlar va ta’riflar bo‘yicha sotilganda soliq quyidagicha aniqlanadi: QQs = Tsq x Ss / (Ss + 100), bu yerda:
Tsq – qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati.
3. Import qilinayotgan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiquyidagicha aniqlanadi:
QQs = (Tbq + Bb) x Ss, yoki
QQs = (Tbq + As + Bb) x Ss, bu yerda:
Tbq – tovarlaning bojxona qiymati;
Bb – bojxona boji;
As – aksiz solig‘i summasi (aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar uchun).
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini soliq hisobotini topshirgan kundan kechiktirmay tegishli davrdagi haqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to‘laydi. Agar korxona hisoblangan soliq summasini budjetga o‘z vaqtida o‘tkazib bermasa, bunday holatda davlat soliq idoralari mas’ul xodimlari tomonidan hisoblangan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kun uchun ecnfvf foiz miqdorida penya (moliyaviy jazo) qo‘llanilishiga olib keladi.
2020 yil 1 yanvardan amal qilayotgan Soliq Kodeksiga muvofiq, O‘zbekistondagi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun, shu jumladan soliq solishning alohida tartibi o‘rnatilgan korxonalari hamda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod bo‘lgan korxonalar ham tovarlarni sotganda, ish va xizmatlar ko‘rsatganda hisobvaraq-fakturani electron tartibda to‘ldirishi qonun asosida shart qilib belgilandi.