Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə134/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   214
Moliya va soliqlar

Soliq stavkalari
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalari 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda, meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa — 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi:
yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar egallagan yerlar;
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘l stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar band etgan yerlar;
samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davrida;
konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar — ularning konservatsiyasi davrida.
Ushbu moddaning uchinchi qismi yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo‘lgan bonitent balidan kelib chiqkan holda to‘lanadi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati bo‘yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to‘lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan soliq stavkalarining ikki baravari miqdorida to‘lanadi.
Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin hamda ushbu Kodeksning 428-moddasida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi.
Kalendar yil soliq davridir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.02.00 Er solig‘i / 07.11.02.04 Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi]
Soliq har bir soliq davrining 1-yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 10-yanvariga qadar;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 1-mayiga qadar.
Soliq to‘lovchilar soliqni aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlari bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi.
Kodeks 426-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlar joylashgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining 10-yanvariga qadar mazkur obyektlarning joylashgan yeri bo‘yicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan yer uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida, har chorak birinchi oyining 10-kunigacha;
aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-kunigacha.
Soliq davri davomida soliq to‘lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etiladi.
Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin