Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə156/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214
Moliya va soliqlar

Realizatsiya qilish - sotish, ayirboshlash, beg‘araz berish maqsadida tovarlarni jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek garovga qo‘yilgan tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish. Іisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‘natilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir;
Royalti - quyidagilar uchun har qanday turdagi to‘lovlar:

  • fan, adabiyot va san'at asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, audiovizual asarlardan hamda turdosh huquqlar ob’yektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik uchun;

  • sanoat mulki ob’yektiga, tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki jarayonga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi patentdan (guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun;

Savdo faoliyati - qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat;
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi - soliq solishning ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi;
Soliq qarzi - soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi, shu jumladan Soliq kodeksida belgilangan muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar;
Sof tushum - tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda aksiz solig‘i summalarini kiritmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum;

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin