Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə60/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   214
Moliya va soliqlar

Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra Davlat budjetining xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga bo‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Budjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimony jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarining boshqa bir qismi esa, butun jamiyatning ehtiyojlarini kondirishga mo‘ljallangan. Bu yerda Davlat budjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to‘liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa, qisman (nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, budjet mablag‘larining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o‘rtasidagi farqlarni qoplash, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Davlat budjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy iqtisodiet (xo‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq ravishda budjet xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif. sog‘likni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimony himoya va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h. k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin. Budjet xarajatlari millny iqtisodiyot (xo‘jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishda o‘zgartiradi.
Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi budjet mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishlok xo‘jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta ko‘lamlarda budjetdan moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti. Ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda Davlat budjetining barcha xara-jatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
- ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
- milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
- mudofaa xarajatlari:
- boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari o‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni budjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o‘zida aks ettirib, bu guruhdagi budjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo‘l ochib beradi.
Milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) budjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xo‘jalnk yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko‘lamlarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda Davlat budjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o‘rinni egallaydi.
Davlat budjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi bilan bog‘liqdir. Budjet mablag‘lari hisobidan Qurolli kuchlarning barcha turlari moliyalashtiriladi. Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga oshirilishi, uning xo‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi Davlat budjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlarning qilinishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.Davlat budjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to‘rtta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar ular o‘zlarining ma’lum konkret maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha ham bir necha qismlarga bo‘linadi. Bu qismlar Davlat budjeti xarajatlarining konkret turlaridan tarkib topadi. Kapital quyilmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar, budjet ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy ta’mirlash, kanselyariya va xo‘jalik xarajatlarini Davlat budjeti xarajatlarining konkret turlari sifatida ko‘rsatish mumkin. Budjet xarajatlarining ma’lum konkret maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanishi budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, budjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin