Moliyaboz p65



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.09.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#149944
1   2   3   4   5   6
Moliya-bozori

N
i
N
i
Pq
P
q
bu yerda, 
P
1
– mazkur turdagi aksiya bilan so‘mlarda tuzilgan
i
– bitimning narxi; 
q
1
– ushbu turdagi aksiyalar bilan sonlarda
tuzilgan 

– bitimning hajmi; 
N
– savdo kunining boshidan indeks
hisoblanguniga qadar tuzilgan bitimlar soni.
Indeks hisob-kitob bazasiga barcha bitimlar bo‘yicha hamma
turdagi aksiyalarning o‘rtacha chamalangan narxi – 
Pb
1999-yil
31-dekabrda savdo sessiyasidagi aksiyalar ma’lumotlari bo‘yicha
aksiyalar hajmi va soni hamda tuzilgan bitimlar narxidan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqarildi va 708,5 so‘mga teng deb qabul
qilinadi. O‘lchov bandlarining sonini ko‘rsatadigan tuzatish koef-
fitsiyenti hisob-kitoblar qulay bo‘lishi uchun 100 bandga teng
deb qabul qilinadi. «Toshkent» RFB Rasmiy yig‘ma indeksi savdo
kuni tugayotgan yilda belgilangan indeks ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Indeks hisob-kitob bazasini shakllantirish va o‘zgartirish to‘g‘-
risidagi qaror «Toshkent» RFB Boshqaruvi tomonidan birja rasmiy
ro‘yxatiga yangi emitent kiritilayotganida qabul qilinadi. Indeks
hisob-kitob bazasiga faqat oddiy va imtiyozli aksiyalar kiritilishi
mumkin. Indeks hisob-kitob bazasini o‘zgartirish indeksni hisoblash
usuli o‘zgartirilganda yoki birja rasmiy ro‘yxatiga yirik emitentning
qimmatli qog‘ozlari kiritilgan yilda amalga oshiriladi. «Tasiks»ning
barcha o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumot birja axborot tizimi
axborot terminallarida aks ettiriladi va manfaatdor shaxslarga
yetkaziladi.
10.3. Qimmatli qog‘ozlar reytingi
Qimmatli qog‘ozlar reytingi deganda, mustaqil tashkilotlar
tomonidan qimmatli qog‘ozlarning sifatini tavsiflaydigan qiyosiy
baholash darajasini belgilash tushuniladi. Odatda, eng yuqori sifatli
qimmatli qog‘ozlar 
A
harfi (simvoli) bilan, o‘rtacha yuqori sifat-
lilari – 
B
, eng past sifatlilari esa – 

va 

harflari bilan belgilanadi.


178
Qimmatli qog‘ozlarning dastlabki reytingi 1909-yili amerikalik
Djon (Jon) Mudi tomonidan chop etilgan, u o‘sha yilda qimmatli
qog‘ozlarga investitsiya qilishning potensial imkoniyatlarini tadqiq
etgan bo‘lib, mashhur reyting kompaniyalaridan biri uning nomi
bilan 
«Moody’s Investors Services Inc.»
deb atalgan.
Hozirda AQSH qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari komissiyasi
to‘rtta reyting kompaniyasini, xususan, 
«Moody’s Investors
Services», «Standard & Poor’s Corporation»

«Fitch Publishing
Company» 
va
«Duff & Phelps»
kompaniyalarini tan oladi. To‘rtala
kompaniya obligatsiyalar reytingiga ixtisoslashmoqda, 
«Standard
& Poor’s Corporation»
kompaniyasi esa, bundan tashqari, ak-
siyalar reytingini ham amalga oshiradi.
Qayd etish lozimki, reytinglar berilishi, tabiiyki, ko‘pgina
kompaniyalarda, reyting yuqori bo‘lmagani tufayli, salbiy fikrni
yuzaga keltiradi.
Indeks; Dou-Jons indeksi; birja indeksi; narxli indeks; tasiks indeks.
1. Indekslarni hisoblashning qanday usullarini bilasiz?
2. Indekslarning mohiyatini tushuntiring.
3. «Toshkent» RFB indeksini hisoblash mexanizimi.
4. Qimmatli qog‘ozlar reytingi qanday mezonlar asosida aniqlanadi?
5. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan qanday reyting kompaniyalarini
bilasiz?
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
?
NAZORAT SAVOLLARI


179
11-bob.
MOLIYA BOZORINI MUVOFIQLASHTIRISH
VA NAZORAT QILISH ASOSLARI
11.1. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga
solish mexanizmi va jahon amaliyoti
Agar AQSH kabi mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozori
haqidagi qonun hujjatlarining vujudga kelishi jarayoniga ommaviy
mojarolar, nayrangbozlik va tovlamachiliklar jiddiy ta’sir ko‘rsatgan
bo‘lib, hozirgi vaqtda fond bozorining davlat tomonidan tartibga
solinishi parlamentning ushbu bozor ishtirokchilari tomonidan
yo‘l qo‘yilgan suiiste’molliklarga munosabati sifatida shakllangan
bo‘lsa, O‘zbekistonda esa ushbu jarayonlar rejali ravishda, hukumat
hamda bozor munosabatlarining manfaatdor ishtirokchilari tashab-
busi bilan, boshqa mamlakatlar tajribalarini inobatga olib, ularning
tavsiyalaridan foydalangan holda fond bozorini tartibga solishni
tashkil etishning o‘z modeliga ega bo‘lish bilan rivojlandi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga
solinishi zarurati qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishining tarixi
shundan guvohlik beradiki, qimmatli qog‘ozlar bilan savdo
qilishning me’yoriy jarayoni faqat yo fond bozori ishtirokchilarining
o‘zlari tomonidan, yoki davlat tomonidan belgilangan aniq
qoidalar mavjud bo‘lgan, shuningdek, ularga rioya etilishi doimiy
ravishda nazorat qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Amaliyotda ushbu shartlarga rioya etmaganlik makro va mikro
darajadagi jiddiy oqibatlarga, ba’zan umumiqtisodiy tanglikka o‘sib
boruvchi global moliyaviy fojialarga olib kelganligiga misollar juda
ko‘p. Tarixiy nom chiqargan AQSHning Nyu-York fond birjasidagi
1929-yilgi «qora qush» deb nomlangan kuzgi tanglik va yaqindagina
(1998-yil 17-avgust) Rossiya qimmatli qog‘ozlar bozoridagi muvaf-
faqiyatsizlik bunga yaqqol misol bo‘ladi. Ushbu voqealar, so‘zsiz,
fond bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi mexanizmining
samarasizligi oqibatida sodir bo‘ldi.


180
Qimmatli qog‘ozlarning bir maromda va xatarsiz muomalada
bo‘lishi uchun mazkur sohaga oid qonuniy me’yorlarni barpo etish
hamda ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishni, oddiy
fuqarodan tortib, to davlat organlarigacha qimmatli qog‘ozlar
bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan qonunchilikka rioya
etilishini nazorat qilishni o‘zida uyg‘unlashtiruvchi tizim zarur. Tizim
sarmoyadorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga va saqlashga
yo‘naltirilishi lozim, chunki aynan ular qimmatli qog‘ozlar bozori
ishtirokchilarining ichida eng zaif hamda ko‘p sonli unsur hisob-
lanishadi. Ushbu tizimda tanglik holatini sog‘lomlashtirishga yoki
fond bozori ishtirokchilarining turli qatlamlari o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabatlar tizimida sodir bo‘ladigan nomutanosibliklarni, fond
bozori va bozor iqtisodiyotining boshqa sektorlarining o‘zaro alo-
qalari sohasidagi kelishmovchiliklarni qidirib topish, qimmatli
qog‘ozlar bozoriga tuzatib bo‘lmaydigan zararlar keltirishga, mav-
jud barqarorlikni buzishga qodir bo‘lgan omillarni o‘rganishga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar qo‘llanishiga alohida o‘rin berilishi
kerak.
Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad,
qimmatli qog‘ozlarning bir maromda va xatarsiz muomalada
bo‘lishi, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi orqali iqtisodiyotga inves-
titsiya qilish uchun sharoitlar yaratish, investitsiyani amalga oshi-
rishda sarmoyadorlar tomonidan mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni
eng kam holatga keltirish, savdolar tashkilotchilari va fond bozo-
rining professional ishtirokchilarining barqaror ishlashini ta’min-
lashdir. Fond bozorida barqarorlikka erishgan holda, davlat bu bilan
iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartibga solishi, pul mablag‘larining bir
tarmoqdan boshqasiga oqib kelishi uchun sharoit yaratadi, shu tariqa
xalq xo‘jaligi mustahkamlanadi (qimmatli qog‘ozlar bozorining
bir maromda faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiyotga samarali ta’sir ko‘r-
satadi).
Rivojlangan mamlakatlarning tajribalari shundan dalolat ber-
moqdaki, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish nuqtayi
nazaridan tartibga solishni davlat va professional (ya’ni maxsus tashkil
etilgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchi-
larining tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan) bo‘laklarga
bo‘lish eng maqsadga muvofiq usul sanaladi. Bunday taqsimotga


181
muvofiq, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning bir necha
asosiy modellari mavjud.
Birinchi model
qimmatli qog‘ozlar bozorining asosan davlat
idoralari tomonidan tartibga solinishini va bunday tartibga solish
bo‘yicha vakolatlarning kichik qismini o‘zini o‘zi tartibga soluvchi
tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi (Fransiya).
Ikkinchi model,
aksincha, fond bozorini tartibga solish bo‘yicha
mavqelarning eng katta hajmini o‘zini o‘zi tartibga soluvchi
tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi, bunda davlat faqat asosiy
nazorat qilish vakolatlarini saqlab qoladi (Buyuk Britaniya).
Ko‘pchilik hollarda esa birinchi va ikkinchi modellarning
uyg‘unlashuvi ko‘zga tashlanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini
tartibga solish jarayonida davlat quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
• 
qonun chiqarish vazifasi (qimmatli qog‘ozlar bozorini
rivojlantirish konsepsiyasini, uni amalga oshirish dasturini ishlab
chiqish, dasturni boshqarish) – fond bozoridagi munosabatlar
rivojlanishining maqsadi va asosiy yo‘nalishlarini belgilash,
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi munosabatlarning tamoyillariga,
bozor infratuzilmalarining faoliyat ko‘rsatishiga, professional
ishtirokchilar hamda savdolar tashkilotchilarining maqomiga,
sarmoyadorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga taalluqli
asosiy (fundamental) huquqiy me’yorlarni belgilash va qimmatli
qog‘ozlar bozoridagi munosabatlarning rivojlanish monitoringini
amalga oshirish;
• 
resurslar (davlat va xususiy resurslar)ni qimmatli qog‘ozlar
bozorini tashkil etish maqsadlari uchun to‘plash;
• 
davlat eng yirik
emitent va sarmoyador hisoblanadi; u qimmatli
qog‘ozlar bozorining vositalaridan makroiqtisodiy siyosatni amalga
oshirishda foydalanadi (ochiq bozordagi operatsiyalar);
• 
«o‘yin qoidalari»ni belgilash (emitentlarga, sarmoyadorlarga,
professionallarga qo‘yiladigan talablar, operatsiya va hisob
andozalarini tasdiqlash);
• 
bozorning moliyaviy barqarorligi va xavfsizligini nazorat qilish
(bozorga kirishni qayd etish va nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlarni
ro‘yxatga olish, investitsiya muassasalarining moliyaviy ahvolini
nazorat qilish, huquqiy va axloqiy me’yorlarga rioya etilishini nazorat
qilish, jazolar qo‘llash);


182
• 
fond bozori ishtirokchilarini mazkur bozorning ahvolidan
xabardor qilish, emitentlar, sarmoyadorlar, investitsiya muassa-
salari, fond birjalari va shu kabilar tomonidan axborotning oshkor
etilishini ta’minlash, yo‘qotishlardan sug‘urtalash (shu jumladan,
investitsiyalarni sug‘urtalashning davlat yoki aralash sxemalari);
• 
fond bozorida sarmoyadorlarning huquq va qonuniy manfaat-
larini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kiritish, shu jumladan,
emissiyalarni ro‘yxatga olish, chet el qimmatli qog‘ozlarining milliy
bozorlarda muomalada bo‘lishiga ruxsat berish, emitentlar va
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining faoliya-
tini nazorat qilish, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘ri-
sida qonun hujjatlarini qabul qilish.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga
solinishi vakolatli organlar tomonidan quyidagi yo‘llar bilan amalga
oshiriladi:
• 
qimmatli qog‘ozlar va emissiya risolasini ro‘yxatga olish,
emitentlar tomonidan ularda ko‘zda tutilgan shartlar hamda majbu-
riyatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
• 
emitentlar va bozor ishtirokchilari tomonidan qimmatli
qog‘ozlar haqidagi axborotning oshkor etilishini ta’minlash;
• 
mutaxassislarni shahodatlashdan o‘tkazish, investitsiya muas-
sasalariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini nazorat qilish;
• 
sarmoyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqa
ishtirokchilarining shikoyatlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha
xulosalar chiqarish, bozor ishtirokchilari tomonidan bajarilishi
lozim bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish;
• 
oldi-sotdilarning birja va birjadan tashqari bitimlariga ruxsat
etilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tuziladigan bitimlarni,
shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni sovg‘a qilish, meros qoldirish,
ularni ustav fondiga o‘tkazish hamda mulkdorning o‘zgarishiga
olib keluvchi boshqa harakatlarni tartibga solish. Masalan, bitimni
tuzish sanasi va qimmatli qog‘ozlar narxini to‘lash o‘rtasidagi
davr besh bank ish kunidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Agar u
ushbu muddatdan oshib ketsa, bitim haqiqiy emas, deb hisob-
lanadi, bu esa xaridorning javobgarligini keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan
tartibga solinishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilar


183
hisoblanadi: Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar
bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi,
Moliya vazirligi, Markaziy bank. Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga
oshiriladigan operatsiyalarni soliqqa tortish bilan bog‘liq me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqishda Davlat soliq qo‘mitasi ham ishtirok
etadi. Adliya vazirligining roli ham alohida, u mazkur sohaga oid
ishlab chiqilgan va ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan u yoki bu
me’yoriy hujjatlarning amaldagi qonunchilikka mos kelishini
ekspertizadan o‘tkazadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga
solishning eng muhim usullaridan biri – bu qimmatli qog‘ozlarni
muomalaga chiqarishda ularning ro‘yxatdan o‘tkazilishi hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar harakatining ushbu bosqichida tartibga soluvchi
organ qimmatli qog‘ozlar emissiyasi aniq investitsion loyiha ostida
amalga oshirilayotganligiga, sarmoyadorlarning mablag‘lari sama-
rali, oldindan ishlab chiqilgan biznes-rejaga muvofiq sarflanishiga
va keyin foyda keltirishiga ishonch hosil qilishi kerak. Aynan
emissiyani ro‘yxatga olish chog‘ida tartibga soluvchi organ
tovlamachilikning oldini olish maqsadida emitentning faoliyatini
oldindan nazorat qiladi.
Investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqini
beruvchi litsenziyani olishning majburiy sharti – bu qimmatli
qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organi tomonidan
belgilangan o‘z mablag‘larining va qimmatli qog‘ozlar bilan
xatarlarni chegaralovchi boshqa ko‘rsatkichlarning yetarliligiga oid
majburiy iqtisodiy me’yorlarga rioya etish, shuningdek, qimmatli
qog‘ozlar bozori muassasasining shtatida maxsus o‘quv kursini
tugatgan va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish uchun
mas’ul bo‘lgan organning malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan
shaxsning bo‘lishidir.
Rivojlangan bozorlarda keng qo‘llaniladigan va MDH mamla-
katlarida ham qo‘llana boshlangan professional nazorat qimmatli
qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining notijorat professional tashkilot-
lari tomonidan amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori
ishtirokchilarining o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlari fond
bozorining professional ishtirokchilari – brokerlar, dilerlarning
notijorat birlashmasi hisoblanadi. Bunday tashkilotlar dastlab fond


184
boyliklari bilan savdo qiluvchilarning manfaatlarini namoyon qilish
va himoyalash maqsadida barpo etildi. Uning shakllaridan biri fond
birjasidir. O‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarning roli asta-
sekin o‘sib bordi. XX asrning 30-yillaridan boshlab, birjadan tashqari
fond bozorining ishtirokchilarini birlashtiruvchi o‘zini o‘zi tartibga
soluvchi tashkilotlar paydo bo‘ldi.
Hozirgi kunda o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar quyidagi
vazifalarni bajarmoqda:
• 
nomzodlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida u yoki bu turdagi
professional faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan malaka
talablariga mos kelishini aniqlash;
• 
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarini o‘qi-
tishni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
• 
tegishli fond birjalarida va qimmatli qog‘ozlarning uyushgan
birjadan tashqari bozorlarida bitimlarning amalga oshirilishi
qoidalarini belgilash;
• 
o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar a’zolarining o‘rtasidagi
kelishmovchiliklarni ajrim qilish shaklida hal etish;
• 
o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar a’zolarining faoliyatini
nazorat qilish, bunday tashkilotlarning qoidalarini buzgan shaxs-
larga nisbatan intizomiy jazolar qo‘llash.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha vazifalar o‘zini o‘zi tartibga
soluvchi tashkilotlar tomonidan faqat qonun hujjatlarining tegishli
qoidalari asosida va ular doirasida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va muomala
jarayonida qimmatli qog‘ozlar bilan turli fuqarolik-huquqiy bitim-
larni amalga oshirish, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlarni so‘n-
dirish chog‘ida yuzaga keladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar
davlat tomonidan tartibga solinishi lozim. Shuningdek, investitsiya
shartnomalarini tuzishda yuzaga keladigan mulkiy huquqlar ham
u tomonidan tartibga solinadi. Ushbu huquqlar asosida sarmoya-
dorlar o‘z mablag‘larini qo‘yilgan mablag‘lardan foydalanishdan
yoki berilgan qarz mablag‘larining mukofotlar bilan qaytarilishidan
sof daromad olish shartlarida sarflaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozo-
rining ishtirokchilari – emitentlar, sarmoyadorlar, investitsiya
muassasalari va shu kabilar fuqarolik-huquqiy munosabatlarning
subyektlari sifatida ko‘rib chiqiladi.


185
Qimmatli qog‘ozlar bozorida davlatning ishtiroki qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni tartibga solish orqali ham namoyon
bo‘ladi. Masalan, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi narx-navo,
mulkdor, daromadlilik darajasining o‘zgarishi, shuningdek, ular
bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq har bir operatsiya
qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi zarur.
11.2. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga
soluvchi organlarning tarkibi
Fond bozorini tartibga solish jarayonida mazkur mamlakatda
fond bozorini tartibga solish vakolatiga ega bo‘lgan va qimmatli
qog‘ozlar bozorining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat
qilish bo‘yicha javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan organ yoki organ-
larning zimmasiga yuklatilgan.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida davlat nazorati vakolatlangan
davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. MDHning turli
mamlakatlarida bunday organlarning maqomi va vazifasi turlicha.
Qator mamlakatlarda (Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston) ushbu
organlar barpo etilish jarayonida va o‘z vazifalarini amalga oshirishda
hukumatdan mustaqildirlar. Boshqa mamlakatlarda bunday
tashkilotlar hukumatning yoki ayrim hukumat muassasalarining
tarkibida faoliyat ko‘rsatadi. Ayrim mamlakatlarda mazkur organ-
larning maqomini aniq belgilab berish masalasi oxirigacha hal
etilmagan (Ukraina) yoki bunday organlar umuman tashkil etil-
magan (Armaniston).
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning jahon tajribasi
shundan dalolat bermoqdaki, qimmatli qog‘ozlarning milliy bozori
yetarli darajada rivojlanishiga erishilganda, qimmatli qog‘ozlar
bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi vazifasini ijroiya
hokimiyati tarkibiga kirmaydigan va hukumatdan mustaqil ravishda
qaror qabul qiluvchi maxsus vakolatlangan davlat organi amalga
oshirishi maqsadga muvofiqdir. Bunday mustaqillikning zarurati
shu bilan shartlanganki, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida bir
yilning o‘zida davlat qimmatli qog‘ozlarining emitenti, sarmoyador
(ya’ni milliy va xorijiy kompaniyalar aksiyalari yirik paketlarining
egasi) va qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyatni amalga oshirish


186
qoidalarini belgilovchi (bu qoidalar bozorning barcha ishtirokchilari
uchun teng imkoniyatlarni belgilab berishi lozim) tartibga soluvchi
subyekt sifatida xolisona ishtirok etadi.
Davlat hukumat orqali emitent hamda sarmoyador sifatida
ishtirok etgani bois, u o‘z faoliyatini boshqa (nodavlat) subyektlar
bilan teng huquqlilik asosda amalga oshirishi lozim. Shuning uchun
qimmatli qog‘ozlar bozorining hukumat tarkibiga kirmaydigan va
unga hisobot bermaydigan maxsus vakolatlangan organ tomonidan
tartibga solinishi manfaatlar o‘rtasidagi nizolardan ma’lum darajada
kafolat hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillari boshida qimmatli
qog‘ozlar bozorini tartibga solish masalalari bilan Moliya vazirligi
qoshidagi maxsus boshqarma shug‘ullandi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1995-yil 7-sentabrdagi Farmoniga muvofiq davlat
boshqaruvi turli organlari (Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya
vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi), fond birjasi, investitsiya muassa-
salarining vakillaridan tarkib topgan 17 kishidan iborat qimmatli
qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha Davlat komissiyasi tashkil etildi.
Komissiya respublikaning har bir viloyatida o‘z bo‘linmasiga ega
bo‘ldi. Komissiya fond bozorini tartibga solish sohasidagi qonun
loyihalarini ishlab chiqish, qimmatli qog‘ozlar nashrlarini ro‘yxatga
olish, emitentlar faoliyatini nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlar
bozorining professional ishtirokchilariga litsenziyalar berish va ular
faoliyatini nazorat qilish ishlarini amalga oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 26-martdagi
Farmoniga muvofiq, yuqorida qayd etilgan komissiyaning negizida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qoshidagi Qim-
matli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat
qilish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz) tuzildi. U viloyatlarda
Davlat mulki qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tarkibida o‘zining
hududiy bo‘limlariga ega. Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• 
qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish,
nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga
oshirish;
• 
respublikada ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar nashrlari
va fond bozori ishtirokchilarining yagona reyestrini yuritish, qimmatli


187
qog‘ozlar bozorining tuzilmasi, uning rivojlanishi haqidagi ma’lu-
motlar bazasini barpo etish, qimmatli qog‘ozlar muomalasini
tartibga solish, hisobga olish va hisobotlarni tashkil qilish;
• 
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining barcha
davlat organlari va subyektlar tomonidan bajarilishini ta’minlash
hamda uni nazorat qilish;
• 
respublika va xorijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlarini chiqarish
hamda ularning milliy va xalqaro bozorlarda samarali muomalada
bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlovchi me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish;
• 
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi
sarmoyadorlar — yuridik hamda jismoniy shaxslarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish;
• 
sarmoyadorlar va jamoatchilikni qimmatli qog‘ozlar bozo-
rining ahvoli hamda uning ishtirokchilari to‘g‘risida keng xabardor
qilish;
• 
qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini
tashkil qilishda ishtirok etish;
• 
vazirliklar, idoralar, mahalliy boshqaruv idoralari, qimmatli
qog‘ozlar bozorining professional va noprofessional ishtirokchilari
faoliyatlarini muvofiqlashtirish.
Markazga bosh direktor yetakchilik qiladi. U o‘z lavozimiga
ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi raisining
o‘rinbosari hisoblanadi. Bosh direktorning ikki o‘rinbosari hukumat
tomonidan tayinlanadi. Markaz viloyatlarda o‘z bo‘limlariga ega
bo‘lib, bu bo‘limlar ham Davlat mulki qo‘mitasining hududiy
bo‘linmalariga bo‘ysunadi. Bo‘limlarning rahbarlari Markaz bosh
direktorining roziligi bilan Davlat mulki qo‘mitasining hududiy
bo‘linmalari tomonidan tayinlanadi. Davlat mulki qo‘mitasi
huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish
va nazorat qilish markazi xodimlarining umumiy soni 180 kishini,
shu jumladan, Markaz apparati xodimlarining soni 45 nafarni
tashkil qiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va
nazorat qilish markazi qimmatli qog‘ozlar nashrlarini, emitentlar,
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy
emitentlar qimmatli qog‘ozlarining emissiya risolalarini ro‘yxatga


188
oladi. U O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar
nashrlarining yagona davlat reyestrini yuritadi, emitentlarning fao-
liyatini nazorat qiladi, axborot tizimini yaratish, qimmatli qog‘oz-
lar bilan ishlashni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora-
tadbirlarini amalga oshiradi, emitentlar tomonidan axborotning
to‘liq oshkor etilishini nazorat qiladi, aksiyadorlik jamiyatlarini
boshqarishga doir sarmoyadorlarning huquq va manfaatlarini
himoyalash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Muvofiqlashtirish; o‘zini o‘zi muvofiqlashtirish; makroregulator; indikativ
usul; administrativ usul; iqtisodiy tartiblashtirish; tartibga soluvchi institutlar.
1. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish mexanizmi
qanday?
2. Moliya bozorini tartibga solish institutlari tarkibini ko‘rsating.
3. Moliya bozorini tartibga solishda davlat institutlarining o‘rni.
4. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organlarning vazifalari.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
?
NAZORAT SAVOLLARI


189
12-bob.
MOLIYA BOZORIDA INVESTITSIYALAR
HARAKATI VA ULARNING
SAMARADORLIGINI BAHOLASH
12.1. Moliya bozori orqali investitsiyalar harakatini
tashkil etish va investitsiya jarayoni
Moliya bozori 
— moliyaviy resurslarni taklif qiluvchilarni va
ularga ehtiyoj sezayotganlar, odatda, fond birjalariga o‘xshash
vositachilar yordamida bitim tuzish uchun birlashtirish mexa-
nizmidir. Aksiyalar bozori, obligatsiyalar bozori, auksionlar
bozori kabi moliyaviy bozorlarni qator tarkibiy qismlarga ajratish
mumkin. Ularning umumiy xususiyati, moliyaviy vosita bahosini
turli holatlarda — talab va taklifning muvozanat nuqtasini topish-
likdadir.
Daromadlilik, tavakkalchilik, inflatsiyalar, dunyodagi turli
vaziyatlar haqida yangi axborotlarning e’lon qilinishi tufayli talab
va taklif nisbatining o‘zgarishi yangi muvozanatni yoki yangi bo-
zor bahosining o‘rnatilishiga olib keladi.
Investitsiya jarayoni
— pul taklif qiluvchilar (vaqtincha bo‘sh
mablag‘larga ega bo‘lganlar)ni pul talab qilayotganlar (ularga ehtiyoj
sezayotganlar) bilan uchrashtirish mexanizmidir. Ikkala tomon,
odatda, moliyaviy institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar.
Ayrim vaqtda, xususan, mulkiy qiymatlar (masalan, ko‘chmas
mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita
muomalaga kirishadilar.
Moliyaviy institutlar 
— masalan, banklar va ssuda omonat
assotsiatsiyalari, odatda, omonatlarni qabul qiladilar va keyin pulni
kreditga beradilar yoki boshqa pul bilan mablag‘larni investitsiya-
laydilar.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil
qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda guruhlashtiriladi.


190
Birinchidan
, qo‘yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va
moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini
korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Investitsiyalarning hududlararo va tarmoqlararo tarkibi esa
ularning nisbiy jihatdan hududlar va tarmoqlar bo‘yicha taqsimotini
bildiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy
qismini xususiy investitsiyalar tashkil etadi.
Davlat sektorida real investitsiyalar sarfi muhim ahamiyatga
ega. Iqtisodiy muvofiqlashtirish siyosati asosida kreditlar, subsidiya-
lar ajratiladi, davlat kapital qo‘yilmalari muvozanatlashtiriladi va
real investitsiyalar o‘zlashtiriladi.
Davlat tomonidan o‘zlashtiriladigan investitsiyalar, dastlabki
bozor infratarkibini va u bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni ri-
vojlantirishga sarflanadi. Investitsiyalar samaradorligini oshirish
asosiy kapitalning aktiv elementlarini vujudga keltirish va o‘stirish
hisobiga amalga oshiriladi.
Real investitsiyalarni tavsifnomalash, ularning hajmi va daromad
me’yorlari asosida olib boriladi. Investitsiyalar hajmi o‘zlash-
tiriladigan qo‘yilmalar qiymatini ifodalaydi, investitsiyalar miq-
dori esa ularning hajmini YMMga yoki YIMga bo‘lgan nisbatini
ifodalaydi. Inflatsiya yuqori va chuqurlashgan davrda esa aytilgan
ko‘rsatkichlarga uning ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ladi. Investitsiya
me’yori ishlab chiqarilgan YIM yoki YMM qanchalik kapital
sig‘imkorligini, ya’ni qay darajada kapital xarajatlarining talab
qilinishini bildiradi. Jamg‘arish samarasi kapital sig‘imkorligining
o‘sishi koeffitsiyentlari asosida aniqlanadi.
Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to‘lov va moliyaviy maj-
buriyatlarning barcha turlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi, moliya-
viy aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vosita-
larning eng muhimlari qimmatli qog‘ozlardir: 
ulushli 
(aksiyalar)
va 
qarz 
(obligatsiyalar). Real investitsiyalardan farqli o‘laroq,
moliyaviy investitsiyalarni ko‘proq portfel investitsiyalar deb
atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi bo‘lib
moliyaviy aktivlarning mukammal yig‘masini (investitsiyalar
portfelini) shakllantirish va qimmatbaho qog‘ozlar bilan amalga
oshiriladigan turli operatsiyalarni boshqarish hisoblanadi.


191
Moliyaviy investitsiyalar
shaxsiy kompaniyalar va davlat idora-
lari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalarga, obligatsiyalarga
va boshqa qimmatli qog‘ozlarga hamda bank depozitlariga, uzoq
muddatga jalb qilinadigan qo‘yilmalardir. Moliyaviy investitsiya-
larning asosiy qismi, kapitalning noishlab chiqarish sohasiga
sarflanishini bildiradi. Moliyaviy investitsiyalar aksariyat holatlarda
real investitsiyalarning manbayi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratuzilmasi tarkibi
rivojlangan mamlakatlarda, qimmatli qog‘ozlar bozori orqali kapi-
talning sohalar bo‘yicha taqsimlanishida muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan davlatlarda ko‘proq tarqalgan. Rivojlangan mamlakatlar-
ning moliyaviy investitsiyalarining tarkibida asosiy o‘rinni xususiy
investitsiyalar tashkil qiladi.
Xususiy investitsiyalar,
tadbirkorlar, xususiy firmalar, kon-
sernlar va aksiyador tashkilotlar tomonidan taqiqlanmagan fao-
liyatlarga sarflanadigan mulkdorlik va intellektual boyliklarni
anglatadi. Yetuk qimmatli qog‘ozlar bozori mavjud bo‘lgan
mamlakatlarda xususiy investitsiyalarning ko‘pgina qismi maxsus
investitsiya fondlari tomonidan sarflanadi. Xorijiy investitsiya-
larning moliyaviy shakli (portfel investitsiyalar) milliy iqtisodiyotda
istiqbolli korxonalarni aniqlash va keng miqyosda investitsiya-
lashni amalga oshirishga asos bo‘la oladi.
Ikkinchidan,
investitsiyada qatnashish xarakteriga ko‘ra, be-
vosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar
investorning o‘z moliyaviy mablag‘larini joylashtirish obyektini
tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari,
investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga
oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to‘plangan mablag‘larni sa-
marali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel inves-
titsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli
qog‘ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan,
investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa
muddatli (bir yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli
(bir yildan oshiq muddatga beriladi) bo‘ladi. Masalan, oddiy
aksiyalar umuman biron-bir muddat bilan cheklanmaydi. Depozit
sertifikati olti oy muddatga beriladi, bu — qisqa muddatli
qo‘yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilgacha qaytarish muddati
bilan uzoq muddatli qo‘yilmalar vositasidir. Lekin uzoq muddatli


192
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan,
olti oy o‘tgandan so‘ng, investor uzoq muddatli vositani qisqa
muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko‘pincha inves-
torlar ana shunday vositalarni tanlaydilar va o‘z pullarini qisqa
muddatlarga qo‘yishni xohlaydilar. Yaqin olti oy mobaynida inves-
torga kerak bo‘lmaydigan summaga, u olti oylik muddatga ega bo‘l-
gan depozit sertifikati sotib olishi mumkin: qirq yoshga to‘lgan
investor pensiyaga chiqquncha, pul yig‘ish uchun biron-bir kom-
paniyaning obligatsiyasini 20 yilga sotib olishi mumkin. Odatda,
uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo‘yilmalar shaklida na-
moyon bo‘ladi.
Òo‘rtinchidan, 
mulk shakllaridan kelib chiqib, investitsiyalar
xususiy, davlat, qo‘shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy
investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning
mablag‘larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo‘yilishini ang-
latadi. Davlat investitsiyalari davlat budjeti va davlat korxonalari-
ning mablag‘larini joylashtirish orqali namoyon bo‘ladi.
Beshinchidan,
hududiy joylashtirilish bo‘yicha investitsiyalar
ichki va tashqi investitsiyalarga bo‘linadi.
Oltinchidan,
investitsiyalar tavakkallik darajasi bo‘yicha yuqori
tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya
sohasida tavakkallik deganda, investitsiyalarga mutlaq yoxud nis-
biy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo‘ladi, boshqacha
aytganda, «tavakkallik» atamasi kutilmagan natija olish imko-
niyatini anglatadi.
Qo‘yilma mablag‘lariga foydaning mutlaq yoxud nisbiy miq-
dorlarining yoyilishi qanchalik keng bo‘lsa, tavakkallik shunchalik
katta bo‘ladi va aksincha. Yakka investor eng kam tavakkalchilikka
ega bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlardan tortib, eng yuqori ta-
vakkalli tovarlargacha bo‘lgan vositalarni keng tanlash imkoniyatiga
ega. Kapitalni joylashtirishning har bir tipi tavakkalning ta’rifidir,
ammo har bir muayyan holatda tavakkallik o‘sha vositaning aniq
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Masalan, obligatsiyalarga qaraganda aksiyalarga qo‘yilmalar
yuqori tavakkallik bilan bog‘liq ekanligi ma’lum, shu bilan birga
yirik kompaniyalar aksiyalariga qo‘yilmalar kiritilishiga qaraganda
yuqori tavakkallik obligatsiyalarni topish ham qiyin emas. Albatta,
tavakkallik ko‘p hollarda emitentning, vositachining yoki muayyan


193
moliyaviy vositalar sotuvchisining sofdilligiga bog‘liq. Past ta-
vakkallik investitsiyalar muayyan daromad olishning xavfsiz vo-
sitasi hisoblanadi.
Investorlar 
o‘z mablag‘i yoki jalb qilingan mablag‘ yordamida
kapital qo‘yilmalarni amalga oshiradi. Yuridik va jismoniy shaxslar
yoki ularning birlashmasi, davlat organlari va chet ellik yuridik va
jismoniy shaxslar investor bo‘lishlari mumkin.
Investitsiyalarni jalb etish va sarflash sohalariga asoslanib inves-
titsiya faoliyati obyektlari turkumini tuzish mumkin.
Investitsiya faoliyati obyektlari turkumi investitsiyalarning
sarflanish sohalariga binoan quyidagi 10-chizmada ko‘rsatilgan.
Insestitsiya faoliyati obyektlarini turkumlash
Moliyaviy investitsiyalar
obyektlari
Real investitsiyalar
obyektlari
Davlat va boshqa mulk egalari
tomonidan chiqariladigan
aksiyalar, obligatsiyalar va
qimmatli qog‘ozlar
Davlat va boshqa aksiyador-
banklariga qo‘yiladigan
maqsadli jamg‘armalar
Bank depozitlari va boshqa
mulkchilik obyektlari
Turli shakldagi mulkchilikka
ega bo‘lish huquqlari
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida
yangidan yaratiladigan va
modernizatsiyalashtiriladigan asosiy
fondlar va aylanma vositalari
Fan-texnika mahsulotlari, kashfiyot,
ixtirolar, izlanishlar, ta’minot,
kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash
G‘oyalar, intellektual boyliklar,
mualliflik huquqlari (nou-xau),
tajriba o‘rganish va almashish
Yer, tabiiy resurslar va boshqa
mulkchilik obyektlariga ega
bo‘lish va foydalanish
huquqlari
10-chizma. 
Investitsiya faoliyati obyektlarini turkumlash.


194
Investitsiya faoliyatida sohalardan birini yoki bir nechtasini
tanlab olish huquqiga investorlarning o‘zlari ega bo‘lishadi. Ularni
hech kim soha yoki investitsiya obyektlarni tanlashga majbur eta
olmaydi. U yoki bu sohani tanlashda va investitsiyalarni ma’lum
bir sohaga sarflashdagi qarorlarni investorlarning o‘zlari qabul
qiladilar.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ular fuqarolarni
va huquqiy shaxslarni o‘z xohishlari bilan shartnomalar asosida
jalb qiladilar. Investitsiyaning obyekti bo‘lib, mablag‘larni, ya’ni
qonun doirasidagi barcha boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar
tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amalda faoliyat ko‘rsa-
tayotgan korxonalar, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari, intel-
lektual mulk va boshqalar bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonunida (6-modda) investitsiya faoliyati obyektlariga quyidagi
ta’rif berilgan: «Moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish
obyektlari investitsiya faoliyatining obyektlaridir».
Investitsiya subyekti bo‘lib, investitsiya faoliyatini amalga
oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy
davlatlar, xalqaro moliya institutlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi
korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan,
chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi mumkin.
Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq, buyurtmachi (mablag‘
kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo‘lishlari, shuningdek, inves-
titsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi bo‘lishlari
mumkin.
Qonunlarga tayangan holda shartnomalar asosida inves-
titsiyalarga ega bo‘lish, ulardan foydalanish va ushbu faoliyat
natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishni investorlar, boshqa
fuqaro va huquqiy shaxslar zimmasiga topshirish to‘g‘risida
qarorlar qabul qilishlari ham mumkin. Bunday hollarda majbu-
riyat garovi sifatida (investorning majburiyatini ta’minlash) in-
vestorning mulki qabul qilinadi. Garovga faqat qarzga oluvchi-
ning shaxsiy mulki yoki to‘la xo‘jalik olib borish huquqiga ega
bo‘lgan mulk qo‘yiladi.


195
Investorlar investitsiya natijalariga, investitsiya obyektlariga ega
bo‘lish, foydalanish, farmoyish chiqarish va reinvestorlash huquq-
lariga egadir.
Investitsiya faoliyatidagi jarayonda subyektlar o‘rtasida
bo‘ladigan munosabatlar shartnomalar asosida muvofiqlashtiriladi.
Shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni aniq-
lash va boshqa xo‘jalik munosabatlarini o‘rganish, ular qabul
qilingan qonunlarga zid bo‘lmasa, faqat investitsiya faoliyati
subyektlari zimmasida bo‘ladi. Har ikki tomonning kelishuviga
binoan, shartnomalar investitsiya faoliyatining umumiy muddatiga
tuziladi.
Kapitalning o‘sish manbasi, investitsiyalash maqsadida amalga
oshirilayotgan loyihalardan olinadigan daromaddir.
Amaliyotda investitsiyalarning samaradorligini (
IS
) aniqlash
uchun foyda massasining (
F
) investitsiya xarajatlariga (
IX
) bo‘lgan
nisbati foiz ko‘rinishida olinadi:
IS=F/IX·100
.
Investitsiya xarajatlarini foyda bilan solishtirish jarayoni doimiy
ravishda, investitsiyalash amalga oshgunga qadar, investitsiyalash
davrida va investitsiyalashdan so‘ng davom etadi.
11-chizmada investitsiya jarayonini aks ettiruvchilar keltirilgan.
Chizmadan ko‘rinishicha, pul resurslarini taklif qilayotgan shaxslar
unga ehtiyoj sezayotganlarga moliyaviy institutlar, moliyaviy
bozorlar orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri berishi mumkin. Moliyaviy
institutlar moliyaviy bozorda talab tomonida va taklif tomonida
turib ishtirok etishi mumkin. Moliyaviy bozorning qisqa muddatli
sektori pul bozori, uzoq muddatlisi esa kapital bozori deb atalib,
unda fond birjasi o‘rni salmoqlidir.
Investitsiya jarayoni ishtirokchilari.
Investitsiya jarayonining bosh
ishtirokchilari — davlat, kompaniyalar va xususiy shaxslar bo‘lib,
ularning har biri investitsiya jarayonida talab tomonida yoki taklif
tomonida turib, ishtirok etishi mumkin.
Davlat. 
Yuqoridagi loyihalar ko‘p hollarda, turli ko‘rinishdagi
uzoq muddatli qarz majburiyatlari — obligatsiyalar chiqarish yo‘li
bilan moliyalashtiriladi. Pulga bo‘lgan talabning boshqa manbayi


196
bo‘lib, davlatning joriy ehtiyojlari hisoblanadi. Masalan, hukumat
soliq ko‘rinishida davlat budjeti daromadiga to‘langanga qaraganda
ko‘p xarajat qilishi mumkin. Yoki shahar hokimiyati joriy faoliyati
uchun pul kerak bo‘lgan holda budjetga soliqlar to‘lanmagan
holatlar bo‘lishi mumkin.
Ustun darajada hokimliklar o‘z ehtiyojlarini qisqa muddatli
obligatsiyalar chiqarish yordamida moliyalashtiradilar.
Ayrim vaqtda ijroiya hokimiyati idoralari pulni taklif qiluvchilar
tomonida qatnashadilar. Masalan, shaharda ma’lum vaqtga kelib
qandaydir pul summasi bo‘shab qolsa, uni joriy hisob raqamida
ushlab turmasdan, shahar hokimiyati mablag‘ni qisqa muddatli
moliyaviy bozorga vositalarga qo‘yib daromad olishlari mumkin.
Ijroiya hokimiyatlari idoralarini moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj
sezayotgan tomonda va taklif tomonida moliyaviy institutlar va
moliyaviy bozorlar holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aksariyat
hollarda davlat — bu pul mablag‘larining iste’molchisidir, ya’ni u
mablag‘ berishga qaraganda ko‘p mablag‘ni ishlatadi.
Kompaniyalar. 
Ko‘pgina kompaniyalar mulk shakllaridan qat’i
nazar, o‘z faoliyatini yuritish uchun yirik moliya mablag‘lariga
muhtoj bo‘ladi. Ijroiya hokimiyati idoralari singari, ularning moliya-
viy ehtiyojlari uzoq va qisqa muddatliga bo‘linadi. Uzoq muddatli
maqsadlarni amalga oshirish uchun kompaniyalarga zavodlar
Investitsiya jarayoni ishtirokchilari
Kompaniyalar
Davlat
Xususiy shaxslar
Qo‘shma korxonalar
Chet el korxonalari
Mahalliy investorlar
Moliya bozori
X
X
X
X
X
X
X
11-chizma.
Investitsiyalash jarayoni.


197
qurishga, asbob-uskunalar va inshootlar olishga, yangi mahsulot-
larni ishlash uchun pul kerak bo‘ladi.
Qisqa muddatli ehtiyojlar tovar zaxiralarini ta’minlash, debitor
qarzlarini va boshqa joriy xarajatlarni qoplash zaruratlaridan yuzaga
keladi. Qisqa va uzoq muddatli ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun
kompaniyalar muomalaga turli xil qarz qimmatli qog‘ozlarni va
aksiyalarni chiqaradilar. Qachonki, ularda vaqtincha ortiqcha pul
mablag‘lari paydo bo‘lsa, ular pullarni boshqalarga taklif qilishadi.
Amalda ko‘pgina yirik kompaniyalar naqd pullarini boshqarishda
faol va murakkab strategiyani amalga oshiradilar va qisqa muddatli
qimmatli qog‘ozlarning asosiy xaridorlari hisoblanadilar.
Davlatga o‘xshab kompaniyalar, umuman, pul mablag‘lari-
ning sof xaridorlari hisoblanadi.
Xususiy shaxslar. 
Xususiy shaxslar investitsiya jarayoniga turli
usullar bilan: masalan, omonat hisoblarga pul joylashtirish, obliga-
tsiya va aksiyalar sotib olish, sug‘urta polislari olish bilan pul yetkazib
berishlari mumkin. Moliyaviy vositalarni tanlash ko‘pincha judayam
oddiy vazifa emas, u yakka investor o‘z oldiga qanday maqsad
qo‘yayotganiga bog‘liq.
Pul mablag‘lariga xususiy shaxslarning talabi asosan mulkni,
odatda, uy, avtomobil xarid qilishni moliyalashtirish uchun
zayom shakliga ega bo‘ladi. Vaholanki, unday talabning miqdori
juda katta, xususiy shaxslar — pulni sof yetkazib beruvchilardir,
boshqacha qilib aytganda, ular investitsiya jarayoniga olganiga
qaraganda ko‘p beradilar. Davlat va kompaniyalar pul mablag‘-
larining sof xaridorlari hisoblanar ekan, xususiy investorlarning
iqtisodiy o‘sish va rivojlanishni moliyalashtirish uchun pul yetka-
zib berishdagi roli juda salmoqlidir.
Investorlar tipi. 
Ikki tipdagi investorlar bor: ular institutsional
va yakka investorlar.
Institutsional investorlar 
— muassasalar bo‘lib, ularga boshqa-
larning pulini boshqargani uchun haq to‘laydilar. Ularni moliyaviy
muassasalar, masalan, banklar, sug‘urta kompaniyalari, o‘zaro va
pensiya fondlari hamda yirik nomoliyaviy korporatsiyalar, ayrim
hollarda xususiy shaxslar yollaydilar. Moliyaviy institutlar o‘z
omonatchilariga yaxshigina daromadni ta’minlashga harakat qilib
katta summani investitsiyalaydilar.


198
Masalan, bankning trast bo‘limi unga ishonib topshirilgan
mablag‘ga yetarli daromad to‘lashi lozim; hayotni sug‘urtalash
kompaniyasi mijozlarga hamda mijoz vafot etgan holatlarda ular
merosxo‘rlariga va oluvchilariga sug‘urta mukofoti to‘laydigan daro-
madni to‘lashga sug‘urta badallarini investitsiyalashi lozim. Sanoat
yoki savdoga o‘xshash nomoliyaviy kompaniyalar ham ko‘pincha
ortiqcha pul mablag‘lariga ega bo‘ladilar, bo‘sh pullar daromad
keltirishi yoki joriy operatsiyalarga va istiqbolga kapital qo‘yilmalari
talabni qoplashga yordam berish uchun omonatga qo‘yadilar.
Yakka investorlar 
o‘z moliyaviy manfaatlari uchun shaxsiy
mablag‘larini tasarruf etadilar. Yakka investor ko‘pincha pensiyaga
ketganda yoki uning oilasining moliyaviy barqarorligini ta’min-
lashda daromad manbayi bo‘lishligi uchun bo‘sh turgan pullari
foyda keltirishidan manfaatdordir. Yakka investorlarning ko‘pchiligi
faqat shaxsiy qimmatli qog‘ozlar portfelini nima bilan to‘ldirish
yoki shaxsiy pensiya fondini qanday ta’minlashga izlanish bilan
band bo‘ladilar. Katta summadagi pullarni qo‘yishi mumkin
bo‘lganlar investitsiya sohasida kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lma-
ganliklari tufayli o‘z mablag‘larini boshqarishni institutsional
investorlarga, masalan, banklarni trast bo‘limlariga yoki investi-
tsiyalar bo‘yicha malakali maslahatchilarga topshiradilar.
Institutsional va yakka investorlar uchun asosiy ish tamoyillari
yagonadir: to‘g‘ri institutsional investorlar odatda pul egalari nomi-
dan anchagina yirik summalar bilan ish qiladilar, shuning uchun
ular yuqori malakaga ega bo‘ladilar va murakkab hamda nozik
usullarni qo‘llaydilar.
Investitsiyalash.
Maxsus tanlangan moliyaviy vositalarga pul-
ning qiymatini ko‘paytirish yoki ijobiy daromad olish maqsadida
joylashtirish jarayonini investitsiyalash deb ataladi. Ushbu fao-
liyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega, u mantiqiy ketma-ket xarajatlar
sifatida bajarilishi mumkin, uning natijasi esa daromad olish
hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda bir qator yangiliklar kiritildiki, ular
investitsiyalashni rag‘batlantiradi va ushbu jarayonni anchagina
maqbullantiradi.
Investitsiyalashning ijodiy ahamiyati.
Iqtisodiyotning amal qi-
lishi va o‘sishi davlatning va kompaniyalarning, shuningdek, xu-
susiy shaxslarning o‘sib borayotgan talablarini moliyalash uchun


199
qanchalik pul mablag‘larini yengil jalb qilishga bog‘liq. Masalan,
agar ipoteka zayomlari ishonch tariqasida bo‘lmaganda edi,
ko‘pchilik uylarning sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmasdilar,
zayom mablag‘larisiz uylarning qurilishida va qurilish ashyolari
ishlab chiqarishda judayam kam ishchi band bo‘lgan bo‘lar edi.
Shuning uchun, agar ko‘chmas mulkni kafolatsiz kreditlash
hajmi kamaysa, pirovardida bu mamlakatda umumiy iqtisodiy
faollikning pasayishiga olib kelgan bo‘lar edi: bu tushunarli, chunki
aynan pullarni maqbul tasarruf qila olishi mumkin bo‘lganlarga
ularni olish yengil bo‘lsa, iqtisodiy o‘sishning zarur sharoitini
ta’minlagan bo‘lar edi.
Investitsiya mukofoti. 
Investitsiyalarga daromad yoki foyda joriy
daromad yoki qo‘yilgan mablag‘lar qiymatining o‘sishi sifatida
olinishi mumkin. Masalan, bankni omonat hisobiga joylashtirilgan
pullar muntazam hisoblanadigan foizlar shaklida joriy daromad
beradi, shu bilan bir paytda bo‘sh turgan yer uchastkasi sotib
olishga qo‘yilgan pullar, uni sotib olish va sotish orasidagi o‘tgan
paytda uchastka qiymatining o‘simi ko‘rinishida daromad keltiradi.
Mablag‘larga muhtoj bo‘layotganlar kimda ular ortiqcha bo‘lsa
jalb qilishlari mumkin, daromad yoki foyda pul yetkazib beruv-
chilarning tavakkalini qoplashi lozim. Soddaroq qilib gapirganda,
investitsiyalash jarayoni bir tekis ketishi uchun pul yetkazib beruv-
chilar mukofot olishi lozim, pul xaridorlari esa ushbu mukofotni
ta’minlashlari kerak.
Investitsiyalashda xarajatlar ketma-ketligi.
Amalda investitsiya-
lashga xilma-xil yondashuvlardan foydalaniladi. Investor tavak-
kalchilikning qoniqarli darajasiga mo‘ljallangan daromad beruvchi
investitsiya portfelini shakllantirish lozim.
12.2. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish
manbalari va shakllari
Bozor munosabatlari shakllangan sharoitda investitsiya fao-
liyatini moliyalashtirish manbalari tarkibini 12-chizmada ko‘rish
mumkin.
Real investitsion loyihalarni moliyalashtirish turli shakl va usul-
larda olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni moliyalashtirish
manbalarini shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muam-


200
molaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investi-
tsion faoliyatni moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga
oshirilmoqda:
1. Investorning o‘z moliyaviy resurslari va ichki xo‘jalik rezervlari
(foyda, amortizatsiya ajratmalari, maxsus zaxira fondlari);
2. Investorning qarz mablag‘lari (bank krediti, budjet krediti,
obligatsiya bo‘yicha qarzlar);
3. Jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat
jamoasining pay va boshqa ko‘rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy
shaxslarning pay va boshqa badallari);
4. Budjetdan investitsion assignatsiyalari (mahalliy, davlat va
budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari);
5. Chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to‘g‘ridan to‘g‘ri
chet el investitsiyasi, qo‘shma korxonalar ko‘rinishida);
6. Lizing va seleng (investitsion loyihalarni moliyalashtirish-
ning bir turi bo‘lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va
inshootlarni ijaraga yoki intellektual mulkdan foydalanish huquqini
berish tushuniladi).
Ushbu moliyalashtirish shakllari va manbalarining har biri
o‘zining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatlariga ega, shu sababli
investitsion loyihalarni moliyalashtirish shakllarini tahlil qilib, eng
qulay shakl va usul tanlanadi.
Qulay investitsiya portfelini shakllantirish uchun, turli tarifga
ega bo‘lgan bir qancha moliyaviy instrumentlar yig‘indisini kiritish
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish
manbalari tarkibi
Davlat
budjetidan
ajratmalar
Kredit
mablag‘lari
hisobiga
Xorijiy
investitsiyalar
va XMI kredit
liniyalari
mablag‘lari
Qimmatli
qog‘ozlar va
zayomlar
chiqarish
hisobiga
Investorning
o‘z mab-
lag‘lari
hisobidan
12-chizma. 
Xo‘jalik subyektlari investitsiya faoliyatini
moliyalashtirish manbalari.


201
ko‘zda tutiladi. Xilma-xil vositalarni qo‘llab, investor oxir-oqibatda
qo‘yilmalarning yuqori daromadliligiga erishishi mumkin yoxud
moliyaviy instrumentlar sonini kuchaytirish hisobiga tavakkalni
kamaytirishi mumkin.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning keng tarqalgan va
moliyalashtirishning asosiy manbalaridan bo‘lib, qimmatli qog‘oz-
larni emissiya qilish hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish, investitsiyalarni moliyalash-
tirishda markazlashgan mablag‘lar va bank kreditlarining hissasi
pasayishiga olib keladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori va kredit bozori, pul mablag‘lariga
ehtiyoji bo‘lgan tarmoqlarga (korxonalarga) pul mablag‘larini
taqsimlab, korxonalarning moliyaviy holatini barqarorlashtiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xarid qilinadigan
qimmatli qog‘ozlar ichida keng tarqalgan turi aksiyadorlik ja-
miyatlari tomonidan chiqariladigan aksiyalardir.
Korporativ obligatsiyalarni faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari
auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining
obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi
miqdori doirasida chiqarishlari mumkin.
Yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlar uchun esa inves-
titsion loyihalarni moliyalashtirish uchun, aksiyador kapitalidan
foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki yangi tashkil etilgan
korxonalar uchun bank kreditidan foydalanish yuqori xavf-xatar
bilan bog‘liq bo‘lib, kredit olishda korxona uni qaytarish uchun
yetarli darajada moliyaviy resurslar bilan yoki boshqa aktivlar bilan
ta’minlanmagan bo‘lishi mumkin, bunday shartlarni yangi korxona
bajarmasligi sababli, aksiyadorlik kapitalidan foydalanadilar. Lik-
vidlik bilan bog‘liq bunday vaziyatlarda yangi korxona qiyin va-
ziyatlarga tushib qoladi. Loyiha yaxshi baholanganda ham, yaxshi
texnik asoslanganda ham banklar yuqori foiz stavkasida kredit
berishlari mumkin. Aksiyador kapitali esa bunday muammolar
keltirib chiqarmaydi, ammo uni yig‘ish ancha murakkab vazifadir,
bank kreditlari esa bundan mustasno.
Investitsion loyihalarni kreditlash sharti, foiz stavkasi o‘zgarishi
bilan loyiha iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi orasidagi
munosabat bilan aniqlanadi. Ma’lumki, foiz stavkasi o‘zgarmas va


202
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu sababli korxona investitsiya loyihasini
moliyalashtirishda kredit olmoqchi bo‘lsa, u uzoq muddatli bo‘lsa,
u holda o‘zgarmas foiz stavkasidagi kreditdan foydalanadi.
Korporativ obligatsiyalar chiqarishga faqat ochiq aksiyadorlik
jamiyatining ustav fondi to‘liq to‘langanidan keyin yo‘l qo‘yiladi
1
.
Har bir loyihada moliyalashtirishning turli xil shakllarining
oqibatlarini tubdan baholash lozim va shunday moliyalashtirish
manbasini aniqlash lozimki, unda resurslar va iqtisodiy qaytim
mos kelsin, ya’ni:
• 
aksiyadorlik kapitali bilan birgalikda qarzga olingan mablag‘-
lar ham investitsion loyihani moliyalashtirish manbayi bo‘ladi;
• 
moliya bozorlarining asosiy vazifasi — jamg‘armalarni ishlab
chiqarish investitsiyalariga yo‘naltirishdir. Moliyaviy bozorlarsiz
korxonalar o‘z mablag‘lariga tayanishga majbur bo‘lar edilar, bu
esa uning rivojlanishini keskin chegaralab qo‘yadi.
Xorijiy kapital qo‘yilmalarining yana bir muhim shakli —
portfelli investitsiyalar ham qabul qiluvchi iqtisodiyotga ziddiyatli
ta’sir ko‘rsatadi. Portfelli investitsiyalar ishlab chiqarishni
moliyalashtirish shakli bo‘lib, u yoki bu investor-firmaning
xususiyatlari va tarmoq afzalliklarini aks ettirmaydi. Ularni xorijiy
kompaniyalar va milliy firmalar amalga oshirishi mumkin. Ba’zan
portfelli investitsiyalar milliy firmalarning raqobatbardoshligini
oshiradi, chunki mavjud resurslar hajmini ko‘paytiradi.
Venchurli kapital 
— milliy va xalqaro kapital bozorlaridagi
dastlabki aksiyalar, korporativ obligatsiyalar portfelli kiritmalar
shakllari sifatida kapital qo‘yilmalarini bevosita moliyalashtirishlari
mumkin.
Boshqa shakllar — xorijliklar tomonidan ichki ikkilamchi
bozorda qimmatli qog‘ozlarning sotib olinishi, hukumat obliga-
tsiyalarining katta qismi va derivativlar iste’molining o‘sishini
rag‘batlantirishi mamlakat iqtisodiyoti holatiga kuchli ta’sir qilishi
mumkin.
Portfelli investitsiyalar mamlakat iqtisodiyoti holatiga aktiv-
larning o‘sishi hisobiga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa moddiy boyliklar
1
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy
sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘-
risida»gi Qonuni. T., 2007, 104-modda.


203
iste’molining ortishiga olib keladi va kapital egalarining ularni boshqa
qimmatli qog‘ozlarga yoki aktivlarga investitsiyalashga qaror
qilgunlarigacha davom etadi.
Portfel investitsiyalar
— bu kapitalni xorijiy korxona qimmatli
qog‘ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 % dan kam qismini)
kiritish shaklida olib chiqib ketish bo‘lib, investorlarga ular fao-
liyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi jarayonida portfel
investitsiyalar ulushining ortishi tabiiy holdir. Bu ikki holat bilan
izohlanadi:
• 
jahonda moliya bozorlarining jadal rivojlanishi;
• 
portfel investitsiyalarning yuqori likvidliligi bilan bog‘liq
afzalliklar.
Portfel investitsiyalar ancha yuqori likvidlilikka ega bo‘lib,
harakatchan hisoblanadi. Ularni xavf-xatarli zonadan boylik
orttirish yengilroq bo‘lgan muhitga ko‘chirish qiyin emas. Portfel
investitsiyalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va professional
bilimlarni oshirish uchun katta mehnat talab etmaydi.
Rezidentlardan portfelli aktivlarni sotib olish banklarning lik-
vidliligini va kreditlash hajmlarining ortishini rag‘batlantiradi. Ichki
qo‘shib olishlar sonining muntazam oshib borishi doimo aksele-
rator samarasi asosida kapital qo‘yilmalarning oshishiga olib kelsa,
bu yomon alomat emas. Lekin shunga qaramay, kredit bo‘yicha
informatsiyalar moliyaviy spekulatsiya imkoniyatlarini kengaytirsa
yoki kuchli inflatsion tazyiq ko‘rsatsa, u holda iqtisodiyotning
pasayishi kuzatiladi.
Shuningdek, xorijiy portfel investitsiyalar milliy bozorning
likvidliligini oshiradi va qabul qiluvchi mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular moliyaviy infra-
tuzilmani mustahkamlashi, moliyaviy vositachilikni kengaytirishi,
xavf-xatarli kapital hajmlari va yangi kompaniyalar sonining orti-
shiga olib kelishi mumkin.
Portfel xorijiy investitsiyalarning qabul qiluvchi iqtisodiyotga
salbiy ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Moliyalashtirish chiqimlari erishilayotgan yutuqlardan yuqori
bo‘lishi mumkin. Agar aksiyadorlik kapitali investitsiyalar xavf-
xatari taqsimlanishining bir qismini o‘z ichiga olsa, obligatsiyalarga
sarflangan investitsiyalarda xavf-xatar bo‘lmaydi.


204
2. Asosiy salbiy tomoni — portfel kapital oqimlari yuqori
xavf-xatar ta’sirida beqaror tendensiyaga ega bo‘lishi mumkin.
Xalqaro kapital migratsiyasining obyektiv asosi jahon xo‘jaligi
tizimiga kiruvchi mamlakatlarning notekis iqtisodiy rivojlanishi
bo‘lib, amaliyotda u quyidagicha namoyon bo‘ladi:
• 
turli mamlakatlarda kapital jamg‘arilishining turli sur’atlarga
ega bo‘lishi;
• 
alohida mamlakatda kapitalning «nisbatan ortiqchaligi»;
• 
jahon xo‘jaligining turli bo‘g‘inlarida kapitalga talab va taklifning
mutanosib emasligi.
«Nisbatan ortiqchaligi» iborasi, birinchi navbatda, kapitalni
eksport qiluvchi mamlakatlarda kuzatilib, uning mutlaq ortiqchaligi
kuzatilmaydi, chunki ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan cheklan-
magan darajada o‘sish tendensiyasiga ega, deb hisoblanadi, shunday
ekan, kapitalga ham doimo talab bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, kapital eksporti mamlakatning o‘zi uchun
yetarli bo‘lmagan holda ham davom ettirilishi mumkin, chunki
bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital kiritmalari bilan kutilayotgan
daromadlar miqdorlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor.
12.3. Xalqaro kapital migratsiyasi va unga
ta’sir etuvchi omillar
Xalqaro kapital migratsiyasi jahon xo‘jaligini rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatlarning tashqi iqtisodiy
va siyosiy aloqalarining mustahkamlanishiga olib keladi, ularning
tashqi savdo aylanmalarini oshiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadal-
lashtiradi, ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytiradi, ishlab chiqari-
layotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini,
importyor-mamlakatlar texnik salohiyatini o‘stiradi va mamla-
katdagi bandlikni oshiradi.
Kapital migratsiyasining asosiy sabablari qatoriga quyidagilarni
kiritish mumkin:
• 
kapitalning foiz stavkasi bilan belgilanadigan turli chegaraviy
unumdorligi;
• 
firmalarning o‘z faoliyatini xalqaro diversifikatsiyalashga
intilishlari;


205
• 
tovarlarni import qilishga xalal beradigan va xorijiy ta’minot-
chilarni bozorga kirishi uchun kapital olib kirishga undaydigan boj
to‘siqlarining mavjudligi;
• 
barqaror siyosiy vaziyat va umuman, qulay investitsiya muhiti.
Kapital migratsiyasi jarayonlariga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
• 
ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish
sur’atlarining barqaror saqlab turilishi;
• 
jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida kuza-
tilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar;
• 
ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiya-
sining chuqurlashuvi;
• 
jahon iqtisodiyotining transmilliylashishi;
• 
ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi va integratsiyaviy
jarayonlarning rivojlanishi;
• 
bozorlarning o‘ta to‘yinishi ishlab chiqarishni kengaytirish
imkoniyatlarini cheklaydi;
• 
rivojlangan mamlakatlarga xos sotuvchilar o‘rtasidagi keskin
raqobat;
• 
milliy bozorning yirik moliya-sanoat guruhlari tomonidan
monopollashtirilishi;
• 
harakatdagi texnologiyalarni takomillashtirish imkoniyat-
larining qolmasligi;
• 
sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’at-
larini, bandlik darajasini, ilg‘or sanoat tarmoqlarining rivojlanishini
saqlab turish uchun salmoqli miqdorda kapitallarni jalb qilishga
yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosati;
• 
xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro investitsiyaviy bo‘sh-
liqni erkinlashtirish siyosatining yuritilishi, investitsiyaviy sherik-
likning universal me’yorlarini ishlab chiqish;
• 
mamlakatlar o‘rtasida daromadlar va kapitalning ikki yoqlama
soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida xalqaro kelishuvlar,
ular savdo-sotiqning rivojlanishi va investitsiyalarning jalb qilinishiga
ko‘maklashadi.
Xorijiy investitsiyalar jahon iqtisodiyotiga va uning yuragi
hisoblangan xalqaro biznesga quyidagi tarzda jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi:


206
• 
kapital ekspansiyasi xo‘jalik hayotini baynalmilallashtirish
missiyasini bajaradi;
• 
kapital ekspansiyasi yangi texnologiyalar va «nou-xau»larni
butun dunyoga tarqatib, jahon bozorlarining diversifikatsiyasini
yanada chuqurlashtiradi, tegishlicha ishlab chiqarish hajmiga erishish
jahon bozorining umumiy samaradorlik darajasini, uning raqobat-
bardoshligini oshiradi;
• 
kapital ekspansiyasi va uning jahon iqtisodiyotining daromadli
o‘sish nuqtalariga ko‘chib o‘tishi uzoq istiqbolda ishlab chiqarish
shart-sharoitlarini tenglashtirish, milliy narxlarning jahon narxlariga
yaqinlashishi, ish haqi va foiz stavkalarida milliy farqlarning yo‘qo-
lishi tendensiyasini yuzaga keltiradi;
• 
o‘zi uchun bevosita yoki uchinchi mamlakatlar bozorlariga
chiqish uchun tramplin sifatida barqaror bozorni ta’minlash;
• 
xalqaro korporatsiyalarning turli mamlakatlarda o‘z «ichki
bozor»larini, u yoki bu tarmoqlarini yaratishi natijasida ishlab
chiqarish kapitalning baynalmilallashuvi jarayoni bilan to‘ldi-
riladi;
• 
o‘z manfaatlarini mintaqaviy va yanada yuqoriroq xalqaro
darajadagi davlatlararo munosabatlarga kiritish;
• 
sherik mamlakatlarning ichki ishlari va davlatlararo munosa-
batlariga aralashmaslik, tenglik, o‘zaro manfaatlarni hisobga olish,
investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar milliy an’analari va
madaniy qadriyatlarini, mehnatkashlar huquqlarini hurmat qilish
bo‘yicha umume’tirof etilgan tamoyillarga rioya qilgan holda xalqaro
hamkorlikning muhim omili sifatida xalqaro investitsiyalarni e’tirof
etish.
Mamlakatning xalqaro kapital migratsiyasidagi ishtirok darajasi
qator ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Birinchi ko‘rsatkichlarga quyidagi
mutlaq ko‘rsatkichlar kiradi: kapital eksporti va importining hajmi,
kapital eksporti-importi soni qoldig‘i, mamlakatdagi xorijiy kapi-
talli korxonalar va ulardagi bandlar soni va h.k. Kapital eksporti-
importi qoldig‘idan kelib chiqib, jahon mamlakatlari kapital
eksport qiladigan (Yaponiya, Shveysariya), kapital import qila-
digan (AQSH, Buyuk Britaniya) hamda eksport va import hajmi
taxminan bir xil bo‘lgan mamlakatlarga (Germaniya, Fransiya)
ajratishadi.


207
Boshqa guruh ko‘rsatkichlar nisbiy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular
xalqaro kapital migratsiyasining markazlari va mamlakatning kapital
importi-eksportiga bog‘liqligini aks ettiradi:
1) kapital importi koeffitsiyenti — import qilingan xorijiy ka-
pitalning mamlakat YIMdagi ulushini ko‘rsatadi:
imp
IK
K
=
·100,
YIM
bu yerda, 
IK
— import qilingan xorijiy kapital hajmi; 
YIM
—
yalpi ichki mahsulot.
Yevropa mamlakatlari o‘rtasida bu koeffitsiyentning eng yuqori
darajasi Belgiya va Lyuksemburgga tegishli hisoblanadi;
2) kapital eksporti koeffitsiyenti — eksport qilinadigan kapital-
ning YIMdagi ulushini aks ettiradi:
eksp
EK
K
=
·100,
YIM
bu yerda, 
EK
— eksport qilinadigan xorijiy kapital hajmi; 
YIM 
—
yalpi ichki mahsulot.
Yevropa mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkichning maksimal
miqdori Niderlandiyada qayd etilgan;
3) xorijiy kapitalning mamlakat kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan
ichki ehtiyojidagi ulushini aks ettiruvchi kapital:
eh
XK
K =
·100,
D(K)
bu yerda, 
K
eh
— ehtiyoj koeffitsiyenti; 
XK 
— xorijiy kapital;
D(K)
— mamlakatda kapitalga bo‘lgan talab, AQSHda barcha
kapitalga bo‘lgan ichki ehtiyojlarning 33 % xorijiy kapital hisobiga
qondiriladi;
4) boshqa nisbiy ko‘rsatkichlar: xorijiy yoki qo‘shma kom-
paniyalarning milliy ishlab chiqarishdagi ulushi, kapital eksporti/
importining oldingi davrga nisbatan o‘sish sur’atlari, mamlakat
aholisi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xorijiy investitsiyalar sum-
masi.
Xalqaro kapital migratsiyasining shakllari mavjud bo‘lib, ama-
liyotda ular qator mezonlar bo‘yicha tasniflanadi. Xalqaro


208
amaliyotda davlat kapitali ko‘proq ssuda shaklida, xususiy va uzoq
muddatli kapital esa tadbirkorlik shaklida faoliyat ko‘rsatadi.
Kelib chiqish manbalariga ko‘ra,
bu davlat mablag‘lari yoki
xususiy kapital ko‘rinishida bo‘ladi. Davlat kapitali banklar ichida
rasmiy kapital deb ham ataladi. U davlat budjetidan xorijga
chiqariladigan yoki u yerdan yo bevosita hukumatlar qarori bilan,
yoki hukumatlararo tashkilotlar qarori bilan qabul qilinadigan
mablag‘lardir.
Shakllariga ko‘ra,
bu davlat qarzlari, ssudalar, grantlar
(sovg‘alar), yordam ko‘rinishida bo‘lib, ularning xalqaro harakati
hukumatlararo shartnomalar bilan belgilanadi. Xalqaro tashki-
lotlarning kreditlari va boshqa mablag‘lar ham shular qatoriga kiradi.
Biroq, har qanday hollarda ham bu soliq to‘lovchilarning oluvchiga
turli yo‘llar bilan yetib boradigan pullari hisoblanadi.
Xususiy kapital 
— bu xususiy shaxslar tomonidan xorijga joy-
lashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan nodavlat manbalar
mablag‘laridan iborat. Ular tarkibiga investitsiyalar, savdo kreditlari,
banklararo kreditlash kiradi. Ular davlat budjeti bilan bevosita
bog‘liq bo‘lmaydi, biroq hukumat ularning ko‘chib yurishini kuza-
tib turadi va o‘z vakolatlari doirasida ularni nazorat qilib, boshqarishi
mumkin.
Xalqaro kapital migratsiyasining asosiy shakllari tadbirkorlik
va ssuda kapitali ko‘rinishida bo‘ladi.
Kapitalning tadbirkorlik shaklidagi migratsiyasi uchun quyidagi
uch majburiy belgilar xos bo‘ladi:
1. Xorijda ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish yoki unda
ishtirok etish;
2. Xorijiy kapital qo‘yilmalarining uzoq muddatliligi;
3. Xorijiy korxonaga yoki uning bir qismiga mulkchilik huquqiga
ega bo‘lish.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan xususiyatlar va ishtirok etish maq-
sadlarining qanchalik amalga oshishiga bog‘liq holda, tadbirkorlik
kapitalini chetga chiqarishning ikki turi ajratiladi: to‘g‘ridan to‘g‘ri
va portfel investitsiyalar (PI).
Ma’lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya,
innovatsiya, ijtimoiy, iste’mol va boshqa investitsiyalarning hamma


209
turlari bilan bog‘liq bo‘lib, odatda, soliqlarning fiskal (xazinani
to‘ldirish) va tartibga solish funksiyalaridan foydalanish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda quyidagi
usullardan foydalaniladi:
• 
investorlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy
asoslarni yaratish, mustahkamlash, takomillashtirib borish;
• 
pul-kredit siyosati orqali;
• 
valuta siyosati orqali;
• 
amortizatsiya siyosati orqali;
• 
narx siyosati orqali;
• 
dotatsiyalar, subsidiyalar tizimi orqali;
• 
budjet-soliq siyosati, jumladan, fiskal siyosat, turli soliq-
lardan imtiyozlar berish, soliq kreditlari orqali;
• 
davlat kafolatlari tizimi orqali;
• 
chet ellik va mahalliy investorlarning huquqlarini himoya qilish
orqali;
• 
ayrim tarmoq, soha, hududlar va ulardagi obyektlarni davlat
o‘z nazoratida saqlab qolish, investitsiyalash orqali va shu kabilar.
Òartibga solish funksiyasining ishlatilishi davlatning takror
ishlab chiqarish jarayonida ayrim tarmoqlarga investitsiyalar oqim-
larini boshqarish bilan amalga oshiriladi.
12.4. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli
qog‘ozlar bozorining o‘rni va roli tahlili
Moliyaviy investitsiyalar asosini qimmatli qog‘ozlar bozori
orqali jalb etiladigan investitsiyalar tashkil etadi. Iqtisodiyot tar-
moqlariga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni moliyalash-
tirishning samarali usullarini qo‘llash, xalqaro moliya institutlari
bilan bevosita aloqalarni o‘rnatish, investitsiya faoliyatini moliyaviy
ta’minlashda qimmatli qog‘ozlar bozorining rolini oshirish muhim
ahamiyatga ega.
Milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirishda tanlangan
iqtisodiy model xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ikkilamchi


210
qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, bu iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va uning raqobat-
bardoshliligini oshirish, investitsiyalar oqimini kengaytirish imko-
niyatini yaratib beradi.
O‘zbekistonda moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiyotdagi rolini
oshirish zarurati quyidagilar bilan belgilanadi: 2000—2012-yillarda
QQB orqali iqtisodiyotga jalb etilgan investitsiyalarning jami
investitsiyalar tarkibidagi ulushi yetti foizdan oshmagani hamda
aksiyalar bozori kapitallashuvining YIMga nisbati 0,8 %, savdo
aylanmasi esa 0,2 % ga teng bo‘lganligi uchun bu holat barqaror
makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosatiga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu bois, moliyaviy investitsiyalarni tahlil qilish, samaradorligini
baholash, rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, taraqqiy etgan
mamlakatlar tajribasini o‘rganish muhim hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy elementi bo‘lgan aksiya
bozorini tahlil qilishda asosiy masala aksiyalarni emissiya chiqarish
orqali loyihalarni moliyalashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirishga qaratiladi
1
. Lekin qimmatli qog‘ozlar bozoridagi
mavjud amaliyot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, uning ishtirok-
chilari va bozor operatsiyalari mavjud iqtisodiy imkoniyatlarni
to‘la namoyon etmayapti.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Uzoq muddatli istiqbolga
mo‘ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyo-
timizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo‘nalish – bu asosiy yetakchi
sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, trans-
port va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan
strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol
investitsiya siyosatini olib borishdan iborat»
2
. Bunday sharoitda
1
2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi.
Prezident Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. «O‘zbekiston ovozi»
gazetasi, 2012-yil 20-yanvar.
2
I.A. Karimov.
Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir. T., «O‘zbekiston», 2010, 65-bet.


211
qimmatli qog‘ozlar bozori (QQB)ni rivojlantirish orqali insti-
tutsional investorlarning investitsiyalarini keng jalb qilish alohida
ahamiyat kasb etadi.
«Aynan qimmatli qog‘ozlar bozorining holatiga qarab, bozor
munosabatlari shakllanishi jarayonining nechog‘liq shiddatli ke-
chayotganligiga xolisona baho berish mumkin. Islohotlarni yanada
chuqurlashtirishning prinsipial vazifasi — qimmatli qog‘ozlar bo-
zorini, eng avallo, ikkilamchi bozorini yanada faolroq rivojlan-
tirish zarur»
1
deya ta’kidlagan edilar Yurtboshimiz.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori
rivojlanib borayotganligi, ayniqsa, aksiyalar va obligatsiyalar
bozorining kengayib borayotganligini inobatga olib, qimmatli
qog‘ozlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi o‘rni
ortib borayotganligini ko‘rish mumkin. Fond bozori vositalari
yordamida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish orqali portfel
investitsiyalar hajmini oshirish, investorlar huquq va manfaatla-
rini himoyalash, aksiyadorlik jamiyatlarining bozor faolligini oshi-
rish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda turli moliyaviy
vositalardan keng foydalaniladi. Moliyaviy vositalar turlari, xossa
va xususiyatlari; chiqarilishi va muomalasi, iqtisodiy samaradorligi,
iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni belgilashi; bajaradigan funk-
siyalari bilan farqlanadi. Moliyaviy vositalarning eng keng
tarqalgan turi sifatida fond bozori vositalarini keltirish mumkin.
Fond bozori vositalari bo‘lib, turli xildagi qimmatli qog‘ozlar,
ya’ni aksiyalar, obligatsiyalar, hosilaviy qimmatli qog‘ozlarni
aytish mumkin.
Keng ma’noda moliyaviy vositalar moliya tizimi va uning
tarkibiy bo‘g‘inlarida qo‘llaniladigan vositalar, usul, usul ele-
mentlari, investitsion vositalar (qimmatli qog‘ozlar) va ular muo-
malasini amalga oshirish va tartibga soluvchi element (vosita)larni
o‘z ichiga oladi.
1
I.A. Karimov. 
Bank tizimi, pul muomalasi, investitsiya va moliyaviy barqarorlik
to‘g‘risida. T., «O‘zbekiston», 2005, 254-bet.


212
Ma’lumki, qimmatli qog‘ozlar vositasida investitsiyalarni
moliyalashtirish jahon amaliyotida keng tarqalgan. Moliyaviy
investitsiyalarning asosini qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalari
tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlar o‘zining investitsion jozibadorligi
orqali firma va kompaniyalarning bozor faolligini belgilovchi vosita-
lar ham hisoblanadi.
Maxsus reyting agentliklari kompaniyalarning qimmatli qog‘oz-
larining sifati, ta’minlanganligi, daromadliligi va ishonchliligiga
qarab, uning investitsion faolligiga baho beradilar va investorlarning
qiziqishiga sabab bo‘luvchi yoki kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari
bozor narxiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni tegishli tahlillar
asosida e’lon qiladilar.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozori-
ning ajralmas tarkibi hisoblangan qimmatli qog‘ozlar bozori
(QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
QQBning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi
rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan
sanaladi.
Ya’ni uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun
quyidagi muammolar samarali yechim topishiga erishish vazifa-
larini bevosita hal etish bilan bog‘liq bo‘ladi: investitsiyalarni
faol jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tar-
kibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish,
inflatsiyani pasaytirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.
Ushbu muammolarni hal etish QQBning raqobatbardoshligi,
xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi, investorlar uchun jozibador-
ligi va xavf-xatarsizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim
hisoblanadi.
13-chizmada QQB ishtirokchilarini alohida guruhlarga bo‘lib
tavsiflangan. Ushbu guruhdagi barcha ishtirokchilar QQB bilan
uzviy bog‘liqlikda faoliyat ko‘rsatadi va QQBning yaxlit
infratuzilmasini ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: muvofiq-
lashtiruvchi va nazorat qiluvchilar, emitentlar, professional ishti-
rokchilar hamda investorlar.


213
Moliyaviy globallashuv sharoitida rivojlanayotgan dunyoning
barcha mamlakatlari uchun muhim muammo iqtisodiyotda o‘z
milliy QQB rolini oshirish, bunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash,
sanoatni rivojlantirish, inflatsiyani pasaytirish, iqtisodiy o‘sishning
yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida investitsiyalar jalb qilishni
ta’minlash hisoblanadi
1
.
Ushbu muammoni hal etishning muhim shart-sharoitlari
QQBdagi investitsiyalar, jamg‘armalar, iqtisodiy o‘sish, inflatsiya,
davlat institutlari faoliyati va monetizatsiya o‘rtasida chambarchas
aloqalar mavjudligi hisoblanadi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, mam-
lakatimiz QQB rivojlanishini tahlil qilish bugungi kunning muhim
masalalaridan biri hisoblanadi.
1
ß.Ì. Ìèðêèí
. Íàöèîíàëüíûé äîêëàä «Ðèñêè ôèíàíñîâîãî êðèçèñà â
Ðîññèè: ôàêòîðû, ñöåíàðèè è ïîëèòèêà ïðîòèâîäåéñòâèÿ». Ôèíàíñîâàÿ
àêàäåìèÿ ïðè ïðàâèòåëüñòâå ÐÔ, 2006, ñòð. 47—51.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari
Muvofiqlash-
tiruvchi va
nazorat qiluvchi
Davlat mulki
qo‘mitasi,
QQBFMNM,
Moliya vazirligi
Professional
ishtirokchilar
uyushmasi
Davlat
Emitentlar
Yuridik shaxslar
Fond birjalari
Xalqaro moliya
tashkilotlari
Professional
Investitsiya
vositachisi,
investitsiya
maslahatchisi,
investitsiya fondi,
investitsiya aktiv-
larini ishonchli
boshqaruvchisi,
depozitariy
Market-
meykerlar
Investorlar
Davlat
Yuridik shaxslar
Jismoniy
shaxslar
Xalqaro moliya
tashkilotlari
X
X
X
X
X
13-chizma
. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining tarkibi.


214
O‘zbekistonda QQB rivojlanish tendensiyalari
1
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, investor tomonidan
olingan daromadni quyidagicha ifodalash mumkin:
Ú

I
– 
I
0
. (1)
1-ifodada 
I
0
= 1 deb qabul qilib, uni quyidagicha ifoda-
laymiz:
I

1

Ú.
(2)
Ushbu ifodada inflatsiya hisobga olinmaganligi uchun inves-
titsiya bo‘yicha daromad real stavka foizi 
R
ga teng bo‘ladi. Irving
Fisher qoidasiga binoan inflatsiya 
i
sababli daromad (
1+i
) marta
oshishi lozim bo‘lganligi uchun (2) ifodani quyidagicha yozish
mumkin:
I
=(
1 + Ú
) =(
1 + R
) = (
1+R
)(
1+i
) = 






iR.
(3)
3-ifodada, agar 
R
va 
i
miqdorlari kichik bo‘lsa,
iR
ko‘paytma
juda kichik bo‘ladi, u holda uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Shuning
uchun 3-ifodani quyidagicha yozish mumkin:
r
a
l
h
c
i
k
t
a
s
r
‘
o
K
r
a
ll
i
Y
5
0
0
2
6
0
0
2
7
0
0
2
8
0
0
2
9
0
0
2
0
1
0
2
r
a
l
a
y
i
s
k
a
n
a
g
li
r
a
q
i
h
C
a
n
o
d
.
n
l
m
,i
n
o
s
0
,
3
2
6
4
7
,
3
9
0
2
0
,
8
2
9
2
5
,
1
6
7
3
2
2
,
5
4
1
1
,
4
7
7
1
i
n
o
s
i
r
a
l
a
y
i
s
s
i
m
e
a
y
i
s
k
A
4
1
2
3
1
1
8
1
1
8
2
1
5
4
2
5
3
3
o
d
v
a
s
g
n
i
n
i
r
o
z
o
b
a
y
i
s
k
A
m
‘
o
s
d
r
l
m
,i
m
j
a
h
,
j
u
h
s
c
m
a
l
r
i
b
,
n
a
d
a
l
m
u
i
h
m
‘
o
s
d
r
l
m
,
a
d
r
o
z
o
b
5
,
2
4
1
6
,
8
8
8
,
0
3
3
6
,
2
1
1
7
,
9
8
3
7
,
8
6
2
7
,
5
0
7
4
,
3
8
4
1
,
8
4
7
4
,
0
6
5
3
,
7
7
4
1
9
,
9
2
9
1
M a n b a : QQBFMN markazi ma’lumotlari.


215
Ú = R + i
, (4)
bu yerda, 

— inflatsion rag‘bat, 
Ú
— nominal stavka, 
R
— real
stavka.
5-ifodadan prognoz qilinayotgan inflatsiya sur’ati 
i
va infla-
tsion rag‘bat bir-biriga mosligi ko‘rinib turibdi. Bunday holat o‘ta
rivojlangan moliya bozori sharoitida bo‘lishi mumkin. Agar daromad
stavkasining miqdori
R+i
summadan kichik bo‘lsa, moliya bozorida
investitsiya qilish ma’noga ega bo‘lmaydi. Yana
R
va 
i
miqdorla-
rining kichik darajasida shu ham ko‘rinib turibdiki, inflatsiya
sur’atining bir foizga ortishi daromad stavkasini mos ravishda bir
foizga ortishiga olib keladi.
Ancha uzoq vaqt muddati uchun 4-ifodani 3-asosida quyida-
gicha yozish mumkin:
Ú = R + i + iR.
(5)
Yuqorida aytilganlar asosida investorlarni noaniq va xato qarorlar
qabul qilishdan saqlash muhim ahamiyatga ega, aks holda, turli
omillar ta’sirida investorning daromadi kamayishi yoki butunlay
yo‘qqa chiqishi mumkin.
Ma’lumki, kreditor pullarini qarzga berganida ulardan qarz
muddati tugamagunicha foydalanishdan mahrum bo‘ladi. Qarz
oluvchi kredit uchun haq to‘lashi lozim bo‘ladi. Kreditdan foy-
dalanish uchun kreditorga pul ko‘rinishida qarz oluvchi tomo-
nidan to‘lanadigan haq foiz shaklida ifodalanadi. Foizlar
qarzning asosiy summasiga ma’lum bir davrlarga hisoblanadi.
Foizni hisoblashning turli usullari mavjud bo‘lib, ularning
asosiylarini ko‘ramiz.
Oddiy (sodda) foizlar.
Faraz qilaylik, investitsiya qilish uchun
qandaydir boshlang‘ich
R
pul mablag‘lari mavjud. Investitsiya
qilish natijasida ma’lum vaqt muddati (
n
davrlarda) o‘tganidan
keyin boshlang‘ich summa 
iPn 
(
i
– foiz stavkasi bo‘lib, u bo‘yicha
boshlang‘ich 

summaga foizlar qo‘shiladi) miqdorga o‘zgaradi.
Ya’ni boshlang‘ich summa 
R
ma’lum davrlar (
n
) o‘tishi bilan


216
iPn
miqdorga oshib, natijada 
S
(ortgan summa) miqdor hosil
bo‘ladi:
S = P + iPn = P(l + in)
.
(6)
(
1 + in
) ifoda oddiy foizlar bo‘yicha orttirma ko‘paytiruvchi
deb nomlanadi. Orttirilgan summa

boshlang‘ich summa orqali
topilgan; foiz stavkasini (
i
) dekursiv stavka deyiladi.
6-ifodadan boshlang‘ich 
R
summani topish mumkin. Bunda 
R
miqdorini 

orqali uni 
d
foiz stavkasi (antisipativ stavka) bo‘yicha
diskonlash yo‘li bilan topish mumkin, ya’ni:
P = S–ndS = S(1–nd).
(7)
(
1–nd
) ifoda orttirma ko‘paytiruvchi deyiladi.
Oddiy foiz stavkalari ko‘proq qisqa muddatlardagi hisoblarda
qo‘llaniladi. Shu munosabat bilan 
n
bir yildan kam davrlarda
dekursiv va antisipativ stavkalarni amaliyotda qo‘llash xususiyat-
larini ko‘ramiz. Dekursiv stavka holatida 

miqdori quyidagicha
qabul qilinadi:
,
1
1
=
=
365366
n
yoki n
(
t
– foizni hisoblash kunlari soni). Agar antisipativ stavka (
d
)
qo‘llanilsa, unda:
1
=
.
360
n
Murakkab foizlar.
Birmuncha murakkab holatni foizlarning
kapitalizatsiyasini hisobga olib ko‘ramiz. Shunga o‘xshash murakkab
antisipativ stavka uchun quyidagi ifodani olish mumkin:
P=S(1–d)
n
.
Bunda orttirish ko‘paytiruvchi sifatida quyidagi ifoda bo‘ladi:
1
.
(1
)

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin