Moliyaning mohiyati va funksiyalari. Moliya tizimini boshqarish
Moliya tizimi
Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag`larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir.
Umuman moliya tizimini qo`yidagicha ifodalash mumkin(sxema):
Moliya tizimining asosini xo`jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki maxsulot va milliy daromad yaratiladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari ,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo`lib, ularning moliyaviy resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va xayriya mablag`lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi. Ayrim korxona va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari mavzuning 5 savolida yoritilgan.
Davlat budjeti moliya tizimining bosh bug`ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va ishlatiladi.
Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xujaligi tarakiyotini, ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi.
Budjetdan tashqari jamg`armalar, soliqlar kabi ma`lum maqsadga yunaltirilgan ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg`armalar so`mmasining asosiy qismi maxsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalardan biri Pensiya jamg`armasi hisoblanadi.Ushbu jamg`armaning shakllanishi va undan foydalanish tartibi fanning 6- «Ijtimoiy ta`minot moliyasi» mavzusida berilgan.
Budjetdan tashqari jamg`armalarning yana biri bo`lib, ish bilan ta`minlashga kumaklashish jamg`armasi. Ushbu jamg`arma «Axolini ish bilan taminlash to`g`risida » gi (1992 y 13 yanvar) qonuniga muvofiq Vazirlar Maxkamasining 1992 y 13 dekabrdagi 606-sonli «Ish bilan ta`minlashga kumaklashish Respublika jamg`armasining tashkil etish to`g`risida» gi qarori asosida tashkil etilgan.Jamg`arma mablag`lari qo`yidagi mablag`lar hisobiga shakllanadi:
- Mulkchilik shaklidan kat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar . Ushbu ajratma 2007 yilga 0,3 foiz miqdorida belgilangan.
- Ishdan bo`shab qolgan xodimlarni va ish bilan band bo`lmagan axolini kasbga yo`naltirish, qayta o`qitish va qayta tayyorlashga doir ishlarga.
- Ishsizlik bo`yicha nafaqalar tulash.
-Nogironlar va axolining ijtimoiy jixatdan kam ta`minlangan tabaqalari mexnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ishchi o`rinlarini tashkil etish.
- Ish bilan ta`minlash organlarini saqlash, moddiy - texnikaviy ta`minotni amalga oshirish.
- Axborot ma`lumotlarini tuplash, reklama-nashr ishlarini amalga oshirish, bo`sh o`rinlar yarmarkalarini o`tkazish va boshqalar.
Maqsadli jamg`armalar tarkibida yetakchi o`rinlardan birini O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xo`zuridagi Respublika yo`l jamg`armasi egallaydi.Ushbu jamg`arma O`zbekiston Respublikasi «Avtomobil yo`llari to`g`risida» gi qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 5-yildagi 334-sonli «O`zavtoyo`l davlat xissadorlik konserni» tarkibida tashkil qilingan. Ushbu jamg`armani tashkil qilishdan maqsad mamlakatimizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini loyixalash,qo`rish,to`zatish va saqlashni mablag` bilan ta`minlash, shuningdek Respublika yo`l tarmoqlaridan samarali foydalashni ta`minlashdir.
Respublika yo`l jamg`armasi 2008 yilda qo`yidagi majburiy ajratmalar va yig`imlar hisobiga shakllanishi ko`zda tutilgan: