Moliyaning mohiyati va funksiyalari. Moliya tizimini boshqarish


Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namayon bo`ladi va u asosan qo`yidagilarga bo`linadi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/7
tarix24.02.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#85480
1   2   3   4   5   6   7
Moliyaning mohiyati va funksiyalari. Moliya tizimini boshqarish

Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namayon bo`ladi va u asosan qo`yidagilarga bo`linadi.
  • 1. Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya ko`yidagilarda o`z aksini topadi.
  • - Yaratilgan yalpi ichki maxsulot dastlab korxonada,uni yaratishda ishtirok etgan xodimlarga, davlat budjetiga (soliq shaklida).
  • -Davlat moliyasi orqali har xil fondlarni shakllantirishga.
  • - Korxona va boshqalar o`z daromadlarining ma`lum qismini nodavlat va jamoa tashkilotlariga, ular tomonidan turli xayriya fondlarini tashkil etishga.
  • - Xayriya fondlaridan kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya etishga.
  • - Xonadonlar moliyasida –yaratilgan daromadni iste`mol va jamg`arma extiyojlariga taqsimlanishi.
  • 2. Nazorat funksiyasi – Bu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan o`zviy bog`lik bo`lib, u moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qiladi.
  • Ushbu funksiyaning bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish ,Xalq xujaligining barcha bug`inlari ishini yakunlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini to`g`ri tashkil etilishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni taminlashdan iborat.
  • Moliyaviy nazorat umudavlat, ichki xo`jalik ,jamoa va mustaqil nazoratlarga bo`linadi.
  • Umumdavlat nazorati Oliy Majlis, Moliya Vazirligi, Soliq ,kredit muassalari davlat qumitalari, vazirliklar, maxalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilib unda pul mablag`larini shakllanishi va sarflanishi nazorati olib boriladi.
  • Ichki xo`jalik nazorati korxona,tashkilot va muassasalarning moliyaviy xizmatlari (hisob,hisobot va rejalashtirish) bo`limlari tomonidan pul mablag`larining shakllanishi va harajatlar ustidan nazoratni ta`minlaydi.
  • Jamoa nazoratini aloxida jismoniy shaxslar, o`z-o`zini boshqarish organlari va boshqalar ixtiyoriy ravishda olib boradi.
  • Mustaqil nazoratni mustaqil auditorlik firmalari amalga oshiradi.Bunda barcha xo`jalik subyeklari faoliyati natijalarining qonuniyligi, amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha va boshqalarga tegishli me`yoriy hujjatlarga mosligi, ularga amal qilinganligi nazoratdan o`tkaziladi.
  • Amalga oshirish muddatidan kelib chiqib moliyaviy nazorat birlamchi, joriy va yakuniy nazoratlarga ham bo`linadi.
  • Birlamchi moliyaviy nazorat korxonalar moliyaviy rejalarini budjet tashkilotlarini smetalarini, budjetlar loyihalarini va boshqalarni tuzish , ko`rib chiqish va tavsiflash bosqichlarida amalga oshiriladi.
  • Joriy moliyaviy nazorat rejalarni bajarilishi ,xo`jalik moliyaviy operatsiyalarini borishi jarayonida amalga oshirib, unda daromad va harajatlarni amalga oshirilishini to`g`riligi, o`z muddatidaligi tezkor va moslashuvchanlik asosida olib boriladi.
  • Yakuniy moliyaviy nazorat amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning to`g`riligi ,qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tekshirish, tahlil va audit qilish orqali amalga oshiriladi.
  • Shuning bilan birga ayrim mualliflar (A. O`lmasov,A Vaxobov, «Iqtisodiyot nazariyasi» Toshkent, 2006, 379-380 betlar ) moliyaning funksiyalariga rag`batlantirish, iqtisodiy axborot berish va ijtimoiy ximoya funksiyalarini ham kiritishadi. Bizning fondimizcha rag`batlantirish va ijtimoiy ximoya funksiyalari moliyaning taqsimlash funksiyasi natijasiligini, iqtisodiy axborot berish esa korxona ,tashkilot va muassasalarni funksional vazifalari ekanligini hisobga olib ularni moliyaning aloxida funksiyalariga ajratilishi maqsadga muvofiq emas.
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin