4. Moliya genezisi (taraqqiyoti) Ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar (tuzumlar) bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari bilan farqlanadi. О‘z navbatida, yangi ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. YAngi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Alohida olingan davlatda о‘zgarishlar Yuqoridagidyek kyetma-kyetlikda va bog’liqlikda sodir bо‘lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy qonuniyat xususiy holatlarga bog’liq bо‘lmaydi. Har bir ijtimoiy formasiya va Shunga muvofiq ravishda, Shu formasiyadagi (tuzumdagi) davlatga ma’lum bir Moliyaviy tuzilma javob beradi (mos kyeladi). Turli ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarda (tuzumlarda) Moliyaning farqlanishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi:
har qanday ijtimoiy formasiyaga (tuzumga) jamiyatning о‘z sinfiy tuzilmasi mos kyeladi. Bunda Moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;
har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formasiyada (tuzumda) Moliya hukmron sinfning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bо‘ysunadi;
ishlab chiqarishning yangi usuli xо‘jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga kyeltiradi. Masalan, quldorlik va fyeodal formasiyalarda (tuzumlarda) natural munosabatlar xos bо‘lgan bо‘lsa, Shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xо‘jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;
agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, Shu vazifalarga Moliya ham xizmat qiladi;
XX asr tajribasi ogohlantiradi (о‘qitadi, ta’lim beradi, tarbiyalaydi):
aniq sinflarga bо‘lingan davlat mavjud bо‘lmaydi;
turli ijtimoiy tuzilmaga ega bо‘lgan davlatlar bir tarixiy davrda bо‘lishi mumkin;
bir ijtimoiy-tarixiy formasiyadan (tuzumdan) ikkinchisiga о‘tish asrlar davomida sodir bо‘lishi mumkin;
faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalarning emas, balki Moliyaning ham eksport qilinish ehtimoli mavjud.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan mamlakatlarda ham pul о‘zining barcha funksiyalarini bajaraolmagan. Shunga mos ravishda pul munosabatlarining tizimi sifatida Moliya ham eng umumiylik kasb etaolmagan. Ibtidoiy-jamoa tuzumining xо‘jalik tuzilmasi tо‘g’risida aniq ma’lumotlar mavjud bо‘lmaganligi uchun gumon (taxmin) qilish mumkinki, doimiy davlat apparati yо‘q bо‘lganligi uchun ana Shunday davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish ham bо‘lmagan. Davlat apparatining shakllanishi, unga tyegishli bо‘lgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qо‘shinlarga asos solinishi, yо‘l qurilishining jorish etilishi bilan Moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining asosiy manbalari kontribusiyalar, harbiy о‘ljalar, natural soliqlar va boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr mobaynida aholining qandaydir guruhlari pul kо‘rinishidagi soliqlarni tо‘lagan bо‘lishi mumkin. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, quldorlik formasiyasiyasida (tuzumida) pul kо‘rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik xarakteriga ega edi. Xuddi Shuningdyek, natural xо‘jalik Yuritishga asoslangan fyeodalizmda ham pullik soliqlar ustuvorlik kasb qilishi mumkin emas edi.
Shuni idrok etish (tuShunish) eng muhimki, jamiyatning tovar-pul munosabatlariga о‘tishi munosabati bilan iqtisodiy kategoriya sifatida Moliya umumiylik xarakteriga ega bо‘ladi. Biroq, hatto ana Shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulsiz xarakterga ega bо‘lgan myetodlari saqlanib qolishi mumkin. Buning mumtoz misoli sifatida yoppasiga harbiy majburiyatni kо‘rsatib о‘tish mumkin.
Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat о‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning tizimini yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va myetodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Biroq, fondlarni shakllantirishning manbalari cheklangan va hyech bir davlat о‘z ehtiyojlarini qondirish uchun daromadlarning yangi manbalarini ixtiro qilish mumkin emas. Bu yerda gap undirishning shakllari tо‘g’risida emas, balki uning ob’yektlari tо‘g’risida kyetayapti. Ana Shunday ob’yektlar sifatida har doim mulk va daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari tо‘g’risida gapiriladigan bо‘lsa, u holda hatto antik gryek davlatlaridayoq tо‘g’ri (bevosita) soliqlar bilan birgalikda egri (bilvosita) soliqlar ham paydo bо‘lgan. Tо‘g’ri (bevosita) soliqlar yer va mol egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliq joriy etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar bojxona bojlari va savdoga soliq shakllarida maydonga chiqqan.
Rim impyeriyasida armiyada pulli tо‘lanmalar (yollanmalar va ofisyerlar uchun) joriy etilgan. Bu va Shunga о‘xshash boshqa ehtiyojlar (tamoshalarni tashkil etish, ishsiz fuqarolarga yordam kо‘rsatish va boshqalar) pulli xarajatlarni talab etgan. Shuning uchun ham harbiy о‘ljalar va kontribusiyalarga qо‘shimcha ravishda pulli soliqlar joriy etilgan. Qulni sotish va sotib olish uchun tо‘lanadigan soliq ana Shunday soliqlarning dastlabkisidir. Nooziq-ovqat buYumlarini sotganlik uchun (1% miqdorida) ham soliq undirilgan. Urushlar davrida har bir fuqaro mol-mulkdan undiriladigan favqulodda soliqni ham tо‘lagan. 5% miqdorida undiriladigan myerosdan olinadigan soliq joriy etilgan. Ijtimoiy tuzum sifatida fyeodalizm yo qullarga egalik qilish, yo patriarxal tuzum asosida rivojlangan. Biroq bu yerga xususiy egalik va dyehqonlarning kryepostnoyligiga (biriktirilganligiga) asoslangan ijtimoiy tuzumga keskin ta’sir kо‘rsatmagan. Kryepostnoy (biriktirilgan) dyehqonlar bо‘lmagan joyda fyeodalizm ham mavjud bо‘lmagan.
Har bir mamlakatda markazlashtirilgan hukumatning roli va uning funksiyalari fyeodallarning ta’siri ostida belgilangan. Fyeodal о‘zi egalik qiladigan joy chyegaralari doirasida о‘z soliqlarining tizimini joriy etgan. Markaziy hokimiyat xо‘jalik hayotiga, xususan, aholini soliqqa tortish masalalarini faqat fyeodal bilan muvofiqlashtirilgan chyegara doirasida aralaShuvi mumkin edi. Yevropada fyeodal bо‘linuvchanlikka birinchi marta salb Yurishlari orqali kelib chiqqan risarliklarning kuchsizlanishi oqibatida barham berilgan1. Alohida olingan davlatlar о‘rtasidagi urushlar boshqalarga nisbatan urushlar tufayli boyigan mamlakatlarda qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. YEr egalarini saqlashga sarf qilingan tо‘lanmalardan tashqari dyehqonlar yо‘llar, qasrlar, qal’alar qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog’liq bо‘lgan boshqa ishlarni ham bajarishga majbur bо‘lganlar. Hunarmandlar fyeodal va shahar hokimiyatlariga soliqlarni faqat о‘zlarining buYumlari bilan emas, balki pullari bilan ham tо‘laganlar. Savdogarlar fyeodalga sovg’alar va daromadlaridan tо‘lovlardan tashqari tranzit va boshqa bojlarni tо‘laganlar.
О‘rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor о‘z soliqlari va о‘lponlarini joriy etgan. Hatto davlatning ichida ham soliq va о‘lponlarni unifikasiya qilish tо‘g’risida gap bо‘lmagan. AbsolYutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi pulli soliqlarga о‘tishga sabab bо‘ldi. Jamiyatda tovar munosabatlari qancha Yuqori bо‘lsa, pulli soliqlarning salmog’i ham Shuncha katta bо‘la borgan. Fyeodalizmning о‘rta va sо‘nggi davrlariga xos bо‘lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish tizimining mavjudligini e’tirof etish mumkin. Sotib oluvchilar xazinaga kelishilgan yoki qayd etilgan summani tо‘lab, daromadlarning katta qismini о‘z ixtiyorlariga qoldirganlar. Shuning uchun ham sotib oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar fyeodal munosabatlarni burjua munosabatlariga aylantirishda eng asosiy manfaatdorlar shaklida maydonga chiqqanlar.
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qо‘lida katta miqdordagi pul resurslarining tо‘planishga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi mulkdorlariga, burjuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va pryefyeryensiyalari, tо‘siqli bojxona bojlari va soliq immunityetlari kapitalning jamg’arilishiga olib kyeldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamg’arilgan kapital endigina tug’ilib kyelayotgan sanoat sari yо‘l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. Va nihoyat, hukumat, uzluksiz fyeodal urushlarini olib borib, qurol-yaroq, harbiy inshootlar, flotni qurishning buYurtmachisi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq tizimi orqali qayta taqsimlab kapitalning sanoatda tо‘planishiga (jamg’arilishiga) olib kyeldi (imkon berdi). Kapitalning jamg’arilishiga sanoatning rivojlanishini rag’batlantirgan, burjuaziyaning mustahkamlanishiga sharoit yaratib bergan mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam berdi.
SHaharlar va sanoatning rivojlanishi ishchi kuchi oqimini talab etgan. Ishchilar salmog’ining aholi umumiy soniga nisbatan ortib borishi jamiyatdagi natural munosabatlarni qisqartirdi. Bularning barchasi kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. Burjuaziya tomonidan hokimiyatning qо‘lga kiritilishi monarxiyaning yemirilishi yoki uning hokimiyatchilik vakolatlaridan mahrum bо‘lganligini anglatadi. Hokimiyat tyepasiga kelib, burjuaziya “soliq zulmi”ni pasaytirishga emas, balki fyeodallarga tyegishli bо‘lgan imtiyozlarga barham berishga va soliqlarni mehnatkashlarning zimmasiga Yuklashga intildi. Davlatdagi umumiy soliq Yuki yengillashmaydi. Turlicha tarzda ta’sir etadigan omillarning ta’siri ostida burjuaziya kapitalni yanada jamg’arish va о‘z foydasini yanada о‘stirish uchun о‘zini tyegishli imkoniyatlar bilan ta’minladi.
Kapitallar harakatidagi milliy chyegaralarga barham berilishi bilan banklar, birjalar va mustamlkachilik urushlari bunday vaziyatning instrumyentlari bshlib qoldi. Burjuaziya ekspluatasiya qilishning butun og’irligini bosb olingan mustamlakalar ishchilari gardaniga Yuklab, о‘z mamlakatlari ishchilarining ashaddiy himoyachilariga aylandi. О‘z daromadlari uchun ishchilar sinfining qarshi kurashi burjuaziya qо‘lida kapitalning yanada konsyentrasiyalaShuviga (tо‘planishiga) imkon beruvchi yangi Moliyaviy institutlarning paydo bо‘lishiga olib kyeldi. Bu yerda gap tibbiy va sosial sug’urta, mol-mulk va hayot sug’urtasi tizimlari tо‘g’risida kyetayapti. Barcha mamlakatlarda burjuaziya davlat tufayli soliqlarning juda katta qismini о‘z qо‘liga qurol-aslahaga, transport qurilishiga, uy-joy qurilishiga va h.k.larga buYurtmalar orqali tо‘playdi (konsyentrasiya qiladi).
Xususiy-tadbirkorlik prinsiplariga asoslangan tizim sifatida kapitalizmning taraqqiy etishi bilan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining kuchayishi va Shu asosda kapitalning rivojlangan mamlakatlarda konsyentrasiyalaShuvi kuzatiladi. Na faqat soliq imtiyozlari va hukumat buYurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi, norentabelli korxonalar va butun tarmoqlarni sotib olish, noishlab chiqarish infratuzilmani Moliyalashtirish va h.k.lar orqali davlat har doim milliy burjuaziyaning pozisiyalarini mustahkamlashda hal qiluvchi rolni о‘ynaydi. Iqtisodiy tanazzullar va iqtisodiyotning stagnasiya davrlarida soliqlar, kreditlar va buYurtmalar bilan manipulyasiya qilish asosida о‘zining tartibga soluvchilik (ryegulyatorlik) rolini faollashtiradi. Buning mumtoz misoli sifatida 1929 yildagi iqtisodiy tanazzul paytida AQSH hukumatining Yurgizgan siyosatini kо‘rsatish mumkin.
Bugun kundalik turmushga “finansi” (“Moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallifni aniqlash juda murakkab. Bu atamaning birinchi muallifi sifatida 1577 yilda “Respublika xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Bodyenni qoldirish (hisoblash) mumkin. Undan sо‘ng bu atama dunyoning barcha boshqa tillariga kirib borgan. Biroq ayrim adabiyotlarda bu atamaning lotin tilidan olinganligi tо‘g’risida isbotlanmagan qarashlar ham mavjud. Bu nashrda «finansi» («Moliya») atamasi davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa sub’yektlari о‘rtasidagi munosabatlar tizimini ifodalash uchun foydalanilgan. Hozirgi nuqtai-nazardan bu munosabatlarni Moliyaga kiritish maqsadga muvofiq emas. CHunki ular pulli xarakterga ega bо‘lmagan. Biroq, natural munosabatlar ustuvorlik qilgan iqtisodiy formasiyalardagi (tuzumlardagi) natural soliqlar va shaxsiy tо‘lanmalarning iqtisodiy mohiyati tovar-pul munosabatlari rivojlangan iqtisodiy formasiyalardagi (tuzumlardagi) pulli soliqlarning iqtisodiy mohiyati bilan bir xildir.
Moliyaga bag’ishlangan ishning birinchi Yevropalik muallifi Ksyenofont (eramizdan avvalgi 430-355 yillar) hisoblanadi. Uning Shu xususdagi asari “Afina respublikasining daromadlari tо‘g’risida” dyeb nomlangan. Aristotyelda (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) Moliya sohasidagi qarashlar uning “Afina davlat tuzilmasi” dyeb nomlangan asarida bayon qilingan. Eramizning 948 yilida soliqlar tо‘g’risida asar yozgan Qadam ismli arab olimining nomi ham fanda ma’lum. Moliya muammolari bilan Shug’ullangan Yevropalik olimlarning uzoq rо‘yxatini F.Akvinskiy (1225-1274 yillar) boshlab beradi. U ilk marta qirolning soliqlarni undirish borasidagi huquqini asoslashga uringan.
Moliya bо‘yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga F.Pyetrarka, D.Karaf, Bernardo, F.Gvichchardini, Dj.Botyero, N.Makiavyeli va boshqa italiyaliklarni kiritish mumkin.
XUP asrda Moliya nazariyasining rivjlanishiga ingliz iqtisodchilari katta hissa qо‘shgan. Ularning orasidan T.Myen, Dj.Lokk, T.Gobbs, Gautonlarni alohida ajratib kо‘rsatish kerak.
L. fon Syekyendorf, S.Pufyendorf, I.YUsti va I.Zonnyenfyels kabi nyemis olimlari XUP-XUSH asrlarda Moliya fanini boyitishga о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shganlar. Ular adabiyotlarda kamyeralistikaning nyemis maktabi vakillari sifatida kiritilgan. I.YUsti 1746 yilda nashr etilgan “Moliya mohiyatining tizimi” asarida Moliya tо‘g’risidagi kamyeralistik maktab vakillarining qarashlarini umumlashtirdi. Bu asrda birinchi marta Moliya fani va Moliyaviy siyosat ajratilib kо‘rsatilgan (chyegaralangan).
Fiziokratlarning о‘tmishdoshlari ham iqtisodiyotni о‘rganganlar. Ularning asarlarida Moliyaning turli yо‘nalishlari (aspyektlari) tahlil va tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatoriga T.Gobbs, Dj.Lokk, D.YUm, V.Pyetti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.StYuartlarni kо‘rsatish mumkin. Aynan V.Pyetti (1623-1687 yillar) о‘zining “Soliqlar va yig’imlar xususida traktatlar” asari bilan burjua siyosiy iqtisodining ilk namoyandasi (boshlovchisi) hisoblanadi.
Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi (tug’ilishi) va rivojlanishi XUSH asrga tо‘g’ri kyeladi. Bu maktabning vakillari Moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (fransuzlar – A.TYurgo, F.Kyene va V.Mirabo, inglizlar – A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil bо‘lishiga qaramasdan mumtoz maktab vakillarining Moliya tо‘g’risidagi ta’limotlarini quyidagi tо‘rtta asosiy yо‘nalishga kyeltirish mumkin:
davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi;
davlatni saqlash (ushlab turish) arzon bо‘lmog’i lozim, chunki davlatning boshqaruv xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;
davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini, buza olmaydi, cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni о‘rnatish yо‘li bilan ham mamlakatning xо‘jalik hayotiga aralashmasligi kerak;
davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy prinsiplariga qat’iy rioya etmog’i lozim:
о‘z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq tо‘lashi kerak (bu qoida ruhoniylar va asozodalarning soliq immunityetiga qarshi yо‘naltirilgan);
soliqni oldindan aniq belgilash (aniqlash) zarur;
soliqni soliq tо‘lovchi uchun qulay bо‘lgan vaqtda undirish lozim;
soliqlarning undirilishi (olinishi) arzon bо‘lishi kerak.
Kapitalistik tizimning fyeodalizm ustidan g’alabasi yangi ishlab chiqarish munosabatlarini u yoki bu darajada himoya qiluvchi iqtisodiy maktablar va qarashlarning vujudga kelishiga olib kyeldi. SHо‘rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy maktabning vakillari vulgar iqtisodchilar guruhiga birlashtirilgan edi. CHunki ular, asosan, davlat daromadlarini shakllantirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, uning xarajatlarini tahlil etish burjua hukumatlari tо‘g’risida salbiy tasavvur hosil qilishi mumkinligi tо‘g’ri dyeb hisoblagan edilar. Bu maktabning yetakchi namoyandalaridan biri “Siyosiy iqtisod asoslari” dyeb nomlangan о‘z asarini 1848 yilda chop etgan Dj.Mil hisoblanadi. X1X asrning oxirlaridagi Moliyachi-olimlar qatoriga 1877 yilda Moliya fani kursini nashr etgan fransuz P.Lye-rua-Bolyeni va 1892 yilda “Davlat Moliyasi” kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin. X1X asrda Moliya nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qо‘shib, 1826-1832 yillarda uchinchi qismi tо‘liq Moliyaga bag’ishlangan siyosiy iqtisod kursini nashr ettirgan K.Raudir. Uning “Moliya fanining asosiy boshlanishi” dyeb nomlangan asari 1867 yilda rus tilida nashr etilgan va Rossiyada Moliya fanining rivojlanishiga о‘zining keskin ta’sirini kо‘rsatgan.
X1X asrning birinchi 1/3ida nashr etilgan nyemis olimlaridan Sodyen (1811 yil), YAkob (1821 yil), Malxus (1830 yil) va SHyenlarning (1832 yil) Moliya tо‘g’risidagi asarlari alohida mashhurlikka ega bо‘lmagan bо‘lsa-da, Lekin bu ishlar “Moliya” tuShunchasining tarkibiga birinchi marta mahalliy Moliyani kiritgan L.fon SHtyeyn va Moliya fanining mumtozi A.Vagnyerlar (uning “Moliya tо‘g’risidagi fan” asari 1880 yilda nashr etilgan) dunyoqarashlarining shakllanishida katta rol о‘ynadi. X1X asr oxirlarining yetakchi Moliyachi-olimlari qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQSHlik E.Syeligmanni va nihoyat, “Moliya fani asoslari” dyeb nomlangan asari 1869 yilda (1900 yilda – rus tilida) nashrdan chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish mumkin. XX asr Moliyachilarining qarashlari maxsus adabiyotlarda yetarli darajada bayon qilingan. Biz uchun esa, ba’zi bir ob’yektiv va sub’yektiv sabablarga kо‘ra, rus iqtisodiy (Moliyaviy) adabiyotida “Moliya” tuShunchasining genezisini (taraqqiy etishini) kо‘rib chiqish ham ma’lum bir ahamiyatga egadir.
Moliya sohasidagi bayonning birinchi rus muallifi Ivan Grozniy davrida yashagan I.S.Pyeryesvyetov hisoblanadi. U davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina daromadlarini kо‘paytirish va davlat resurslarini markazlashtirishning tarafdori bо‘lgan.
XUP asrdan bizgacha YU.Krijanich va G.Kotoshixinlarning Moliya xususidagi asarlari ham yetib kyelgan. YU.Krijanich о‘z asarlarida Yevropalik mualliflarning iqtisod va Moliyaga oid qarashlari va mulohazalaridan keng foydalanadi, ularni Rossiyaning ehtiyojlariga “bog’laydi”. U davlatning boyishi usullariga (masalalariga) jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki guruhga – boyishning “tо‘g’ri” va “notо‘g’ri” usullariga bо‘ladi va bu narsalarning dunyoda allaqachan ma’lum ekanligi va ularning yangilarini о‘ylab topmaslik kerak dyeb hisoblaydi.
G.Kotoshixinning 1664 yilda yozilgan va “Alyeksyey Mixaylovich podshohligidagi Rossiya tо‘g’risida” dyeb nomlangan asari oradan ikki Yuz yil о‘tgandan sо‘ng ma’lum bо‘lgan. Unda XUP asrning о‘rtalaridagi Rossiyaga tyegishli bо‘lgan katta ma’lumotlar kyeltirilgan.
XUSH asrning boshlarida Moliya nazariyotchilarining yirik vakili I.Pososhkov hisoblanadi. Uning Moliya sohasidagi taklifini quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani undirayotgan paytda uning tо‘lovchisini xonavayron qilmasdan, tо‘lovchidan tо‘lovni amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni olmoq lozim.
XUSH asrning ikkinchi yarmida Moliya nazariyasiga oid bir nyecha asarlar paydo bо‘ldi. Ularning orasida yaqqol kо‘zga tashlangani A.Polyenovning “Rossiya dyehqonlarining kryepostnoylik holati xususida” dyeb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada birinchi bо‘lib “soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy sug’urtaning zarur ekanligi isbotlangan, Rossiyaning amaldagi soliq tizimi tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilingan.
A.Narishkin 1767 yilda e’lon qilingan va “Iqtisod” dyeb nomlangan maqolasida soliqlarga oid bir nyecha qiziqarli mulohazarlarni oldinga suradi, soliqlar va davlat о‘rtasidagi bog’liqlikni tahlil qiladi.
Rossiyada “Moliya” atamasining paydo bо‘lishi XUSH asrga borib taqaladi. Bu atama rus tiliga fransuz tilidan kirib kyelgan bо‘lib, qariyb yarim asr mobaynida “xazina” atamasi bilan yonma-yon ishlatilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida “Moliya” ilmiy tuShunchasi 1767 yilda Moskva univyersityeti tomonidan nashr etilgan “Ensiklopyediyadan tarjimalar” kitobining sо‘zboshisida ishlatilgan. Bu yerda “Moliya” tuShunchasi “davlat daromadlariga tyegishli bо‘lgan ish” dyeb talqil qilingan. Uni ilmiy muomalaga birinchi marta Moskva univyersityetining huquq bо‘yicha profyessori S.Dyesniskiy kiritgan. 1802 yilda Moliya vazirligining tashkil etilishi bilan bu atama ilmiy muomalalarda mustahkam о‘rin egallay boshladi. Biroq 1835 yilga qadar, ya’ni rus univyersityetlarida “Moliyaviy huquq” kursi paydo bо‘lgancha qadar Moliya mustaqil fan sifatida emas, balki siyosiy iqtisodning tarkibiy qismi sifatida qaralgan. Amaliyotda esa, kо‘proq “xazina” atamasi ishlatilgan.
A.Radishyev о‘zining “Jon yig’imi xususida” dyeb nomlangan asarida birinchi marta soliqlarning mohiyatini, iqtisodiy tabiatini, turlarini tadqiq etgan.
Moliya tо‘g’risidagi birinchi rus monografiyasi 1810-1811 yillarda N.Turgenyev tomonidan yozilgan.
Moliya sohasidagi о‘ziga xos asarlarga graf Spyeranskiyning Moliyaviy Rejasini, Moliya nazariyasi bо‘yicha birinchi ruscha bо‘lgan I.Gorlovning darsligini, YU.Gagyemaystyer, V.Kuri, D.Tolstoylarning Moliyaning rivojlanish tarixiga bag’ishlangan tadqiqotlarini, M.Orlovning davlat krediti tо‘g’risidagi ishlarini kiritish mumkin.
X1X asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va Moliyaning nazariy masalalariga bag’ishlangan asarlar orasida I.SHilning monografiyasi alohida о‘rin egallaydi. Uning fikricha, Moliya nazariyasi davlat xazinasi g’oyasiga bо‘ysundirilgan.
Rus fanida F.Milgauzyen birinchi marta Moliya va Moliya fanini chyegaralab bergan. U birinchilardan bо‘lib, Moliyaning pulli tabiatidan voz kyechgan.
Moliyaning mohiyatini idrok etishda D.Lvov о‘zining о‘tmishdoshlaridan ancha oldinga kyetgan va u Moliya deyilganda resurslar va boyliklarni emas, balki ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni tuShungan.
X1X asrning oxirlarida V.Lyebyedyev, I.YAnjul, L.Xodskiy, S.Vittye va I.Ozyerovlar asarlari Moliya nazariyasini rivojlantirishga о‘zining munosib hissasini qо‘shgan.
Kapitalizm ilk davridagi Rossiyaning Moliya fani akadyemik I.YAnjulning asarlarida о‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, Moliya fanining pryedmyeti davlatning moddiy ehtiyojlarini eng yaxshi qondirish usullarini tadqiq etish hisoblanadi.
Rossiya Moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozyerovning xizmatlari ham katta. U Moliyaga nisbatan yangicha yondoShuvni asoslab bergan. Uning nazarida Moliya vosita yoki resurs emas, balki munosabatlardir.
Prof. L.Xodskiy Moliya fanining chyegaralarini biroz kengaytiradi va uning tarkibiga pul muomalasi masalalarini ham kiritadi.
1882-1885 yillarda о‘zining “Moliyaviy huquq” asarini nashr ettirgan Sankt-Pyetyerburg univyersityetining profyessori V.Lyebyedyev ham Moliya nazariyasini rivojlantirishga munosib xizmat kо‘rsatgan. U Moliyaning tarkibiga faqat pul daromadlarini kiritibgina qolmasdan, natural soliqlarni ham kiritadi, davlat xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi.
XX asrning boshlarida Moliyaga oid M.Bogolyepov, V.Tvyerdoxlyebov, A.Bukovyeskiy va P.Genzyellarning asarlari paydo bо‘ladi.
SHо‘rolar davrida Moliya fanining taraqqiy etishida etishida V.Dyachyenko, A.Alyeksandrov, A.Birman, E.Voznyesyenskiy, V.CHantladzye, B.Boldiryev, V.Rodionova, P.Nikolskiylar о‘ziga xos tarzda yondoshganlar. Ularning asarlari hozirgi kunda о‘z talabiga ega bо‘lmasa-da, bizning fikrimizcha, kyeyingi yillar tadqiqotchilari uchun ular qiziqarli pryedmyet bо‘lishi, Shubhasiz.
Moliya genezisida (taraqqiyotida) va uning nazariy masalalarini tadqiq etishda о‘zbekistonlik Moliyachi olimlarning zalvori, ba’zi bir ob’yektiv va sub’yektiv sabablarga kо‘ra, Yuqori bо‘lmasa-da, Shunday bо‘lishiga qaramasdan bu borada prof.H.Sobirov, dos.X.Muratov, dos.H.Muxamyednazarov, dos.Q.YAh’yoyev, prof.O.Olimjonov, prof.T.Malikov, prof.N.Haydarov, prof.O.Iminov, prof.A.Jо‘rayev, prof. M.Almardonov va boshqalarning qarashlari ham о‘z о‘rniga ega.
1 Афсуски, Ўрта Осиёдаги вазият баъзи бир объектив ва субъектив сабабларга кўра тегишли мутахассислар томонидан етарли даражада тадқиқ этилмаганлиги ва мавжуд манбалар устида ишлашнинг жуда мураккаблиги муносабати билан масаланинг бу жиҳатларига ўз Ватанимиз мисолида тўхталиб ўтишга имконимиз йўқ. Қўлланманинг кейинги нашрларида бунга барҳам беришга ҳаракат қиламиз ва уни тегишли ишончли материаллар билан бойитиб, тўлдирамиз.