Moliyasi tizimidagi ahamiyati


International Conference on Developments in Education



Yüklə 207,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix24.04.2023
ölçüsü207,57 Kb.
#101864
1   2
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org June 8
th
 2022 

Rivoj topgan mamlakatlarning iqtisodiy amaliyotidagi davlat byudjetining g‘aznachilik tizimini O’zbekiston 
Respublikasida joriy qilish va uni yanada rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning 
axborotlashtirilgan tizimiga asos solish davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlarga 
ega bo‘lish uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishning 
ta’minotdir. Yana aytish joizki, davlat byudjetida mablag‘lardan samarali hamda maqsadli foydalanish 
maqsadida ham g‘aznachilik tizimi joriy qilindi. Ushbu tizimning yaratilishi iqtisodiy soha uchun joriy va 
yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish bo‘yicha kattadan-katta o‘zgarishlarning amalga oshishiga sabab 
bo‘ldi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar hayotida davlat byudjeti ijrosini boshqarish asosan, g‘aznachilik 
tizimiga asoslanib amalga oshiriladi. Davlat byudjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy qilinishi 
respublikaning iqtisodiy sohasidagi bugungi kunda byudjet islohotlarining ulkan yo‘nalishlaridan biri deyilsa, 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati byudjet daromadlarini to‘liq 
va o‘z vaqtida to‘plash bilan bir qatorda byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish uchun ham byudjet 
xarajatlarining nazoratiga bo‘lgan ehtiyojning kuchaytirilishini talab qiladi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
albatta, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimidagi 
o‘tkazilayotgan tub islohotlar mohiyati moliya tizimida davlat byudjeti ijrosini takomillashtirish, g‘aznachilik 
tizimining joriy qilinishi sanaladi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — byudjet mablag‘larini samarali 
boshqarish, byudjet mablag‘larining moliyaviy nazoratini kuchaytirish va barcha byudjet tashkilotlarining 
xarajatlarini boshqarishda g‘aznachilik faoliyatining joriy qilinishiga, amalda bo‘lishiga erishishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Steven M. Bragg. “TREASURY MANAGMENT” The Practitioner’s Guide. 
2. T.Eshnazarov. Davlat byudjetining g’azna ijrosini rivojlantirish omillari. “Byudjet ijrosiga g’aznachilik 
tizimini joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya 
materiallari to’plami. – Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA» nashriyoti, 2011 y. 

Yüklə 207,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin