Zanjirli bog‘lanish usulida natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimli almashtirishlar orqali hisob-kitob qilinadi. Biroq, tahlil qilinadigan ko‘rsatkichlarning ta’sir birliklari funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi.
Zanjirli bog‘lanish usulida zanjirli tizimdan foydalanilganligi sababli uning nomi zanjirli usul deb nomlangan. Bu tartib natijaviy ko‘rsatkichga har bitta omilning ta’sir darajasini hisoblashda ushbu omilning yangilangan ifodasi olinishi bilan farq qiladi. Qolgan barcha ta’sir birliklar o‘zgarishsiz qoldiriladi va h.k. Ushbu omillar oxirgi omil ta’sirini aniqlashga qadar davom ettiriladi.
Zanjirli usulni turli ifodalarga nisbatan qo‘llash mumkin va bu uni qo‘llash imkoniyatlarini oshiradi va universalligini ta’minlaydi.
Zanjirli bog‘lanish usulida ta’sir etuvchi birliklarni hisoblash metodikasi
Ifoda
Ko‘rsatkichlar
O‘zgarishga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitoblari