Moliyaviy aktivlar haqida tushuncha


Moliyaviy aktivlarining misoli



Yüklə 150,53 Kb.
səhifə2/11
tarix07.01.2024
ölçüsü150,53 Kb.
#203682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
aktivlar haqida tushuncha

Moliyaviy aktivlarining misoli
Korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar moliyaviy aktivlarga ega. Investitsiya yoki aktivlarni boshqarish kompaniyasi uchun moliyaviy aktivlar tarkibiga mijozlar uchun boshqariladigan aktivlar (AUM) deb nomlangan portfel firmasidagi pul mablag'lari kiradi. Masalan, BlackRock Inc. AQShdagi va dunyodagi eng yirik investitsiya menejeri bo'lib, uning AUMdagi $ 6,5 trln (2019 yil 31 mart holatiga ko'ra).
Banklar holatida moliyaviy aktivlar mijozlarga berilgan qarzlarning qiymatini o'z ichiga oladi. AQShning 10-eng yirik banklaridan biri bo'lgan Capital One 2019 yil birinchi choragidagi moliyaviy hisobotida jami aktivlari 372,537,597 milliard dollarni tashkil qildi; shundan 247,090,748 milliard dollari ko'chmas mulk bilan ta'minlangan, tijorat va sanoat kreditlari bo'lgan.

  1. Bank aktivlari tarkibi va bank aktivlari risklarining turkumlanishi.

  2. Aktivlar risklarini boshqarish tahlili.

  3. Australiya banklari aktivlari risklari tasniflanishi va tahlili.



  1. Bank aktivlari tarkibi va bank aktivlari risklarining turkumlanishi.

Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflashda “Tijorat banklariningaktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo`yicha ehtimoliy yoqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to`g’risida”gi nizomga muvofiq ta’riflanadi va asoslanadi. Bunga ko`ra, aktivlar - kredit, mikroqarz, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablag‘lar, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, bankning boshqa xususiy mulklari, bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda kredit tavakkalchiligi mavjud bo‘lgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari moddalar kabi sifatlar bilan tasniflanadi.
Bank aktivlari tarkibi deyilganda, balans yakuniga nisbatan har hil sifatdagi aktivlar salmog’I tushuniladi. Tijorat banklari aktivlarini asosan tort kategoriyaga bo`lib o`rganiladi.

  • Kassadagi pul mablahg’lari va ularga tenglashtirilgan mablag’lar;

  • Investitsiya va qimmatli qog’ozlar;

  • Kredit va ssudalar;

  • Binolar va asbob- uskunalar;

Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aktivlar sifatini aniqlashning asosiy mezoni bo`lib, riskka tortilgan aktivlarning kapitalga nisbati maydonga chiqmoqda va shunga asosan banklar reytingi belgilanadi. Bular quydagi tiplardan iborat.

  • Kuchli

  • Qoniqarli

  • O`rtacha

  • Muommoli

  • Qoniqarsiz

Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo`linadi.
Daromad keltiruvchi aktivlar:

  • Barcha berilgan kreditlar;

  • Investitsiyalar

  • Xazina veksellari

  • Davlat obligatsiyalari

  • Qimmatli qog’ozlar

Daromad keltirmaydigan aktivlar:

Tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli aktivlar qatoriga kiritish mantiqan toʻgʻri emas. Chunki tijorat qimmatli qogʻozlari aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida koʻplab korxonalarning qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlovsizlik muammosi mavjud. Bunday holatlarni ―Oʻzsanoatqurilishbank‖ ATBda, TIF Milliy bankida va boshqa tijorat banklarida kuzatish mumkin. Ana shu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz.
Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kassali aktivlardan tashqari tijorat banklarining balansidagi Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalarni ham kiritilishi lozim. Tijorat banklarining likvidli aktivlarining miqdorini depozitlarning nobarqaror qismiga nisbatan emas, balki joriy depozitlar va jamgʻarma depozitlariga nisbatan belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki aynan shu depozitlarning nobarqarorlik darajasi yuqori boʻlib, tijorat banklarida likvidlilik riskini doimiy tarzda yuzaga keltiradi. Fikrimizcha, depozitlarning barqaror qismining jami depozitlarning 75 foizi miqdorida shakllanishi rivojlangan xorijiy davlatlarning amaliyotiga xos boʻlgan holat hisoblandi. Mazkur mamlakatlarda moliya bozorlarining rivojlanganligi, moliyaviy holati barqaror boʻlgan mijozlarning koʻpligi, Markaziy bank monetar siyosatining maqsadi va vazifalarini aniq hamda shaffofligi, korxonalarning soliq yukini moʻtadil darajaga keltirilganligi va boshqa omillar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul oqimining barqaror darajasini taʻminlashga zamin yaratadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa, moliya bozorlari rivojlanmaganligi, Markaziy bankning monetar siyosatida noaniqliklarning mavjudligi, soliq siyosatining takomillashmaganligi va boshqa omillar xoʻjalik subyektlarining moliyaviy holatiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi. Bu holatlar, pirovard natijada, xoʻjalik subyektlari pul oqimining barqarorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Buning natijasida tijorat banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlar va jamgʻarma depozitlari qoldiqlarining nobarqarorligi kuchayadi.
Bazel standartiga koʻra, tijorat banklarining aktivlari risk darajasiga koʻra toʻrt guruhga boʻlinadi:1

Yüklə 150,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin