Keywords:
financial market, stock market, transnational corporations,
international financial relations
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1500
KIRISH
Korporativ boshqaruvning moliyaviy bozorlar faoliyatini tashkil qilish bilan
bog‘liq xalqaro modellari keng tadqiq etilganligiga qaramasdan, mazkur ilmiy va
amaliy tajriba mamlakatimiz iqtisodiyoti real sektorida amalda sust qo‘llanilmoqda.
Oqibatda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida korporativ boshqaruv shartlari yetarlicha
bajarilmayapti. Moliya bozori likvidliligi talabdagidek emasligi ikkilamchi bozor
samaradorligining mavjud holati aholi va qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa
ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyatini susaytirmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarni mohiyatini olimlar,
ekspertlar tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr
g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos
xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning
ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq
ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va
fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib
borilmoqda.
Xususan, xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab
o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan.
Lekin, har bir iqtisodiy kategoriyalar doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida
takomillashib boradi. Xalqaro moliya bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda
noan’anaviy zamonaviy yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai
nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy
qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga
olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish mavzuning dolzarbligini bildiradi.
ADABIYOTLAR SHARXI
Turli mualliflar xalqaro moliya bozori atamasini bir xilda izohlamaydilar.
Ko‘pincha ushbu tushunchadan ko‘plikda: xalqaro moliya bozorlari ko‘rinishida
foydalaniladi. Bundan tashqari, xalqaro moliya bozorini jahon ssuda kapitali bozori
tushunchasiga o‘xshatish uchrab turadi. Xalqaro moliya bozori atamasining turli
izohlardagi qat’iy farqi uning keng yoki tor ma’nodagi izohi hisoblanadi. Bunda keng
yoki tor ma’nodagi izohi ham turlicha tushuniladi. Masalan, taniqli olim
L.N.Krasavinaning qayd etishicha, “Xalqaro moliya bozorlari keng ma’noda –
mamlakatlar orasida pulli kapitallarning akkumulyatsiyasi va qayta taqsimotini
ta’minlovchi bozor munosabatlari sohasidir. Mohiyatan, bu tushuncha xalqaro moliya
bitimlari shartlarini belgilovchi uning ishtirokchilari manfaatlarining o‘zaro ta’sirini
anglatadi. Xalqaro moliya bozori tor ma’noda fond bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlar
bilan operatsiyalar bozoridir” [1]. Shuningdek, Krasavina xalqaro moliya bozorlari
tuzilmasini milliy hamda xalqaro darajadagi ishtirokchilar bilan o‘zaro bog‘liqlikda
taqdim egan (1-jadval).
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1501
1-jadval
Xalqaro moliya bozorlari tuzilmasi va ishtirokchilari [1]
Milliy ishtirokchilar
Bozor tuzilmasi
Xalqaro ishtirokchilar
1
2
3
Korporatsiyalar
Valyuta bozorlari, shu jumladan
yevrovalyuta bozori
Xalqaro korporatsiyalar, TMK
Banklar va
ixtisoslashtirilgan kredit-
moliya institutlari, shu jumladan
sug‘urta
kompaniyalari
Ssuda kapitallari bozorlari:
a) pul bozori;
b) kapitallar bozori;
c) yevrobozor
Xalqaro banklar, TMK,
ixtisoslashtirilgan kredit- moliya
institutlari, shu jumladan sug‘urta
kompaniyalari
Fond va tovar birjalari
Fond bozorlari
Yirik fond va tovar birjalari Xalqaro
valyutakredit va moliya tashkilotlari
Sug‘urta bozorlari
Oltin bozorlari
Xalqaro moliyaviy munosabatlar sohasida taniqli olim D.M.Mixaylov xalqaro
moliya bozorini unda muomalada bo‘lgan vositalar nuqtai nazaridan ko‘rsatib o‘tadi.
Bunda uning fikricha, jahon ssuda kapitali bozori va xalqaro moliya bozori “tushuncha
nuqtai nazaridan bu tushunchadan ko‘proq amaliy foydalanishda o‘xshash
kategoriyalar hisoblanadi”, xalqaro moliya bozorida esa qarz kapitali, qarz vositalari
va hosilaviy shartnomalar savdo obyektlari sifatida namoyon bo‘ladi [2].
Moliya bozori va ssuda bozori tushunchalarining o‘xshashligini boshqa
manbalarda ham uchratish mumkin. Masalan, “Moliya bozori (ssuda kapitallari bozori)
- kapitalga talab va taklif asosida kapitalni vositachilar yordamida kreditor va
qarzdorlar o‘rtasida qayta taqsimlash mexanizmi. U amaliyotda pul mablag‘lari
oqimini mulkdorlardan qarzdorlarga va aksincha yo‘naltiruvchi kredit-moliya
institutlari yig‘indisini namoyon etadi. Moliya bozorining asosiy vazifasi harakatsiz
pul mablag‘larini ssuda kapitaliga transformatsiyasidan tarkib topgan”
degan
tushunchalarni uchratish mumkin [3].
Shuningdek, ta’kidlash joizki, V.A.Slepov va E.A.Zvonovalar xalqaro moliya
bozori ta’rifida bozorning mohiyatini emas, balki moliyaviy tizim tushunchasini asos
qilib oladilar: “Xalqaro moliya bozori – xalqaro moliyaning xalqaro moliya tizimidagi
ma’lum doiralardagi harakati shakli” [4]. Mazkur mualliflarning fikricha, xalqaro
moliya bozori tushunchasi xalqaro moliya bozoriga nisbatan kengroq tushuncha
hisoblanadi, bunda xalqaro va milliy moliya bozorlari yig‘indisini tushunish lozim,
ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlar, alohidalik va mustaqillikka ega.
Shunday qilib, fikrimizcha, jahon kapital bozorlari atamasidan foydalanish
cheklangan ko‘rinishga ega. Bundan tashqari, kredit bozori nima uchun qarzga oid
qimmatli qog‘ozlar va bank kreditlari bozoridan iborat bo‘lishi noaniq bo‘lib
qolmoqda, bunda davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan kreditlar alohida
ajratilgan. Bir tomondan, ularning o‘ziga xosligini farqlash uchun alohida ko‘rsatish
maqsadga muvofiq, lekin boshqa tomondan, ular ham kredit bozori kategoriyasiga,
faqat ushbu muallif izohi holatida boshqa darajada kiradi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1502
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorini turli-tuman moliyaviy
vositalar, shu jumladan aktsiya, obligatsiya, valyuta, muddatli shartnomalarni hosil
qiluvchi hamda o‘zaro qayta sotuvchi xaridor va sotuvchilarning shartli (yoki real)
uchrashuv joyi sifatida keng (hatto keng pragmatik) ma’noda tushunish ustunlik qiladi
[5].
O‘zbekistonlik
iqtisodchi
olimlardan
A.Vahobov,
N.Jumayev,
U.Burxonovlarning “Xalqaro moliya munosabatlar” o‘quv qo‘llanmasida “Xalqaro
moliya bozorlari - mamlakatlar milliy manfaatlarini himoya qiluvchi tamoyillariga
asoslangan bo‘lib, bu davlatlararo har tomonlama hamkorlikni bir ko‘rinishdagi
xalqaro moliya bozorlari va ularning fondli ko‘rinishdagi umumjahon bozorlar
yig‘indisidir yoki davlatlarni yagona moliya va kredit siyosatini amalga oshiruvchi
bozorlar majmuasidir deb e’tirof etishgan [6].
Shuningdek, J.X.Ataniyazov, E.D.Alimardonovlarning “Xalqaro moliya
munosabatlari” nomli darsligida xalqaro moliya bozorini tarkibi va mazkur bozorga
chiqish mexanizmi to‘g‘risida fikr bildiradi. Xususan, xalqaro moliya bozori milliy
moliya bozori va xalqaro moliya bozoridan tarkib topganligini e’tirof etadi. Mualliflar,
chet el qimmatli qog‘ozlar ya’ni mamlakatlarda yevroobligatsiyalarni xalqaro
muomalaga chiqarish orqali yuzaga kelayotgan bozorlar yig‘indisiga asosiy e’tiborni
qaratadi [7].
TAHLIL VA NATIJALAR
Mоliya bоzоrining yuqоri dаrаjаdа tаshkillаshgаnligi uning аlоhidа fаоliyat
mехаnizmi
bilаn
bеlgilаnаdi.
Bu
mехаnizm
iqtisоdiyotning
qоnun
vа
kаtеgоriyalаrining to‘liq аmаl qilishi nеgizidа vа dаvlаtning rеgulativ siyosаti аsоsidа
mоliya bоzоrining bаrchа qatnashchilarining bеvоsitа ishtirоki nаtijаlаri bilаn
bеlgilаnаdi, dаvlаt vа iqtisоdiyot sub’еktlаri tоmоnidаn birgаlikdа hаrаkаtgа
kеltirilаdi.
3-rasm. Dunyo mamlakatlarining jahon moliya bozoridagi ulushi
(2020-yil holatiga) [8]
2020-yil holatiga nisbatan kam sonli mamlakatlar o‘rtasida moliya bozorining
salmoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%),
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1503
Xitoy (7%), Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%)
kabi dunyoning eng qudratli mamlakatlari o‘rin olgan.
Ko‘rinib turibdiki dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismi aksariyat
rivojlangan mamlakatlarga tegishli.
Jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri fond birjasi yoki qimmatli
qog‘ozlar(kapital) bozori hisoblanadi.
Moliya bozori hamda zamonaviy moliyaviy infratuzilmaning rivojlanishi
innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Faqat
shunday sharoitdagina investitsiya faoliyatini faollashtirish va investitsiya oqimlarini
ishlab chiqarish, so‘ngra esa yuqori texnologiyalar sohasiga qayta yo‘naltirish mumkin
bo‘ladi. Zamonaviy moliya bozorlarining asosiy unsurlarini yaratmasdan turib,
iqtisodiy
o‘sish
asosiy
omillaridan
biri
hisoblangan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalarning kirishiga erishib bo‘lmaydi.
Mоliya bоzоri fаоliyat ko‘rsаtishining аsоsiy tаmоyillаrigа riоya etilishi
dаvlаtning tаrtibgа sоlishgа оid chоrа-tаdbirlаri bilаn birgа fоnd birjаlаri vа bоzоr
qatnashchilarining birlаshmаlаri ishlаb chiqqаn qоidаlаrini uyg‘unlаshtirish аsоsidа
tа’minlаnаdi.
O‘z navbatida, pulning kapital sifatida ishlab chiqarishga safarbar etilishi
iqtisodiy salohiyatni kuchaytiradi, innovatsiyalar, fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtiradi va shu asosda xalq farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Moliya bozori iqtisodiy tizimning hal qiluvchi qismidir. Bu iqtisodni
qo‘zg‘atuvchi vosita bo‘lib, ortiqcha birliklar tanqislik birliklarini qondiradigan va har
xil moliyaviy kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar olib boradigan maydonchadir. Shu
sababli moliya bozorini rivojlantirishning maqsadi moliya bozorining vositachi sifatida
samarali ishlash qobiliyatini oshirishdir. Samarali moliyaviy bozor - bu chuqurlik va
kenglikdir, ya’ni ta’minot tomonida, aktivlarga talabning barcha sinflarini qondirish
uchun emitentlar, kredit tavakkalchiliklari va boshqalarni taklif etuvchi ko‘plab
moliyaviy vositalar mavjud. Talab tomonida, har xil turdagi investorlarning katta
miqdordagi investitsiya talabi bo‘lishi kerak, ular turli hil xavfxatarlarni qaytaradigan
ishtahalari bor. Bundan tashqari, emitentlar va investorlar o‘rtasidagi yaxshi xilma-
xillik odatda bozor nuqtai nazarini uyg‘unlashtiradi, moliyaviy aktivlarni faol
almashinuviga olib keladi. Yuqori likvidli moliya bozori, eng kam narx ta'siriga ega
bo‘lgan yirik va xilma-hil moliyaviy vositalarni chiqarishni ta’minlay oladi. Bu erda
moliyaviy vositalarni maqbul narxda tezda almashtirish mumkin. Samarali kliring va
hisob-kitoblar tizimi operatsiyalar narxini pasaytirishga yordam beradigan asosiy omil
hisoblanadi.
Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar xalqaro moliya bozori orqali
dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsimlandi. Xalqaro moliya bozori xalqaro
kapitallarga bo‘lgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1504
iqtisodiyotning moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan
sohadir.
Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o‘zgarishlarni boshqa bir
mamlakat moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog‘liq
bo‘lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini
ta’minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog‘lik rivojlanganligini
o‘zida namoyon etadi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda
muayyan bosqichlarda shakllangan (2-jadval). Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi
bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital – davlatlararo
tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat byudjeti mablag‘larini chet eldan qabul
qilish yoki chet elda joylashtirishdir. Xususiy kapital - xususiy yuridik shaxslar (firma,
korxona, tashkilot, banklar va boshqalar)ning mablag‘larini ularning boshqaruv
organlarining qarorlari asosida chet ellarda joylashtirishdir [9].
Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ikki xil ko‘rinishda: o‘rta, uzoq muddatli
hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo‘yilmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Xalqaro
kapital harakatida ssuda kapitalining qisqa muddatlisi afzal hisoblanadi. Ssuda
kapitalining shartlari o‘zgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun mamlakatda iqtisodiy
muhit o‘zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa
muddatli bo‘lishini ma’qul qilib qo‘rsatadi.
2-jadval
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi va uning shakllanish bosqichlari [7]
Bosqichlar
Yillar
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy o‘zgarishlari
Birinchi bosqich
1860-yillar
Tashqi savdoning rivojlanishi. Xalqaro oltin-valyuta bozorining paydo
bo‘lishi
Ikkinchi bosqich
1950-yillar
Milliy kredit bozorlaridagi operatsiyalarning baynalminallashuvi
1960-yillar
Xalqaro kredit bozorining shakllanishi
Uchinchi bosqich
1970-yillar
Uzoq muddatli kapitallar xalqaro bozorining shakllanishi. Milliy fond
bozorlarining erkinlashtirilishi. Xalqaro fond bozorining shakllanishi
1980-yillar
Transmilliy banklar va kompaniyalarning jadal sur’atlarda rivojlanishi.
Xalqaro fond bozorlarining yanada
kengayishi. Xalqaro sug‘urta bozoridagi dastlabki tizimli operatsiyalarning
amalga oshirilishi. Xalqaro kredit bozoridagi operatsiyalarning rivojlanishi
To‘rtinchi bosqich
1990-yillar
Xalqaro moliya bozori fond segmentining jadal rivojlanishi. Xalqaro
derivativlar bozorining shakllanishi
2000-yillar
Xalqaro derivativlar bozorining jadal rivojlanishi.
Shunday qilib, jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarning noaniqligi ortganligi
hisobiga xalqaro kapital harakati sekinlashgan. Xalqaro kapital tarkibida qarz kapitali
harakatining ustunligi saqlanib qolmoqda. Mamlakatning moliya bozorini uzoq
muddatli rivojlantirish strategiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni milliy
iqtisodiyotga jalb etishga asosiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1505
XULOSA
Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlantishning asosiy
maqsadi ishlab chiqarilgan tovarlarning eksport salohiyatini oshirish, iste’molchilarni
jahon talablariga mos keladigan tovarlar bilan ta’minlash va mamlakatning monetar
siyosati barqarorligii ta’minlashdir.
Mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarda
ushbu bozorni rivojlantirishning yaxlit strategiyasini shakllantirish, uning samarali
infratuzilmasi shakllanishida ko‘maklashish hamda ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar
bozorini jadal rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan amaliy harakatlarni
faollashtirish, korporativ boshqaruv tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida
takomillashtirish, kapital bozorini tartibga solish sohasida xalqaro aloqalarni
rivojlantirish kabi masalalar alohida ustuvorlik kasb etishi lozim.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish uchun katta hajmdagi investitsiyalar zarur bo‘ladi. Investitsiyalarni
esa moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori orqali olib kelish mumkin. Shuning
uchun ham mamlakatning iqtisodiy o‘sishida moliya bozori va qimmatli qog‘ozlarning
roli nihoyatda kattadir.
Dostları ilə paylaş: |