Moliyaviy hisob va hisobat


Soliq solish maqsadida asosiy vositalar amortizatsiyaning eng yuqori normalari50



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə88/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Soliq solish maqsadida asosiy vositalar amortizatsiyaning eng yuqori normalari50

Guruhlar
‎tartib raqami ‎


Asosiy vositalarning nomi‎

Yillik eng ‎ yuqori norma, ‎%

I‎

Binolar, imoratlar va inshootlar‎‎

‎5‎‏

II‎



Uzatish qurilmalari

‎‏‎8‎‏

III‎‎

Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar

‎‏8

IV‎‎‎

Faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)‎‎

‎‏‎15‎

V

Harakatlanuvchan transport

‎‏8‎

Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari‎

Havo transporti‎

Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti‎

‎20‎‏

Engil avtomobillar ‎

Sanoat traktorlari‎

Kommunal transport‎

‎‏10‎

Maxsus vaxta vagonlari‎

Boshqa transport vositalari‎

20‎

VI‎

Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari‎‎

‎‏‎20

Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari‎

Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi‎

Boshqalar‎

VII‎

Ko‘p yillik dov-daraxtlar‎

10‎

Boshqalar‎

15‎

Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali, biroq Soliq Kodeksda belgilangan eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi.


Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan normalar bo‘yicha hisoblashga yo‘l qo‘yiladi.
Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish maqsadlarida ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u tegishli bo‘lgan hisobot davridagi bux­galteriya hisobida aks ettiriladi.
Mulk hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 “Yerni obodonlashtirishning eskirishi”;
0212 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
0220 “Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi”;
0230 “Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi”;
0240 “Mebel va ofis jihozlarining eskirishi”;
0250 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi”;
0260 “Transport vositalarining eskirishi”;
0270 “Ishchi hayvonlarning eskirishi”;
0280 “Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi”;
0290 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”;
0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bilan bog‘langan holda olib boriladi. Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetida aks ettiradilar.
Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketganda (sotilganda, hisobdan chiqarilganda, kamomadda, tugatilganda va b.) ular bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi 0200-guruh schyotlari debetidan 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Amortizatsiyani hisoblash usuli korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra aniqlanishi va bir hisobot davridan ikkinchi davrga izchillik bilan qo‘llanilishi va taqvimiy yil davomida o‘zgarmasligi lozim (5-son BHMSning 43-bandi), korxona qayta tashkil etilgan, uning mulkdorlari almashgan, respublika qonun hujjatlarida o‘zgarishlar bo‘lgan hollar bundan mustasno.51
Hisobot yili davomida asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amorti­zatsiya ajratmalari qo‘llaniladigan hisoblash usulidan qat’i nazar (amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin