Moliyaviy hisob va hisobat


Tayyor mahsulotni ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə107/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

8.2. Tayyor mahsulotni ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi
Korxonalarda tayyor mahsulot hisobi vazifalarini aniq tashkil qilish maqsadida ular omborda va buxgalteriyada hisobga olib boriladi. Pirovard, iste’molga yaroqli bo‘lgan mahsulot texnik nazorat bo‘limi tomonlaridan tekshirilganidan so‘ng omborga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga qabul qilishda topshirish nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi tsex, topshirilish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning soni, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko‘rsatiladi. Qabul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot topshirish vedomostini yuritadi. Bajarilgan ish yoki xizmatlar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqlarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida mahsulot harakati bilan bog‘liq operasiyalar yozib boriladi. Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usulida tashkil qilinadi, yani har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisob kartochkasi ochiladi (№ M-17) tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga borilishi bilanoq ombor xodimi hujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo‘yadi va har bir yozuvdan keyin hisoblab qo‘yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan hujjatlarni qabul qilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish nakladnoyi, buyruq-nakladnoy, tovar-transport).
Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalari asosida har oyda tayyor mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu erda hisob baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirriladi.
Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog‘liq muomalalar rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlar ombor varaqlariga yozilganidan keyin buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda hujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buxgalteriyada yuritiladi.
Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona tomonidan ishlab chiqilgan buyum turlari nomining ro‘yxati – nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, yani, ushbu korxonada ishlab chiqiladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotlardan ajratib turuvchi malum belgilari yotadi. Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda asos qilib quyidagi belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka va hokazo. Har birmahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi, u turli sonlardan iborat bo‘ladi. Hisob-kitobning jurnal – order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnoma to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
1-bo‘lim “Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati ” deb nomlanadi va unda mahsulotning hisobot oyi boshlanishiga qoldig‘i, omborga qabul qilingani xaridorlarga jo‘natilgan va hisobot oyi oxiriga qoldig‘i hisobida qabul qilingan baho hamda haqiqiy tannarxda ko‘rsatiladi.
2-bo‘lim “Jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar” deb nomlanib, unda jo‘natilgan mahsulotlarning analitik hisobi xaridor korxonalar nomiga yozilgan har bir to‘lov talabnomasi bo‘yicha alohida yuritiladi.
3-bo‘lim “To‘langan va to‘lanmagan schyotlar haqida umumiy ma’lumotlar” deb nomlanib, unda jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar to‘g‘risida umumiy malumotlar ko‘rsatiladi.
4-bo‘limda soliq bo‘yicha soliq idoralari bilan hisob-kitob ma’lumotlari keltiriladi.
Hisobot davri oxirida 16-qaydnomaning oylik jami summasi 11-jurnal orderga ko‘chiriladi. Bu jurnal-order ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘limida tayyor mahsulot, realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar hisobvarag‘i, jo‘natilgan tovarlar, sotish, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitob hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha yozuvlar keltiriladi. Ikkinchi bo‘limda mahsulot sotish bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari keltiriladi. 16-qaydnoma va 11-jurnal-order asosida tuziladigan tovarni sotish haqidagi hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi: sotilgan mahsulotning reja tannarxi, reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq, sotish bilan bog‘liq xarajatlar hisobvarag‘i,soliq, sotishdan olingan tushum va oxirgi moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zarar summasi.
Tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish. Ombordan tayyor mahsulot xaridorlarga korxonaning sotish bo‘limi buyrug‘iga asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor korxonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish grafigiga muvofiq amalga oshiriladi. Sotish rejasini bajarishda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot hisobini to‘g‘ri tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Buni mahsulot ortib jo‘natishdan tortib to uning uchun xaridorlardan pul kelib tushgunicha bo‘lgan Tovar mahsulotining harakatini doimiy ravishda kuzatib turish kerak. Bunday nazorat har bir dastlabki hujjat bilan jo‘natilgan mahsulot bo‘yicha alohida yuritilib, shu mahsulotning qachon va kimga jo‘natilganligi, uning yo‘ldagi harakatiga qancha vaqt ketishi kerakligi va haqiqatda qancha vaqt ketganligi, qanday xaridorlar mahsulotni qachon qabul qilib olganliklari va qachon pulini to‘lash kerakligi, qanday xaridorlar ularga jo‘natilgan molar uchun pul to‘lamagan va nima uchun to‘lanmaganligini, xullas, yo‘ldagi barcha tovar mahsulotning taqdiriga doir masalalar haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi.
Schyot-faktura yoki to‘lov talabnomasining alohida bo‘lmasida tara va qadolash qiymati hamda xaridor tomonidan to‘lanadigan temir yo‘l bo‘yicha tarif summasi ko‘rsatiladi. Bazida xaridor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan temir yo‘l tarifi bo‘yicha summaga umumiy mahsulotning sotish bahosi qo‘shib ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi alohida bo‘limda ko‘rsatiladi. Mol etkazib beruvchi va xaridor o‘rtasida tuzilayotgan shartnoma vaqtida franko-joy to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni mol etkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Franko-joyning quyidagi turlari mavjud:
Franko-ombor mol etkazib beruvchi. Bunda mahsulot ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni mol etkazib beruvchi korxona to‘lov- talabnomasiga qo‘shadi (ombordagi ortib tushurish ishlarining qiymati temir yo‘l tarifi va etkazib berish xarajatlari). Franko-stansiya jo‘natish shunday narxki, u mol etkazib beruvchi to‘lov talabnomasining summasi, temir yo‘l tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlari yig‘indisidan iborat. Belgilangan stansiyagacha franko-vagon shunday narxki, bunda mol etkzib beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temir yo‘l tarif summasini qo‘shadi. Belgilangan stansiyagacha franko. Bunda jo‘natish bo‘yicha barcha xarajatlar temir yo‘l tarifi qo‘shilgan holda mol yetkazib beruvchi tomonidan to‘lanadi. Narxning franko ombor xaridor turida mol etkazib beruvchi ko‘rsatilgan xarajatlardan tashqari xaridorning stansiyadagi ortib tushirish ishlari, uning ombordagi va omborga etkazib berish ishlari bo‘yicha xarajatlarni to‘liq qoplaydi. Bizning respublikamizda eng keng tarqalgan turi franko stansiya jo‘natish hisoblanadi.
Xo‘jalik shartnomasi – bu korxonalarning xo‘jalik munosabatlari o‘rnatish haqidagi o‘zaro kelishuvi. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan shartnoma shartlari ko‘rib chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan nomenklaturadagi mahsulotni jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u holda ushbu korxonaga nisbatan jazo choralari ko‘riladi. Mahsulotlar xaridorlarga jo‘natilganda jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9110- “Sotilgan mahsulotning tannarxi”
K-t 2810-“Ombordagi tayyor mahsulot”.
Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati etgan va to‘lash muddati etmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha alohida hamda to‘lashga qabul qilinmagan, masul shaxsda bo‘lgan jo‘natilgan tovarlar alohida hisobga olinadi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin