Asosiy vositalar; the main means; основнымсредством; korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar.
Avans; prepaid expense; аванс; korxonaning bajariladigan ish, yetkazib beriladigan mol-mulk, ko‘rsatiladigan xizmatlar va boshqalar uchun to‘lanadigan to‘lovlar hisobiga beradigan dastlabki pul summasi.
Aylanma vedomostlar; negotiable statement; оборотнаяведомость; buxgalteriya hisobi schyotlarining hisob registrlari ma’lumotlarini umumlashtirish usuli. Aylanma vedomostlar schyotlarning oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig‘i hamda oy bo‘yicha aylanma ma’lumotlarga asosan oy oxirida tuziladi, aylanma vedomostlar sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Aylanma vedomostda uch juftxonalar mavjud bo‘lib, ularda har bir schyot bo‘yicha oy boshiga qoldiq, oy aylanmalari va oy oxiriga qolgan qoldiq ko‘rsatiladi. Aylanma vedomostdagi o‘zaro tenglik debet va kredit aylanmalari registratsiya jurnalining jamiga ham teng bo‘lishi kerak. Aylanma vedomostning schyotlar bo‘yicha qoldiqlariga asosan buxgalteriya balansi tuziladi.
Baho; price; цена; tovar qiymatining pul ko‘rinishida ifodalanishi
Baholash; valuation; оценка; xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir.
Balans; balance; баланс; doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tizimining tengligi. Balans ikki qismdan iborat bo‘lgan jadval shaklida ma’lum bir sanaga tuziladi. Balans qandaydir voqeani ta’riflab, uning qismlarga munosabatini ko‘rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar balansi) yoki xalq xo‘jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‘lov balansi, savdo balansi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari balansi va b.) masshtabida tuziladi.