Moliyaviy hisob va hisobat


-jadval Pudratchi materiallaridan chet tashkilot kuchi bilan tsex qurilishini hisobda aks ettirish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə73/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

5.8-jadval
Pudratchi materiallaridan chet tashkilot kuchi bilan tsex qurilishini hisobda aks ettirish



Xo‘jalik operasiyalarining mazmuni

Summa,ming so‘m

Debet

Kredit

1

Pudrat tashkilotiga materiallar sotildi

3600

4010

9220

2

Berilgan materiallar bo‘yicha QQS hisoblandi

600

9220

6410

3

Materiallar hisobdan chiqarildi

3000

9220

1050

4

Pudrat tashkiloti oldida tsex qurilishi bo‘yicha qarz aks ettirildi

36000

0810

6010

5

Pudrat tashkiloti xizmatlariga haq to‘landi

36000

6010

5110

6

Tsexning foydalanishga topshirildi

36000

0120

0810

Buxgalteriya hisobida obyektlar qurilishi bo‘yicha xarajatlar smeta hujjatlarida belgilangan xarajatlarning texnologik strukturasi bo‘yicha guruhlanadi 18-son “Kapital mablag‘ sarflashlar bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish” nomli hamda 18/1-sonli “Tugallangan kapital mablag‘ sarflashlar bo‘yicha xarajatlar” nomli qaydnomalarda yuritiladi.


0840-“Asosiy podani tashkil qilish” schyotida: asosiy podaga o‘tkaziladigan xo‘jalikdagi yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarni o‘stirish bo‘yicha xarajatlar; asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi mahsuldor va ishchi hayvonlarning qiymati shuningdek, ularni etkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar; boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo‘jalikka etkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olinadi.
Asosiy podani shakllantirishga sarflangan kapital xarajatlarni hisobga olish quyidagi ikkita usul bilan amalga oshiriladi:

    • o‘stirishdagi va boquvdagi mollarni asosiy podaga o‘tkazish opqali;

    • ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish opqali.

Ish kuchi sifatida foydalaniladigan mollar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ish hayvonlari (shu jumladan aravada yuk tashishlarda foydalaniladigan hayvonlar), shuningdek mahsulot beradigan mollar (yosh mollar, sut, jun va hokazo) - sigiplar, qo‘toslar, nasldor biyalar (ish kuchi hisoblanmaydi), sovliqlar va boshqa mollar buxgalteriya hisobida qishloq xo‘jaligi tashkilotining asosiy podadagi hayvonlari hisoblanadi. Asosiy podadagi hayvonlar asosiy vositalar tarkibida ish hayvonlari va mahsuldor mollar sifatida hisobga olinadi.
Balans qiymatini e’tirof etish payti, baholash va ularga nisbatan qo‘llaniladigan amortizatsiyani hisoblash usullarini aniqlash, shuningdek hayvonlarning asosiy podadan ish hayvonlari va mahsuldor mollar tarzida chiqib ketishidan balans qiymati o‘zgarishlari va moliyaviy natijalarni belgilash hamda hisobga olish “Asosiy vositalar” buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son BHMS)ga muvofiq amalga oshiriladi.
Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx bo‘yicha baholanadi. Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarning barcha turlarining qiymati yil davomida 1110 “O‘stirishdagi hayvonlar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga yil boshida hisobda turgan balans qiymatiga, yil boshidan to hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazish vaqtigacha bo‘lgan davpda ortgan vazni yoki o‘sgan vaznining peja tannarxini qo‘shgan holda, hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning o‘zida, yosh hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazishda 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyoti debetlanadi va 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyoti kpeditlanadi. Yil oxirida hisobot kalkulyatsiyasi tuzilgandan keyin yil davomida o‘tkazilgan yosh hayvonlarning ko‘rsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi o‘ptasidagi farq 1110 “O‘stirishdagi hayvonlar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotiga, bir vaqtning o‘zida hayvonning bahosini aniqlab, qo‘shimcha 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotlariga hisobdan chiqariladi.
Chetdan xarid qilingan katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarning qiymati 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga uni etkazib berish xarajatlari bilan birgalikda, xarid qilishning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim qilinadi.
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomalalari bo‘yicha xarajatlar 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotidan 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Keltirilgan jadvalga asoslanib, qishloq xo‘jaligida asosiy podani shakllantirishga sarflangan xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish va ularni tannarx aniqlash jarayoni ahamiyatini yopitish mumkin.
Katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish kirim dalolatnomasi yoki schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Unda hayvonlarni sotib olish va keltirish xarajatlari asosida haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin