Moliyaviy hisobotlarda koeffitsentlardan foydalanish



Yüklə 112 Kb.
səhifə1/3
tarix02.06.2023
ölçüsü112 Kb.
#124057
  1   2   3
Moliyaviy hisobotlarda koeffitsentlardan foydalanish


Moliyaviy hisobotlarda koeffitsentlardan foydalanish
Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zaruriy axborotlar albatta moliyaviy menedjment uchun tegishli axborotlar manbalarining sifati, ko‘rsatkichlari va ehtimolliligiga bevosita bog‘liqdir. Bunda birinchi navbatda korxonalarning ichki moliyaviy holatini o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy hisobotlar asosiy rol uynaydi. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy menedjment uchun boshqaruv, moliyaviy, investitsion qarorlar qabul qilishdagi eng muhim moliyaviy axborotlar manbai rolini uynaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalardagi mavjud moliyaviy hisobotlar tizimi asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-balans;
-moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
-asosiy vositalarning harakati tug‘risidagi hisobot;
-budjetga tulanmalar to‘g‘risidagi hisobotlar,
-pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
-xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
-debitorlik va kreditorlik to‘g‘risidagi hisobotlar.
Turli mamlakatlarda hisobotlarni shakllantirishga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, birok hisobot tizimining asosiy shakllari sifatida balans va moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobotlar to‘ziladi. Hisobotning qolgan shakllarining balans va moliyaviy natijalar turisidagi hisobot shakllari xosilasi sifatida to‘ziladi. Umuman hisobot tizimi elementlarining detallashtirilishi subyektlar iqtisodiy faoliyatining natijalarini moliyaviy aks ettirilishini osonlashtiradi va undan foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklar tugdirishi mumkin.
Moliyaviy menedjment axborotlarining asosiy manbai korxonalarning buxgalterlik balansi hisoblanadi.
Balans subyektlarning ma’lum muddatlarga moliyaviy holatini tavsiflab, bir tomondan yagona pulli baholanishlarda subyektlarning resurslarini tarkibini va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini ikkinchi tomondanularni moliyalashtirish manbalarini aks ettiradi. Subyektlar balansi uning aktiv va passiv tomonlari muvozanatini ta’minlaydi. Balansdagi o‘zgarishlar aktivlar va passivlarning tarkibi yoki aktivlar va passivlarning o‘zaro to‘g‘ri mutonosib ravishdagi kamayishi yoki ko‘payishi muvozanatini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek balansdagi o‘zgarishlar aktiv bo‘limlari tarkibining o‘zgarishlari va passiv bo‘limlarining tarkibini o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi.
Subyekt aktivlari uning faoliyat davri mobaynida qabul qilingan investitsion qarorlarini o‘zida aks ettiradi. Aktivlar uzoq muddatli aktivlar va qisqa muddatli aktivlarga bo‘linadi.
Aksariyat xollarda uzoq muddatli aktivlarni asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanmadan tashkari aktivlar deb nomlanadi. Uzoq muddatli aktivlar-bu xo‘jalik faoliyatida foydalanish uchun jalb qilingan va yil mobaynida sotish uchun mulljallanmagan, bir hisobot davri mobaynidan ko‘p vaqt foydalaniladigan mablag‘lardir.
+isqa muddatli aktivlar esa aksariyat xollarda aylanma mablag‘lar deb nomlanib bunday mablag‘lar bir hisobot davri mobaynida foydalaniladigan, sotiladigan va iste’mol qilinadigan mablag‘lardir.
Moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar tarkibi quyidagi guruhlarga ajratatiladi:
-pul mablag‘lari;
-qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar;
-debitorlik qarzlari;
-moddiy-ishlab chiqarish zahiralari.
Aylanma aktivlarning eng likvidli qismi-pul mablag‘lari hisoblanadi. Bularga kassadagi va bankdagi pul mablag‘lari, valyuta mablag‘lari kiradi.
Balansning debitorlik qarzlari bo‘limi subyekt ishlab chikargan mahsulotlarini yuklab junatgan ammo xali puli kelib tushmagan aktivlar hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarish zahiralari: odatdagi ishbilarmon sikli davomida sotish, subyektning ichidagi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, sotilgan mahsulotni keyinchalik qayta ishlab chiqarishga mulljallangan moddiy aktivlar hisoblanadi
Uzoq muddatli aktivlarning asosiy turlaridan biri asosiy vositalar bulib, ular material shakldagi uzoq muddat foydalanishdagi mablag‘lardir. Mablag‘larning bu kategoriyasiga binolar, inshootlar, mashina va jixozlar kiritiladi.
Keyingi asosiy turlaridan biri nomoddiy aktivlar hisoblanadi bunday mablag‘lar jismona ushlab bo‘lmaydigan ammo subyektga kelgusida daromad keltiradigan aktivlar hisoblanadi.bunday aktivlarga patentlar, tovar belgilari, savdo markalari, avtorlik huquqi va boshqalar kiritiladi.
Balansning passiv tomonida subyektni moliyalashtirish manbalarini tanlash bo‘yicha qarorlari o‘z aksini topgan. Moliyaviy menedjment maqsadlari uchun passivlarning quyidagi moddalarini guruhlarga ajratishimiz mumkin:
-qisqa muddatli majburiyatlar;
-o‘zoq muddatli majburiyatlar;
-xususiy kapital.
+isqa muddatli majburiyatlar aylanma aktivlar bilan koplanadigan yoki yangi qisqa muddatli majburiyatlar hisobiga qaytariladigan subyektning majburiyatlari hisoblanadi.
Uzoq muddatli aktivlar-bir yildan uzoq muddatdan sung qaytarilishi lozim bo‘lgan majburiyatlardir. Uzoq muddatli majburiyatlarning asosiy turlari sifatida uzoq muddatli qarzlar va kreditlar kiritiladi.
Passivlarning keyingi ko‘rsatkichi, xususiy kapital bo‘lib agar subyekt aksiyadorlik jamiyati hisoblansa, aksiyadorlik kapitali deb yuritiladi. Moliyaviy menedjment uchun mazkur guruh moddalarini quyilma qilingan kapital va jamgarilgan kapital turlariga ajratish muhimdir.
quyilma qilingan kapital- mulkdorlar tomonidan investitsiya qilingan kapitaldir.
Jamg‘arilgan kapital-subyekt faoliyati natijasida soliqlar va dividentlar tulangandan sung qoladigan moliyaviy resursdir. Bu moddaga taqsimlanmagan foyda, jamg‘arish fondi, hisobot davrining sof foydasi kiritiladi.
Hisobot davri mobaynidagi moliyaviy natijalar ma’lum darajada korxonaning «moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobot»da(2-shakl) o‘z aksini topadi. Moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobotda mahsulotni sotishdan tushgan sof tushum asosiy moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mahsulotni sotishdan tushgan sof tushum mahsulotni sotishdan olingan tushumdan egri soliqlar va bojxona bojlari chiqarib tashlangandan sungi moliyaviy natijadir.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda-sof tushumdan tannax tarkibiga kiruvchi xarajatlarni chegirishdan qolgan moliyaviy natijadir. Bu ko‘rsatkich korxonaning ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zararlar)- sotisholingan yalpi daromad summasidan davr xarajatlari chegiriladi va boshqa muomalaviyfaoliyatdan olingan daromadlar yig‘indisi hisoblanadi.
Soliqqa tortilguncha bo‘lgan foyda- asosiy faoliyatdan olingan foydadan moliyaviy faoliyat va favqulodda vujudga keluvchi holatlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning farqlari qushilishi va chegirilishi natijasida aniqlanadi.
Sof foyda-soliqqa tortilgancha bo‘lgan foydadan foydadan undiriladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarni chegirib tashlangandan sung koladigan moliyaviy natija hisoblanadi. Bu moliyaviy natija sof ishlab chiqarishning moliyaviy natijasi hisoblanadi va undan divident tulanadi. Divident tulangandan sung qolgan foyda taqsimlanmagan foyda hisoblanadi va balansning 1 bo‘limida o‘z aksini topadi.
«Xarajatlarning tarkibi tug‘risidagi nizom»ning qabul qilinishi moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobotda alohida o‘z aksini topdi. Moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobotning oxirgi moddasi taksimlanmagan foydani hisoblash uchun asos hisoblanuvchi sof foyda ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Moliyaviy menedjment uchun nafaqat moliyaviy natijalarni bilish zarur, balki hisobot dvri mobaynida pul mablag‘larining harakatlarini va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash zarur. Pul mablag‘larining harakatlari tug‘risidagi hisobot ma’lumotlari moliyaviy menedjer uchun muhim axborotlar manbai hisoblanadi. Chunki, subyektdagi investitsion, moliyaviy ishlab chiqarish, muomalaviy faoliyatlar jarayonlarida pul oqimlarining dinamikasini aniqlashdagi asosiy moliyaviy axborotlar aynan pul mablag‘larining harakati tug‘risidagi hisobotdan olinadi.
Moliyaviy hisobotlar ma’lumotlari asosida moliyaviy qaror qabul qilish uchun zaruriy ma’lumotlar tahlil qilinadi va mazkur tahlil natijalariga asoslangan holda boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish deganda subyektlarning hisobotidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashtirish tushuniladi. Moliyaviy baholashning mazkur usuli natijalari bo‘yicha manfaatdor shaxslar va tashqilotlarning subyekt moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining joriy natijalarini baholash asosida qarorlar qabul qilinadi.
Tahlilning asosiy usullaridan biri balans va moliyaviy natijalar tug‘risidagi xisobotlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq hisobotlarni o‘qish va absolyut miqdorlarni o‘rganish hisoblanadli. Hisobotlarni o‘kish subyektning jalb qilingan mablag‘larining asosiy manbalari tug‘risidagi xulosalar qilish, ularni quyilmalar qilish yo‘nalishlari tug‘risidagi axborotlar olish, pul mablag‘larini olish manbalari tug‘risida ma’lumotlar olish, subyektning tashkiliy strukturasi va uning faoliyat yo‘nalishlari, dividend siyosati va boshqalar to‘g‘risida axborotlarga ega bo‘linadi. Biroq, bu axborotlar, o‘zining ahamiyatliligiga karamasdan, boshqaruv qarorlari qabul qilishda, xususan, moliyaviy menejment qarorlarini uchun subyektning faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasini baholash va uni boshqa turdosh subyektlar bilan solishtirish imkoniyatini tuligicha ta’minlamaydi. Shuning uchun ham solishtirma tahlil kursakichlaridan ham amaliyotda keng foydalaniladi. Gorizontal tahlil, hisobot ko‘rsatkichlarining oldingi yillarga nisbatan, turli moddalarini solishtirish natijasidagi absolyut va nisbiy tebranishlarini aniqlaydi.
Vertikal tahlil yillar bo‘yicha emas balki balans ko‘rsatkichlarining moddalarini bir biriga o‘zaro solishtirish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimidan iborat bo‘lib moliyaviy menedjment qarorlari uchun zaruriy bo‘lgan axborotlarni olishda muhim hisoblanadi. Trend tahlil bir necha yillar mobaynidagi ko‘rsatkichlarni bazis yildagi ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro solishtirish va yillar mobaynida ma’lum ko‘rsatkichlarning bazis yiliga nisbatan dinamik o‘zgarishlarini aniqlash bilan bog‘liqdir.
Hisobotlarni tahlil qilishning keng qo‘llanilgan usullari maxsus moliyaviy koeffitsentlarni o‘rganish hisoblanadi. Bu koeffitsentlar korxonalar moliyaviy holati tug‘risidagi axborotlar berishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ularning afzalliklari korxona aktivlarini inflyatsiya jarayoni sharoitida to‘g‘ri baholashning muhim usuli hisoblanadi. Bu usulning mohiyati, birinchidan, ko‘rsatkichlarni hisoblashda; ikkinchidan, qandaydir asosga nisbatan solishtirish bilan belgilanadi. Bunday asoslarga quyidagilar kiritiladi:
-umumiy qabul qilingan standartlar;
-o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlari;
-o‘tgan yillarning uxshash ko‘rsatkichlari;
-raqobatlashuvchi subyektlarning moliyaviy ko‘rsakichlari;
Agar bu koeffitsiyentlar solishtiriladigan asosga nisbatan yomonrok bo‘lsa subyektning «nochorlik» faoliyatini kursatib beruvchi «Iqtisodiy indikator» rolini o‘ynaydi va aniqroq axborotlar olish uchun keyingi tahlil ishlari olib boriladi.
Subyektlar uchun moliyaviy koeffitsiyentlar ularning faoliyatini tashqi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar tomonidan to‘g‘ri baholash uchun muhim moliyaviy axborotlar manbalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun moliyaviy menedjer muhim moliyaviy koeffitsiyentlarning ta’siri ostida qarorlar qabul qilishga harakat qiladi.
Koeffitsiyentlarning analitik qiymati tasdiqlaydiki aksariyat rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy koeffitsiyentlardan axborot manbai sifatida foydalanish uchun maxsus nashriyotlar faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, A+Shda «Robert Morris Assoshieyts», A+SH savdo vazirligining solik byurosi, «Mudis indastriel menyuel», Yaponiyada «Kaysya nenkan» va boshqalar.ᄃ
Moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblashda yagona kursakichlar tizimiga rioya kilinmaydi. Masalan, A+Shda 10-15 ta ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ammo, jaxon amaliyotida subyektlarning moliyaviy holatini baholashda va investitsion jalb qiluvchanligini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan keng foydalanilishi ko‘zatiladi:
-likvidlilik koeffitsiyenti;
-kapitallarning tarkibi;
-ishbilarmon faollik ko‘rsatkichlari
-rentabellik koeffitsiyenti;
-bozor faolligi ko‘rsatkichi.
4-чизма
Hisobotning asosiy moliyaviy koeffitsiyentlari













Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin