rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda
foydalanuvchilarga
zaruriy ma’lumotlami berish hisoblanadi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U
korxona mablag‘larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul
mablag‘larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan
iborat. Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlami o‘z ichiga oladi: -
korxona egalik qiladigan vositalami aks ettiruvchi aktivlar;
-
korxona tasarrufidagi o‘z sarmoyasi;
-
keyinchalik belgilanishi bo‘yicha qaytarilishi lozim bo‘lgan aktivlami sotib olish,
hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.
Buxgalteriya balansi hisobot kuniga korxona mulkining tarkibi (aktivda) va uning
shakllanish manbalarini (passivda) ko‘rsatadi.
Balans “teng bo‘lgan” aktiv va passivdan iborat bo‘ladi. Balans aktivi davr boshiga
ham, oxiriga ham balans passiviga teng bo‘lishi kerak. Balansda “tengsizlik” bo‘lishi
shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan va buxgalter bu
xatoliklarni topib, tuzatishi lozim. Shu sababli balans
tuzishdan oldin analitik
schyotlaming aylanmalari va hisobot davri oxiridagi qoldiqlarini Bosh kitobdagi
sintetik schyotlaming aylanmalari va hisobot davri
oxiridagi qoldiqlari bilan
solishtirib chiqish lozim. Agar, buxgalterlarning aytishicha “schyotlar bo‘yicha
tarqatish” lo‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa, debet bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar к
I edit bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarga teng bo‘ladi. To‘g‘ri larqatishdan tashqari,
balansning moddalari aktivlar va majburiyatlar bo'yicha sinchiklab qilingan
inventarizatsiya bilan asoslangan bo‘lishi lozim.
Aktivlar — bu korxonaning unga foyda keltirishi lozim bo‘lgan mulkidir.
Bular birinchi navbatda - asosiy vositalar (ishlab
chiqarish uskunasi, binolar,
inshootlar, transport va boshqa shunga o‘xshashlar), kassadagi va hisobraqamdagi
pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, tovar- moddiy zaxiralari, debitorlik qarzlari.
Aktivlar uzoq muddatli (1 yildan ortiq vaqt ishlatiladi) va
joriy yoki aylanma
(aylanma) (1 yil ichida iste’mol qilinadi, ishlatiladi, sotiladi yoki pulga aylantiriladi)
aktivlar bo‘lishi mumkin. Pul mablag‘lari har doim joriy (aylanma) aktiv deb
hisoblanadi.
Passivlar — bu korxonaning
majburiyatlari va qarzlari, ular aktivlar nima
hisobiga olinganligini ko‘rsatadi. Aktivlar o‘zidan o‘zi pay do bo‘lmaydiku, ular har
doim muayyan manbalar hisobiga paydo bo‘ladi (qarzlar va boshqa majburiyatlar,
xususiy kapital).
Balans qanday bo‘limlardan tashkil topganligi va ularda nimalar aks ettirilishi 15son
BHSM “Buxgalteriya balansi”da bayon etilgan.
Balans tuzishning bitta o‘ziga xos bo‘lgan tomonini ko‘rib o‘tamiz. Balans passivining I boiimi “0‘z
mablagiari manbalari”ning “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” moddasida hisobot
yilining sof foydasi (yoki zarari) va o‘tgan yillarning jamlangan foydasi (yoki zarari) aks ettiriladi.